Taqilmalarga va yuqori qirqimga ishlov berish
Yon choklarga, odim choklarga va o’rta chokka ishlov berilgandan keyin
taqilmalarga ishlov berishga kirishiladi. Shimdagi taqilma chap yon chokning
yuqorisida yoki old qirqim chizig’ida bo’ladi. Yon chokdagi taqilma temir ilgakli, izma
va tugmali yoki molniya-taqilma shaklida (maxsus tikilgan shimlarda) bo’lishi
mumkin.
Shimdagi ilgakli taqilmalarga va molniya taqilmalarga ishlov berish
yubkalardagi yon taqilmalarga yuqorida yozilgandek ishlov berishga o’xshash
bo’ladi. (T.26-modulga qarang).
Taqilmaning uzunligi 18-20 sm bo’lishi kerak. Boshqa taqilmalarga nisbatan
molniya taqilmaning qator afzalliklari mavjud (tashqi ko’rinishi chiroyli, ishlatilishi
qulay, ishlov berish oson). Taqilma chap yon chokning, orqa va old bo’laklar o’rta
choklarning yuqori qismiga tikiladi. Molniya-taqilmaning to’qilgan lentasi o’ngi
tomonidan ikki usulda bezak baxyaqator yuritib puxtalanadi: yon chok chizig’ining
ikki yonidan bir xil oraliqda va shu chok chizig’ining ikki yonidan har xil oraliqda va
shu chok chizig’ining ikki yonidan har xil oraliqda baxyaqator kiyim gazlamasi rangiga
mos ipak ip bilan yuritiladi. Molniya taqilma bo’g’inlari birlashtirilganida chok haqlari
tagida ko’rinmay qolishi kerak. Yon choklar biriktirib tikilgandan, yo’rmab
bo’lganidan, yorib dazmollangandan, taqilma qirqimlari yotqizib dazmollangandan
keyin taqilmaga ishlov beriladi.
Nazorat savollari
1.Cho’ntakni yuqori ziyiga qanday choklar solinadi?
2.Cho’ntakning yuqori ziyiga qanday uqa qo’yiladi?
3.Yelim uqani shim qirqimidan necha sm kengaytirib yopishtiriladi?
4.Yon cho’ntak bo’lak bo’laklari nomini to’g’ri ko’rsating.
5.Qoplama cho’ntak kiyimni qaysi turida ishlatiladi?
Аdabiyotlаr
1. A.T.Turaxonova «Tikuvchilik texnologiyasi asoslari».