273
hollarda ma’lum tashqi qurilmalar ham talab etilgan vaqt momentida
magistralni egallashi mumkin. Bunda ular va raqamli tizim
oʻrtasida
ma’lumot almashinadi.
MP-tizimning magistral-modulli tuzilish prinsipi ma’lum
qurilmalarni almashtirib yoki
qoʻshimcha qurilmalar kiritib tizimni
modernizatsiya qilish imkonini beradi. Masalan,
qoʻshimcha XQ
modullarini kiritish xotira hajmini kengaytiradi, maxsus modullarni
kiritish esa
qoʻshimcha amallarni bajarish imkonini beradi yoki ularni
bajarilish tezligini oshiradi. Buning uchun tizim qurilmalari
bir turdagi
konstruksiya
va magistralga
ulanish uchun standart vositalar
ga ega
boʻlgan modullar koʻrinishida ishlab chiqariladi.
Modullarni muvofiqlashtirish
fizik interfeyslar
yordamida amalga
oshiriladi. Fizik interfeyslar aloqalar, signallar va ma’lumot almashinish
algoritmi tizimidir. Modullarning funkqional, elektr va konstruktiv
muvofiqlashtirish
interfeyslarni unifikatsiyalash
yordamida amalga
oshiriladi. Bu maqsadda ma’lumot aloqalarini tashkil etishda
qoʻllanila-
digan universal KISlar ishlab chiqariladi. Bu KISlar
interfeys
elementlari
deyiladi.
Interfeys
(inglizcha Interface – umumiy chegara) – hisoblash
tizimlari qurilmalari oʻrtasida aloqa almashinuvi uchun moʻljallangan