• O‘quv mashg‘ulotining texnologik xaritasi Faoliyat bosqichlari: Faoliyat mazmuni
  • O ‘ zbekiston respublikasi oliy va o ‘ rta maxsus ta ’ lim vazirligi toshkent – 202




    Download 6,55 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet48/84
    Sana25.08.2024
    Hajmi6,55 Mb.
    #269844
    1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   84
    Bog'liq
    60 soat

     
     
     
     
    O‘quv mashg‘ulotining maqsadi:
    O'tkazma qopqoqli va molniya tasmali 
    taqilmani tikish texnalogiyasi 
    turlari va kundalik
    ahamiyati to‘g’risidagi umumiy tushunchalarni 
    shakllantirish. 
     
     
    Pedagogik vazifalar: 
    1. Mavzuning asosiy maqsadini 
    sharhlash; 
    2. O'tkazma qopqoqli taqilmani 
    tikish texnalogiyasi haqida 
    tushuncha berish; 
    3. Molniya tasmali taqilmani tikish 
    texnalogiyasi 
    haqida ma’lumot 
    berish 
     
     
    O
    ‘quv faoliyatining natijalari: 
    1. Mavzu asosida tushunchalarni bilib
    oladilar; 
    2. 
    O'tqazma 
    qopqoqli 
    taqilmani 
    tikish 
    texnologiyasi 
    to’g’risida so’zlab beradilar; 
    3.Molniya 
    tasmali 
    taqilmani 
    tikish 
    texnologiyasi. haqida gapirib beradilar; 
     
     
     
     
     
     
    O
    ‘qitish metodlari: 
    Kichik axborotli m
    a’ruza, namoyish, suhbat. 
     
     
     
    O‘quv faoliyatini tashkil etish 
    shakllari:
     
    Guruhli. 
     
     
     
     
     
    O
    ‘qitish vositalari: 
    O‘quv materiali, yozuv taxtasi,ko`rgazma , 
    rasmli plakatlar. 
     
     
     
     
     
     
     
     
    O‘qitish shart-sharoiti: 
    Guruhlarda ishlashga, texnik vositalardan 
    foydalanishga m
    o’ljallangan o’quv xonasi. 
     
     
     
     
    Qaytar 
    aloqaning 
    usul 
    va 
    vositalari: 
    Og’zaki so`rov, tezkor-so’rov, savol-javob. 
     

     
     
     


     
    O‘quv mashg‘ulotining texnologik xaritasi
     
     
     
    Faoliyat 
    bosqichlari: 
    Faoliyat mazmuni 
    Ta’lim beruvchi 
    Ta’lim oluvchi 
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
    I. Kirish bosqichi 
    (5 daqiqa).
    1.1. 
    Salomlashadi, 
    davomatni
    aniqlaydi.
    1.2. Mavzuning nomi, maqsadi va rejasi 
    bilan tanishtiradi.
    1.3.
    O’quv mashg’ulotida o’quv ishlarini 
    baholash mezonlari bilan tanishtiradi.
    Salomlashadilar 
    Tanishadilar. 
    Diqqat qiladilar. 
    Savollar 
    beradilar. 
     
     
     
     
     
     
     
     
    II. Asosiy 
    bosqich 
    (65 daqiqa). 
    2.1.Tayanch 
    bilimlar 
    b
    o’yicha 
    o
    ‘quvchilarning ishlarini kuzatib turadi. 
    2.2. O‘quvchilarga “Aqliy hujum” 
    usulidan foydalan
     
    O'tkazma qopqoqli 
    va molniya tasmali taqilmani tikish 
    texnalogiyasi 
    haqida so’zlab bering?” 
    savoli bilan murojaat qiladi. Reja 
    asosida ma’ruza qiladi.
    2.3. O‘quvchilarni guruhlarga tayanch
    bilimlardan foydalangan holda bajarish
    uchun topshiriq varaqalarini tarqatadi.
    2.4. Guruhlarda ishlash qoidasini
    eslatadi, yo’naltiradi, tushuntiradi.
    2.5.Olingan 
    bilimlarni 
    aniqlash
    maqsadida tezkor-
    so’rov o’tkazadi. 
    Berilgan
    topshiriq ustida 
    ishlaydilar. 
    Javob beradilar. 
    Tinglaydilar, 
    yozib oladilar. 
    Guruhga
    bo’linadi. 
    Diqqat qiladilar. 
    Topshiriqni
    bajaradilar. 
    Savollarga javob 
    beradilar. 
     
     
     
    III. Yakuniy 
    bosqich
    (10 daqiqa) 
    3.1. Mavzuni umumlashtiradi, umumiy 
    xulosalar 
    qiladi, 
    yakun 
    yasaydi, 
    savollarga javob beradi. 
    3.2. O‘quvchilar ishini baholaydi, o’quv
    mashg’ulotining maqsadga erishish
    darajasini tahlil qiladi. 
    3.3 Mustaqil ish uchun vazifa beradi. 
    Mavzuga doir savollarga javob yozish 
    uchun turli xil tarqatmalar tarqatilib 
    yuboriladi. 
    Diqqat qiladilar. 
    Savol beradilar. 
    Vazifani yozib 
    oladilar. 
     
     
     
     
     


    Fan o‘qituvchisi: M.Raysaliyeva 
    MAVZU: O'TQAZMA QOPQOQLI VA MOLNIYA TASMALI
    TAQILMANI TIKISH TEXNOLOGIYASI. 
    Reja: 
    1.O'tqazma qopqoqli taqilmani tikish texnologiyasi. 
    2.Molniya tasmali taqilmani tikish texnologiyasi. 
    Tayanch iboralar: 
    O'tqazma qopqoqli taqilma, molniya tasmali taqilman, o'tqazma, reglan, kiyim old 
    va ort bo'laklari, aralash bichilgan. chuqur o'yflgan, kvadrat. 
    Asosiy detaining o'ng tomoniga uchta chiziq bilan taqilma o'rni belgilab olinadi (46- 
    b rasm). 
    Belgi-chiziqlar orasidagi ortiqcha gazlama qirqib tashlanadi. Bunda belgi- chiziqdan 
    1 sm qoldiriladi, taqilma uchida burchak hosil qilib kertib qo'yiladi. Qopqoqning 
    o'ngini ichkariga qaratib uzunasiga ikki buklab, yuqori burchagi ag'darma chok bilan 
    tikiladi (46- d rasm). 
    Burchakdagi chok haqidan 0,2-0,3 sm qoldirib, ortiqchasi qirqib tashlanadi va 
    qopqoq o'ngiga ag'dariladi, to'g'rilab dazmollanadi. 
    Taqilma uchiga asosiy detaining teskari tomoniga ip gazlamadan bo'ylama qo'yiladi. 
    Detal o'ngiga qopqoqlarning ochiq qirqimlarini taqilma markaziga qaratib, belgi 
    chiziqlar bo'ylab ulanadi (46- e rasm). 
    Taqilma uchida qaytma bahyaqator yuritib ko'klanadi. 
    Taqilmaning oxirgi uchidagi gazlama bahyaqatorga 0,1 sm yetkazmay, qo'shimcha 
    qirqib qo'yiladi. Qopqoq ochiq qirqimlarini detal teskarisiga o'tkazib, ikkala 
    qopqoqni bir-birining ustiga to'g'rilab qo'yiladi va asosiy detalni qaytarib turib, 
    taqilma uchi universal mashinada qaytma bahyaqator yuritib, puxtalanadi (46- f 
    rasm). 
    Taqilma qirqimlari maxsus mashinada yo'rmaladi. Tayyor taqilma dazmollanadi. 


    Ramkali taqilmani tikish (47- a rasm). Bu taqilmaga ikkita mag'iz qo'yib tikiladi. 
    Mag'izning ichki qirqimlari maxsus mashinada yo'rmaladi yoki teskari tomoniga 0,5-
    0,7sm bukib, ziyidan 0,lsm kenglikda universal mashinada bukib tikiladi (47- b 
    rasm). 
    Mag'izning tashqi qirqimlari teskari tomonga 1 -1,2sm kenglikda bukib 
    dazmollanadi. Detaining o'ng tomoniga taqilmaning o'rta chizig'i va undan ikki 
    tomonga ramka kengligida yana ikkita chiziq belgilanadi (47- d rasm). 
    Mag'izning o'ngini yuqoriga qaratib, bukilgan tomonini asosiy detal o'ngiga qaratib, 
    dazmollangan ziylarini yordamchi chiziqlar tomoniga qaratib qo'yiladi. Mag'iz 
    ziyidan ramka kengligiga teng oraliqda ulanadi. Mag'izlarni qaytarib turib, asosiy 
    detal teskari tomonidan qirqiladi. Bahyaqatorga 1-1,2 sm yetmay, burchak qilib 
    kesiladi, bunda bahyaqatoiga 0,1 sm yetkazmay tugatiladi. Mag'izni asosiy detal 
    teskarisiga ag'darib, uchlarini to'g'rilab, taqilma uchidagi burchagi bo'ylab, ikkita 
    bahyaqator yuritib, taqilma uchi puxtalanadi (47- e rasm). Tayyor taqilma 
    dazmollanadi. 


    «Molniya» tasmali taqilmani tikish (48- a rasm). Asosiy detal «Molniya» ulanadigan 
    joyida chok haqidan ko'proq qoldirib bichiladi. Ikkala detal qirqimi bezak bahyaqator 
    kengligiga 0,7-1,0 sm qo'shilgan kenglikda teskari tomoniga bukib dazmollanadi. 
    Detaining teskari tomoniga «Molniya» tasmaning o'ngini yuqoriga qaratib qo'yib, 
    to'g'ri sirma qaviqlar bilan ko'klab ulanadi (48- d rasm). „ 
    Keyin detalga maxsus tepki o'rnatib, bostirib tikiladi (48- d rasm). Ko'klangan 
    iplarni so'kib tashlab, taqilma dazmollanadi. 
    Choksiz detaldagi «Molniya» tasmali taqilmani tikish. (49- a rasm). 
    Asosiy detal o'ngiga ikkita chiziq bilan taqilma o'mi belgilab olinadi. Shu belgi-
    chiziqqa mag'izning o'ngini pastga qaratib qo'yiladi va mag'iz asosiy detalga ulanadi. 
    Chok kengligi modelga qarab 0,3-0,8 sm bo'lishi mumkin. Asosiy detal bahyaqatorlar 
    orasida qirqiladi, taqilma uchiga 1,0 sm yetkazmay burchak qilib, bahyaqatorga 0,1 
    sm yetkazmay tugatiladi. 
    Mag'izni asosiy detal teskarisiga ag'darib o'tkaziladi va asosiy detaldan 0,l-0,2sm kant 
    hosil qilib, ziylari ko'klanadi va dazmollanadi yoki ziylari ko'klanmay, to'g'ri 
    dazmollanadi (49- b rasm). 


    Adip vazifasini o'taydigan ikki bo'lakdan iborat mag'izlarning o'ngini ichkariga 
    qaratib, taqilma boshlanadigan joygacha 0,5-0,7sm kenglikdagi chok bilan biriktirib 
    tikiladi. Taqilma chetida bezak bahyaqator yuritiladigan bo'lsa, biriktirma chokning 
    kengligi bezak bahyaqatordan 0,5-0,7 sm kengroq qilib tikiladi. Biriktirma chokning 
    taqilmadan pastroq joyi yorib, dazmollanadi, taqilma joyida buklab dazmollanadi. 
    Mag'izning ichki qirqimi maxsus mashinada yo'rmalanadi yoki buklab, 0,1 -0,2 sm 
    kenglikda bukma chok bilan tikiladi. 
    Mag'izning buklab dazmollangan ziyi ichkarisiga «Molniya» tasma ulanadi. Bu 
    bahyaqator tasma chetidan va mag'iz qirqimidan 0,5sm oraliqda yuritiladi. 
    Tayyor «Molniya» ulangan mag'iz teskarisini asosiy detal teskarisiga qaratib qo'yib, 
    to'g'ri sirma qaviq bilan mag'iz asosiy detalga bostirib ko'klanadi. Asosiy detaining 
    o'ng tomonidan bostirib tikiladi (49- d rasm). 
    Ko'klangan iplarni so'kib tashlab, tayyor taqilma dazmollanadi. 
    Ko'ylakning ko'krak qismini yubkaga ulash va kiyim etagini tikish 
    Kuylakning ko'krak qismini yubkaga ulash uchun oldin yubka choklari tikilishi 
    kerak. Bunda yubkada vitachka, taxlama, burma bo'lsa, ular tikib olinadi. Choklar 
    yorib yoki bir tomonga yotqizib dazmollanadi. Yubkada burmaga o'xshash mayda 
    taxlamalar bo'lsa (67- a rasm), bu taxlamalar kertimlaiga to'g'rilab buklab, universal 
    mashinada qirqimlardan 0,7-1,0 sm oraliqda uqa qo'yib yoki qo'ymay, bahyaqator 
    yuritib chiqiladi (67- b rasm). 
    Taxlama bo'lmay, burma hosil qilinadigan bo'lsa, yubka detalining yuqori qirqimidan 
    1,2-1,5 sm oraliqda ikkita bahyaqator yuritiladi, bahyaqatorlar orasidagi oraliq 0,1-
    0,3 sm. Bahyaqator ipini tortib, burma bir tekis taqsimlanadi. 
    Yubkaning o'ngini ichkariga qaratib, ko'ylak ko'krak qismining o'ngini yuqoriga 
    qaratib, yubka ichiga kiydiriladi va qo'lda to'g'ri sirma qaviqlar bilan yubkaga ko'krak 
    qismi ko'klab ulanadi. Ko'klangan qaviqqatordan 0,1 -0,2 sm oraliqda universal 
    mashinada ulanadi. Biriktirma chok cho'zilib ketmasligi uchun ikkita parallel 
    bahyaqator yuritiladi. Bunda qo'sh ignali mashina ishlatish mumkin (67- d rasm). 
    Chok haqi maxsus mashinada yo'rmaladi va chok haqi modelda ko'nsatilgan tomonga 
    yotqizib dazmollanadi (67- e rasm). Ko'klangan iplar so'kib tashlanadi. 
    Ko'ylakning ko'krak qismi bilan yubkani. 


    Ko'klangan ko'krak qismi yubkaga yorma chok bilan ulanadigan bo'lsa (68- a rasm), 
    ikkala detaining choklarini, vitachkalarini to'g'ri keltirib,qirqimlarini to'g'rilab, bezak 
    bahyaqatordan 1,2-1,5 sm ortiq kenglikda detallar biriktirib ko'klab ulanadi. 
    Qaviqqatordan 0,1 sm oraliqda detallar biriktirib tikiladi. Ko'klangan iplarni so'kib 
    tashlab, chok haqi yorib dazmollanadi.
    Nazorat savollari: 
    1.
    Ramkali taqilmani tikish qanday amalga oshiriladi? 
    2.
    «Molniya» tasmali taqilmani tikish… 
    3.
    Molniya bu … 
    Foydalanilgan adabiyotlar 
    A.T.Turaxonova «Tikuvchilik texnologiyasi asoslari». 
    S.Toshpulatov, X.X.Komilova, S.Nishanova, D.Rasulova “Xalq iste’moli 
    buyumlarini modellashtirish va loyihalash” Sharq nashriyoti 2007 yil. 



    Download 6,55 Mb.
    1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   84




    Download 6,55 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O ‘ zbekiston respublikasi oliy va o ‘ rta maxsus ta ’ lim vazirligi toshkent – 202

    Download 6,55 Mb.
    Pdf ko'rish