Pedagogik vazifalar:
1. Mavzuning asosiy maqsadini
sharhlash;
2. Molniya taqilmasi haqida
tushuncha berish;
3.
Old va ort bo’lak yon, odim,
haqida
ma’lumot berish
O
‘quv faoliyatining natijalari:
1. Mavzu asosida tushunchalarni bilib
oladilar;
2.
Old bo’lakka molniya taqilmani tikish
so’zlab
beradilar;
3.
Old va ort bo’lak yon, odim, yelka
haqida
gapirib beradilar;
O
‘qitish metodlari:
Kichik axborotli m
a’ruza, namoyish, suhbat.
O‘quv faoliyatini tashkil etish
shakllari:
Guruhli.
O
‘qitish vositalari:
O‘quv materiali, yozuv taxtasi,ko`rgazma ,
rasmli plakatlar.
O‘qitish shart-sharoiti:
Guruhlarda ishlashga m
o’ljallangan o’quv
xonasi.
Qaytar
aloqaning
usul
va
vositalari:
Og’zaki so`rov, tezkor-so’rov, savol-javob.
O‘quv mashg‘ulotining texnologik xaritasi
Faoliyat
bosqichlari:
Faoliyat mazmuni
Ta’lim beruvchi
Ta
’lim oluvchi
I. Kirish bosqichi
(5 daqiqa).
1.1.
Salomlashadi,
davomatni
aniqlaydi.
1.2. Mavzuning nomi, maqsadi va rejasi
bilan tanishtiradi.
1.3.
O’quv mashg’ulotida o’quv ishlarini
baholash mezonlari bilan tanishtiradi.
Salomlashadilar
Tanishadilar.
Diqqat qiladilar.
Savollar
beradilar.
II. Asosiy
bosqich
(65 daqiqa).
2.1.Tayanch
bilimlar
b
o’yicha
o`quvchilarning ishlarini kuzatib turadi.
2.2. O‘quvchilarga “Aqliy hujum”
usulidan foyd
alanib “
O’rta qirqimini
tikish
haqida so’zlab bering?” savoli
bilan murojaat qiladi. Reja asosida
ma’ruza qiladi.
2.3. O‘quvchilarni guruhlarga tayanch
bilimlardan foydalangan holda bajarish
uchun topshiriq varaqalarini tarqatadi.
2.4. Guruhlarda ishlash qoidasini
eslatadi, yo’naltiradi, tushuntiradi.
2.5.Olingan
bilimlarni
aniqlash
maqsadida tezkor-
so’rov o’tkazadi.
Berilgan
topshiriq ustida
ishlaydilar.
Javob beradilar.
Tinglaydilar,
yozib oladilar.
Guruhga
bo’linadi.
Diqqat qiladilar.
Topshiriqni
bajaradilar.
Savollarga javob
beradilar.
III. Yakuniy
bosqich
(10 daqiqa)
3.1. Mavzuni umumlashtiradi, umumiy
xulosalar
qiladi,
yakun
yasaydi,
savollarga javob beradi.
3.2. O‘quvchilar ishini baholaydi, o’quv
mashg’ulotining maqsadga erishish
darajasini tahlil qiladi.
3.3 Mustaqil ish uchun vazifa beradi.
Mavzuga doir savollarga javob yozish
uchun turli xil tarqatmalar tarqatilib
yuboriladi.
Diqqat qiladilar.
Savol beradilar.
Vazifani yozib
oladilar.
Fan o
‘qituvchisi: M.Raysaliyeva
MAVZU: O’G’IL BOLALAR KOMBINZONINI QADALISH QISMLARIGA
ISHLOV BERISH.
Reja:
1.Old bo’lak taqilma o’rnini dazmollash;
2.Old bo’lakka molniya taqilmani tikish;
3.Old va ort bo’lak yon, odim, yelka qirqimlarini biriktirib tikish;
Tayanch iboralar: taqilma, bahyaqator, universal mashina, ag`darma chok, yeng
o`mizi
O’g’il bolalar kombinzonining mayda bo’laklariga ishlov berilgandan so’ng
yig’ish ishlari boshlanadi. Avval kombinzon old bo’lagiga molniya uchun old bo’lak
bortida taqilma uchun qo’shilgan qo’shimchani kertim bo’yicha teskari tomonga
buklab nam mato bilan dazmollanadi. So’ngra bukib dazmollangan cheti tagiga
molniya taqilmani qulfni tomonini bo’lakning bukib dazmollangan qirqimlariga
qaratib qo’yiladi va ko’klanadi. Molniya taqilma ustidan yurgiziladigan baxyaqator
modelga muvofiq taqilma chetlaridan bir xil yoki har xil oraliqda yuritiladi. Taqilma
oxirida baxyaqator taqilma kesimiga perpendikulyar qilib molniya taqilmaning oxirgi
bo’g’imidan 0.1-0.5 sm oraliqda o’tish kerak. Old va ort bo’laklar o’ngini o’ngiga
qo’yib kertimlari to’g’rilanib, qirqimlari tekislanib, to’g’nog’ich to’g’naladi va
ko’klanadi. So’nra universal mashinada biriktirib tikiladi va chok haqqilari
yo’rmalanadi. Yoqa o’mizi yeng o’mizi qirqimlari shu yoqa o’mizi shaklida bichib
olingan mag’iz o’ngini o’ngiga qo’yib ziylari tekislanib ko’klanadi. So’ngra universal
mashinada ag’darma chokda tikiladi. Yoqa o’mizi sifatli, chiroyli turishi uchun tikilgan
chok haqqilarida qirqim berib chiqiladi va o’ngiga ag’dariladi. Ko’klangan iplar olib
tashlanadi. Asosiy bo’lakdan ziy chiqarib, yoqa yeng o’miziga bezak baxyaqator
yuritiladi. Kombinzon pochasini tikish uchun kombinzon o’ng bo’lagi chap bo’lagi
ustiga ularning odim va yon choklari to’g’ri keltiriladi. Yordamchi andoza qo’yib,
pochaning qirqiladigan va bukma chiziqlari odim, yon choklari tomondan belgilanadi.
Pochalarning ziyi belgilangan chiziq bo’ylab qaychida qirqiladi. So’ngra belgilangan
chiziqdan kombinzon pochasi teskari tomonga buklab mashinada buklab tikiladi. Tikib
bo’lingan kombinzonning ortiqcha iplari qirqib tashlanadi. O’ngidan bo’rlangan
chiziqlar o’chirib, tashlanadi. Kombinzon teskari tomonidan yoqa, yeng o’mizi,
hamma choklar, pochasi nam mato orqali dazmollanadi. Oxirgi NIIB ishlari olib
boriladi.
1-rasm. O’g’il bolalar kombinzonining chizmali ko’rinishi
1-old bo’lak molniyali taqilmani tikish; 2-eng yoqa o’miziga mag’iz tikish; 3-old va
ort bo’lak yon qirqimini tikish; 4-kombinzon pochasini tikish.
Nazorat savollar:
1.
Yoqa o’miziga mag’iz qanday chok bilan tikiladi?
A) bostirma;
B) ag’darma;
C) biriktirma;
D) mag’iz.
2.
Kombinzon old, ort bo’lak yelka, yon qirqimlari qanday chok bilan tikiladi?
A) ag’darma;
B) bostirma;
C) biriktirma;
D) bukma.
3.
Chizmadan yengil kiyimlarda tikiladigan qoplama cho’ntakni aniqlang?
1
2
3
4
A)
B)
C)
D)
4.
Qoplama cho’ntak asosiy bo’lakka qanday chok bilan tikiladi?
A) qo’sh chok;
B) mag’iz;
C) bukma;
D) bostirma.
5.
Chizmadan yopiq qirqimli buklama chokni aniqlang.?
A)
B)
C)
D)
6.
Kombinzon yoqa, yeng o’mizlariga bezak baxyaqator kengligi qanday
aniqlanadi?
A) modelga asosan;
B) texnik shartga asosan;
Foydalanilgan аdаbiyotlаr:
1.
М.K.Rasulova, “Tikuv buyumlari texnologiyasi” o‘quv qo‘llanma. Tоshkеnt
2011 yil
2.
М.K.Rasulova, “Tikuv buyumlari texnologiyasi” fani bo‘yicha tikuv
buyumlarning bo‘linmas operatsiyalirini ketma-ketligi to‘plami. Tоshkеnt
TTYSI 2011 yil.
3.
M.Jаbbоrоvа «Tikuvchilik tехnоlоgiyasi». Tоshkеnt, 1989 y. «O‘qituvchi»
nаshriyoti.
4.
«Uy-ro‘zg‘оr ensiklоpеdiyasi». Tоshkеnt, 1982 yil.
5.
А.T.Truхаnоvа «Tikuvchilik tехnоlоgiyasi аsоslаri». Tоshkеnt: «O‘qituvchi»
n.. 1996 yil.
|