Qaytar
aloqaning
usul
va
vositalari:
Og’zaki so`rov, tezkor-so’rov, savol-javob.
O‘quv mashg‘ulotining texnologik xaritasi
Faoliyat
bosqichlari:
Faoliyat mazmuni
Ta’lim beruvchi
Ta’lim oluvchi
I. Kirish bosqichi
(5 daqiqa).
1.1.
Salomlashadi,
davomatni
aniqlaydi.
1.2. Mavzuning nomi, maqsadi va rejasi
bilan tanishtiradi.
1.3.
O’quv mashg’ulotida o’quv ishlarini
baholash mezonlari bilan tanishtiradi.
Salomlashadilar
Tanishadilar.
Diqqat qiladilar.
Savollar
beradilar.
II. Asosiy
bosqich
(65 daqiqa).
2.1.Tayanch
bilimlar
b
o’yicha
o
‘quvchilarning ishlarini kuzatib turadi.
2.2. O‘quvchilarga “Aqliy hujum”
usulidan foydalanib “Bortlarni tikishda
kiyim adipi
haqida so’zlab bering?”
savoli bilan murojaat qiladi. Reja
asosida ma’ruza qiladi.
2.3. O‘quvchilarni guruhlarga tayanch
bilimlardan foydalangan holda bajarish
uchun topshiriq varaqalarini tarqatadi.
2.4. Guruhlarda ishlash qoidasini
eslatadi, yo’naltiradi, tushuntiradi.
2.5.Olingan
bilimlarni
aniqlash
maqsadida tezkor-
so’rov o’tkazadi.
Berilgan
topshiriq ustida
ishlaydilar.
Javob beradilar.
Tinglaydilar,
yozib oladilar.
Guruhga
bo’linadi.
Diqqat qiladilar.
Topshiriqni
bajaradilar.
Savollarga javob
beradilar.
III. Yakuniy
bosqich
(10 daqiqa)
3.1. Mavzuni umumlashtiradi, umumiy
xulosalar
qiladi,
yakun
yasaydi,
savollarga javob beradi.
3.2. O‘quvchilar ishini baholaydi, o’quv
mashg’ulotining maqsadga erishish
darajasini tahlil qiladi.
3.3 Mustaqil ish uchun vazifa beradi.
Mavzuga doir savollarga javob yozish
uchun turli xil tarqatmalar tarqatilib
yuboriladi.
Diqqat qiladilar.
Savol beradilar.
Vazifani yozib
oladilar.
Fan o‘qituvchisi: M.Raysaliyeva
MAVZU: BOLALAR KIYIMLARIDA TAVSIYA QILINADIGAN BORT VA
TAQILMALAR HAQIDA MA`LUMOT.
Reja:
1.Bolalar kiyimlarida tavsiya qilinadigan bort.
2.Taqilmalar haqida ma`umot.
3.Bortlarni tikishda kiyim adipi
Tayanch iboralar:
Bort, kiyim adipi,
o'tqazma, reglan, kiyim old va ort bo'laklari, aralash bichilgan.
chuqur o'yflgan, kvadrat.
Bortlarni tikishda kiyim adipi alohida qo'yib tikilgan (43- b rasm) yoki old bo'lak bilan
yaxlit bichilgan (43- a rasm) bo'lishi mumkin.
Adip detali alohida bichilgan bortlarni tikishda uning ichki qirqimi yo'rmalgan yoki
universal mashinada bukib tikilgan (43- e rasm) titiluvchan gazlamalardan tikiladigan
bo'lsa, oldin qirqimni maxsus mashinada yo'rmalab, keyin universal mashinada
buklab tikish mumkin (43- d rasm).
Adipga yelim qotirma qo'yiladigan bo'lsa, adipning teskari tomoniga qotirmaning
yelimli tomoni qaratib qo'yiladi va bort qirqimi tomonidan 0,5-0,6 sm yetkazmay,
ichki qirqimiga 0,7-1,0 sm yetkazmay qo'yib, dazmolda yoki pressda yopishtiriladi
(43- f rasm).
Tayyor adipni old bo'lakning o'ngi tomoniga uning o'ngini qaratib, qirqimlarini
to'g'rilab, adip tomondan bostirib ko'klanadi. Bunda adip qaytarma burchaklarida
adipdan solqi hosil qilib, qiya sirma yoki to'g'ri sirma qaviqlar bilan yoki bir ipli
zanjirsimon maxsus mashinada adip old bo'lakka bostirib ko'klanadi. Kiyim taqilmasi
etagigacha tushadigan bo'lsa, adipni old bo'lakka bostirib ko'klashdan oldin uni old
bo'lak buklash haqiga biriktirib ulanadi (43- g rasm), keyin adip old bo'lakka bostirib
ko'klanadi. Adip qaytarma uchi old bo'lak tomondan yordamchi andaza bilan
bo'rianadi va shu bo'r chizig'idan ag'darma chok bilan tikiladi.
Kiyim jun gazlamadan tikiladigan bo'lsa, adipda hosil qilingan solqi ag'darma
chok yuritishdan oldin kirishtirib dazmollanadi. Ag'darma chok haqi ip gazlamadan
tikiladigan kiyimlarda qo'lda to'g'rilab qo'yiladi, jun va ipak gazlamalarning choki
yorib dazmollanadi. Adip qaytarma uchini burchaklardagi va bortning pastki
burchagidagi chok haqidan 0,2- 0,3 sm qoldirib, ortiqchasi qirqib tashlanadi.
Adip qaytarma va bort uchlarini o'ngi tomonga ag'darib, qaytarma qismi old bo'lak
tomondan, bort qismi adip tomondan ziylari ko'klanadi. Bunda adip qaytarma joyida
adip detalidan, bo'rt qismida old bo'lak detalidan 0,1-0,15 sm kant hosil qilinadi.
Ziylarni ko'klashda qo'lda to'g'ri yoki qiya sirma qaviq yoki bir ipli zanjirsimon
maxsus mashinada ko'klanadi. Adipning yuqori qirqimi yelka chokiga qirqimini
bukib, 0,2- 0,3 sm kenglikda ulab qo'yiladi (43- h rasm).
Izma o'rnini belgilab, maxsus mashinada yo'rmaladi. Bort dazmollanadi.
Modelda ko'rsatilgan bo'lsa, bezak bahyaqatori yuritiladi. Bahyaqator kengligi
modelga bog'liq. Ziylari ko'klangan ipni so'kib tashlab, bort qaytadan dazmollanadi.
Adip old bo'lak bilan yaxlit bichilgan bortlarni tikishda (43- a rasm) old bo'lakda
adipni bukish chizig'i belgilab olinadi. Adipning ichki qirqimlariga ishlov beriladi
(yuqoridagidek). Belgi-chiziq bo'ylab adipni old bo'lak o'ngiga buklab, adip qaytarma
burchaklari va bort pastki burchagi belgi-chiziq bo'ylab, ag'darma chok bilan tikiladi.
Burchaklardagi chok haqidagi 0,2-0,3 sm qoldirib, ortiqchasi qirqib tashlanadi va o'ng
tomonga ag'dariladi, ziylari ko'klanadi yoki tekislab, ko'klamay dazmollanadi.
Izmaiar yo'rmalanadi. Agar izmaiar mag'iz qo'yib, ag'darma chok bilan tikilgan bo'lsa,
izmaiar chetidan 2 sm oralikda sirma qaviq bilan adip bostirib ko'klanadi va adipni
izma teshigiga to'g'rilab qirqib, ichkariga buklab, yashirin qaviq bilan tikib qo'yiladi
(43- i rasm). Ko'klangan iplar so'kib tashlanadi va tayyor bort dazmollanadi.
Etakkacha tushgan bostirib tikiladigan qopqoqli taqilmani tikish (44- a rasm).
Taqilma qopqoqda va old bo'lakda kiyim etagini bukish haqi belgilanadi. Taqilma
qopqoqning ichki qirqimi teskari tomonga bezak bahyaqator kengligidan 0,5-0,7 sm
kengroq qilib buklanadi va dazmollanadi. Taqilma qopqoqning pastki tomoni uning
o'ngini pastga qaratib, old boiakning belgi tomoniga to'g'rilab qo'yiladi va old bo'lakka
ulanadi (44- b rasm).
Kiyim buklash haqi belgi-chiziq bo'ylab bukib, yashirin bahyali maxsus mashinada
yoki universal mashinada bukib, tikiladi. Taqilma qopqoq old bo'lagining o'ngini
pastga qaratib, teskarisiga ag'dariladi, taqilma qopqoq ulangan chokni etak ziyiga
to'g'rilab, bort va bort uchlari yoqa o'tqaziladigan belgi-chiziqqacha ag'darma chok
bilan tikiladi. Qopqoqni o'ngiga ag'darib, chokni tekislab, qopqoq gazlamasidan 0,1-
0,2 sm kant hosil qilib dazmollanadi yoki oldin ziylarini ko'klab keyin dazmollanadi.
Taqilma qopqoqning ichki qirqimini bezak bahyaqator kengligidan 0,5-0,7 sm
kengroq qilib buklab bostirib tikiladi (44- d rasm).
Ko'klangan iplarni so'kib tashlab, dazmollanadi. Old bo'lakning ikkinchi tomoni
qirqimi teskari tomonga belgi-chiziq bo'ylab dazmollab, universal mashinada bostirib
tikiladi (44- f rasm).
Taqilma qopqoqli qo'sh ignali maxsus mashinada tikishda qopqoq gazlamasining
qirqimlarini teskari tomonga buklagich yordamida bukiladi. Asosiy detal qirqimi
ikkinchi buklagich yordamida o'ngi tomonga bukiladi va bir yo'la ikkita bahyaqator
yuritib, taqilma qopqog'i old bo'lakka bostirib tikiladi (44- e rasm).
Bostirma chok bilan tikiladigan qopqoqli taqilma (45- a rasm). Kiyim old bo'lak
kesimiga to'g'rilab, ustki va ostki qopqoqning o'ngini old bo'lak teskarisiga qo'yib,
biriktirib tikiladi (45- b rasm).
Chok kengligi 0,7-l,0sm. Biriktirma chok haqi qopqoq tomonga to'g'rilanadi yoki
yotqizib dazmollanadi. Qopqoqlari yuqori tomonining o'ngini ichkariga qaratib,
kertimlaigacha burchaklari 0,6 sm kenglikda ag'darma chok bilan tikiladi.
Burchaklaridagi chok haqidan 0,2-0,3 sm qoldirib, ortiqchasi qirqib tashlanadi va
o'ngi tomonga ag'darib to'g'rilanadi
Ostki qopqoqning old bo'lagi o'ngiga ag'darib o'tkaziladi, qirqimlarini 0,5-0,7 sm
ichkariga bukib, ostki qopqoq ulangan chokni 0,1-0,2 sm yopib, bukilgan ziydan 0,1
sm kenglikda bostirib tikiladi. Pastki uchini 0,5-0,7 sm kenglikda ichkariga buklab,
old bo'lak kesirrudan 1 sm pastroqda bostirib tikiladi.
Ustki qopqoqni old bo'lak o'ngiga aylantirib o'tkazib, mo'ljaldagi qopqoq kengljgida
buklab, ziyidan modeldagi kenglikda bostirib tikiladi. Bunda ochiq qirqimni
bukishda qopqoq ulangan chok yopilib turishi kerak. Qopqoqning pastki burchagi
modelda ko'rsatilgan shaklda bukib, bahyaqator yuritib puxtalanadi. Tayyor taqilma
dazmollanadi.
Nazorat savollari:
1.
Ostki qopqoqning old bo'lagi qaysi tomonga ag'darib o'tkaziladi?
2.
Chok kengligi necha sm bo`ladi?
Foydalanilgan adabiyotlar
A.T.Turaxonova «Tikuvchilik texnologiyasi asoslari».
S.Toshpulatov, X.X.Komilova, S.Nishanova, D.Rasulova “Xalq iste’moli
buyumlarini modellashtirish va loyihalash” Sharq nashriyoti 2007 yil.
|