O ‘ zbekiston respublikasi oliy va o ‘ rta maxsus ta ’ lim vazirligi toshkent – 202




Download 6,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/84
Sana25.08.2024
Hajmi6,55 Mb.
#269844
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   84
Bog'liq
60 soat

1-rasm. Shim pochasi 
qirqimini maxsus lеnta yoki 
tasma qo`yib tikish 


ignali mashina bo’lmasa, tasmani universal mashinada pocha qirqimidan 0,7-0,8 sm 
masofada ulab olinadi.
Keyin tasmaning ikkinchi cheti bostirib tikiladi. Manjetli shimni o’ngi 
tomoniga qaytarib, maxsus moslamada dazmollanadi.
Manjetning yon va odim choklari ustiga to’g’ri kelgan joylari manjet bilan 
shim pochasini qarama-qarshi tomonga qaytarib, maxsus mashinada shu choklarga 
puxtalab tikib qo’yilishi ham mumkin. Manjet maxsus moslamada tekislanadi va 
pressda dazmollanadi.
To’la qaytarilgan manjetli shim ip gazlamadan tikiladigan bo’lsa uning 
pochasi teskarisi tomonga belgi chiziq bo’ylab bukiladi, qirqimidan 1 sm masofada 
ichkari tomonga yana bukiladi va keyingi bukilgan ziyidan 0,1 sm masofada 
universal mashinada bostirib tikiladi. Manjet shimning o’ng tomoniga qaytarilib, uni 
yon va odim choklariga universal mashinada ikkita qayta baxyaqator yuritib 
puxtalab qo’yiladi.
Shimni uzil kesil pardozlash 
Shimni uzil-kesil pardozlash belbog’ yo’rmashdan boshlanadi. Bunda ipak 
bilan yo’rmab, izma uchun maxsus mashinada puxtalanadi. Keyin ip uchlari, talonlar 
olib tashlanadi, shim ishlab chiqarish gordidan va bo’r izlaridan tozalanadi. Bu 
operatsiyalar oldin teskari tomondan keyin esa o’ngi tomondan bajariladi.
Uzil-kesil namlab – isitib ishlov berish press yoki dazmolda shimning yuqori 
qismidan, uni o’ngini yuqoriga qaratib qo’yib boshlanadi. namlangan dazmol mato 
bilan dazmolda ishlov berishda cho’ntaklarning belbog’ chizig’ini, taqilmalarni va 
h.k. ni to’g’rilab turib bajariladi. Keyin shimning pastki qismi, uni stol ustiga qo’yib 
va tizza darajasidan boshlab pochagacha yon va odim choklarini to’g’ri keltirib 
dazmollanadi. Bukilgan joylarning odim choklari tomonidan har qaysi bo’lakda 
alohida, yon choklar tomondan esa ikkala bo’lak birga bukib dazmollanadi va 
bug’lanadi. Presslarda dazmollash ishlari bajarilayotganda shim pochasini va 
bukilgan joylarini universal yassi yostiqlarda dazmollanadi. Namlab isitib ishlov 
berilgandan keyin shim 30-40 daqiqa davomida osilgan holatda quritiladi. 
Qadaladigan tugmalarni izmalari o’rniga moslab, bezak tugmalarni esa modelga 
binoan chatiladi.

Download 6,55 Mb.
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   84




Download 6,55 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O ‘ zbekiston respublikasi oliy va o ‘ rta maxsus ta ’ lim vazirligi toshkent – 202

Download 6,55 Mb.
Pdf ko'rish