Komandalar registri (KR) mashina tomonidan bevosita
bajarilayotgan komandani saqlash uchun ishlatiladi. Komanda kodi
KRdan BQsiga uzati
ladi va deshifratsiyalanadi. Soʻngra komandani
ishlatish boʻyicha amallar bajariladi.
c)
Bayroq registri (BR) yoki oʻtkazish registri akkumulyatorning
davomi boʻlib, u toʻlib qolgan hollarda ishlatiladi.
d)
Holatlar registri (HR). Keyingi takt davomida BQ tomonidan
beriladigan komandani tanlash MPning masalani yechish jarayonida
yuzaga keladigan sharoitlarni alterna
tiv hal qilish qobiliyatiga bogʻliq.
Bunday shartlarni aniqlash uchun qurilmaning ikkirazryadli joriy holat
(HR) registri hizmat qiladi. Bu registr dasturni bajarilish davomida har
vaqt momentida MP holatini qayd etadi va BQga signal uzatadi. Bu
signalda komanda hisoblagichi deb ataluvchi maxsus registrda
joyla
shgan keyingi komanda adresi koʻrsatiladi.
e)
Komanda hisoblagichi (KH). U dasturlar joylashgan xotira
yacheykalariga murojaatni tashkil qilish uchun hizmat qiladi. Ba’zi
hollard
a KH tarkibi dastur yordamida oʻzgartirilishi mumkin. Shunday
qilib, dasturning boshqa qismini boshqarish amalga oshiriladi.
f)
Umumiy maqsadlarga mo ʻljallangan registrlar (UMR).
UMRlar sxemotexnikasi ularni oraliq natijalar, adres va komandalarni
saqlashda qoʻllashga imkon beradi. UMRlarni oʻzi esa umumiy shina
orqali bos
hqa ishchi registrlar bilan bogʻlanishi mumkin. UMRli MP
arxitekturasida odatda, 8
tadan 16 tagacha registrlar qoʻllaniladi.
Ularning har biri akkumulyator funksiyasini bajarishi mumkin. UMRlar
268
sonini ortishi hisoblash tizimining samaradorligini oshiradi, lekin agar
dastur uzilib qolsa, vaqt yoʻqotilishiga olib keladi.
j)