262
murojaat qilmasdan turli arifmetik harakatlarni ketma-ket tartibda
bajaril
ishini ta’minlaydi. Bu holat koʻp masalalarni yechishda qulay
hisoblanadi.
Protsessor tuzilmalari yetarlicha turlicha. Lekin ularning ko
ʻp
qismini uch turga kiritish mumkin:
- akkumulyatorli;
- umumiy maqsadlarga mo
ʻljallangan registrli;
- xotiraning stek tashkil etilishili.
Akkumulyatorli protsessorlar
kam sonli registrlardan tashkil
topadi: komandalar hisoblagichi, komandalar registri, adreslar registri,
holatlar registri, akkumulyator va ikki buferli registr, ulardan biri
ma’lumotlar registri deb ataladi. Barcha arifmetik va mantiqiy amallar,
hamda ma’lumotlar uzatish bo
ʻyicha amallar akkumulyatorni qoʻllagan
holda bajariladi, ularning nomi ham shundan kelib chiqadi.
Protsessor samaradorligini oshirish maqsadida undagi registrlar
soni oshiriladi: indeks registrlari, stek ko
ʻrsatgichlari, qoʻshimcha
akkumulyatorlar kiritiladi. Lekin bu registrlarning hammasi faqat bitta
amal bajarishga mo
ʻljallangan boʻlib, har bir amal uchun ikkitadan ortiq
bo
ʻlmagan akkumulyatorlar ishlatiladi. Bunday protsessor
akkumulyatorli protsessorga kiradi.