O‘quv mashg‘ulotining texnologik xaritasi
Faoliyat
bosqichlari:
Faoliyat mazmuni
Ta’lim beruvchi
Ta’lim oluvchi
I. Kirish bosqichi
(5 daqiqa).
1.1.
Salomlashadi,
davomatni
aniqlaydi.
1.2. Mavzuning nomi, maqsadi va rejasi
bilan tanishtiradi.
1.3.
O’quv mashg’ulotida o’quv ishlarini
baholash mezonlari bilan tanishtiradi.
Salomlashadilar
Tanishadilar.
Diqqat qiladilar.
Savollar
beradilar.
II. Asosiy
bosqich
(65 daqiqa).
2.1.Tayanch
bilimlar
bo’yicha
o
‘quvchilarning ishlarini kuzatib turadi.
2.2. O‘quvchilarga “Aqliy hujum”
usulidan foydalanib
Yengsiz
kiyimlarni
yeng o`mizini tikishni takomillashtirish.
haqida so’zlab bering?” savoli bilan
murojaat qiladi. Reja asosida ma’ruza
qiladi.
2.3. O‘quvchilarni guruhlarga tayanch
bilimlardan
foydalangan holda bajarish
uchun topshiriq varaqalarini tarqatadi.
2.4. Guruhlarda ishlash qoidasini
eslatadi, yo’naltiradi, tushuntiradi.
2.5.Olingan
bilimlarni
aniqlash
maqsadida tezkor-
so’rov o’tkazadi.
Berilgan
topshiriq ustida
ishlaydilar.
Javob beradilar.
Tinglaydilar,
yozib oladilar.
Guruhga
bo’linadi.
Diqqat qiladilar.
Topshiriqni
bajaradilar.
Savollarga javob
beradilar.
III. Yakuniy
bosqich
(10 daqiqa)
3.1. Mavzuni umumlashtiradi,
umumiy
xulosalar
qiladi,
yakun
yasaydi,
savollarga javob beradi.
3.2. O‘quvchilar ishini baholaydi, o’quv
mashg’ulotining maqsadga erishish
darajasini tahlil qiladi.
3.3 Mustaqil ish uchun vazifa beradi.
Mavzuga doir
savollarga javob yozish
uchun turli xil tarqatmalar tarqatilib
yuboriladi.
Diqqat qiladilar.
Savol beradilar.
Vazifani yozib
oladilar.
Fan o‘qituvchisi: M.Raysaliyeva
MAVZU: YENGSIZ KIYIMLARNING YENG O'MIZINI TIKISHNI
TAKOMILLASHTIRISH
Reja:
1.
Yengsiz kiyimlarning yeng o'miziga ishlov berish.
2.
Yeng o'mizi ag'darma chok bilan tikish.
Tayanch iboralar:
o'tqazma, reglan, kiyim old va ort bo'laklari, aralash bichilgan. chuqur o'yflgan,
kvadrat.
Yengsiz kiyimlarning yeng o'miziga ishlov berish uchun mag'iz qo'yiladi va turli
usulda tikiladi. Yeng o'miziga yalang qavat mag'iz qo'yib, mag'iz chok
bilan tikishda
(66- a rasm) yengning o'ng tomoniga mag'izning o'ngini qaratib qo'yib, 0,5-0,7 sm
kenglikda ag'darma chok bilan tikiladi. Mag'izni chok atrofidan aylantirib, teskari
tomonga o'tqaziladi va ziylari to'g'ri sirma qaviq bilan ko'klanadi. Mag'izning ochiq
qirqimi maxsus mashinada yo'rmaladi. Ag'darma chokdan 0,1-0,2
sm oraliqda
detaining o'ngi tomonidan bahyaqator yuritib puxtalanadi.
Ko'klangan iplarni so'kib tashlab, yeng o'mizi dazmollanadi.
Yeng o'mizining mag'izi ikki qavat bo'lsa (66- b rasm), mag'iz detalining teskari
tomonini ichkariga qaratib, uzunasiga ikki buklab, dazmollanadi. Mag'izning ochiq
qirqimini yeng o'mizi qirqimiga to'g'rilab qo'yiladi va 0,3-0,4 sm kenglikda ag'darma
chok bilan tikiladi. Mag'izni chok atrofidan aylantirib teskari tomonga o'tkazib, 0,5-
0,7 sm kenglikda bir tekis ramka hosil qilib, ziylari ko'klanadi. Ag'darma chokdan 0,1
sm oraliqda bahyaqator yuritib, mag'izning
buklangan tomoni ilib, puxtalaniladi.
Ko'klangan iplarni so'kib tashlab, yeng o'mizi dazmollanadi.
Yeng o'miziga mag'iz qo'yib, mag'iz chokini maxsus buklagich qo'llab tikishda (66-
d rasm), mag'iz detalining ikkala qirqimini buklagich bilan buklab, orasiga asosiy
detalni qo'yib, bitta bahyaqator bilan tikiladi.
Yeng o'mizi ag'darma chok bilan tikiladigan bo'lsa (66- e rasm), yengning o'ngi
tomoniga mag'izni o'ngini qaytarib qo'yib, qirqimlari 0,7 sm kenglikda ag'darma chok
bilan tikiladi. Chok haqi mag'iz
tomoniga qaratib, ag'darma chokdan 0,1 sm oraliqda
mag'izga bostirib tikiladi. Keyin mag'izni detal teskarisiga ag'darib, asosiy detaldan
0,1-0,3 sm kenglikda kant hosil qilib, ziylari ko'klanadi. Mag'izning ochiq qirqimini
0,7 sm teskariga bukib, bukilgan ziydan 0,1 -0,2 sm oraliqda buklab tikiladi va asosiy
detalga qo'lda yashirin qaviqlar bilan puxtalab qo'yiladi. Qaviqlar orasi 3-4 sm bo'ladi.
Ko'klangan iplarni so'kib tashlab, yeng o'mizi dazmollanadi.
Nazorat savollari:
1.
Mag'izni chok atrofidan aylantirib teskari tomonga o'tkazilib, necha sm kenglikda
bir tekis ramka hosil qilinadi?
2.
Bahyaqator bu…
Foydalanilgan adabiyotlar
A.T.Turaxonova «Tikuvchilik texnologiyasi asoslari».
S.Toshpulatov, X.X.Komilova, S.Nishanova, D.Rasulova “Xalq iste’moli
buyumlarini modellashtirish va loyihalash” Sharq nashriyoti 2007 yil.