O ‘ zbekiston respublikasi oliy va o ‘ rta maxsus ta ’ lim vazirligi toshkent – 202




Download 6,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/84
Sana25.08.2024
Hajmi6,55 Mb.
#269844
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   84
Bog'liq
60 soat

 
 
 
O‘qitish shart-sharoiti: 
Guruhlarda ishlashga, m
o’ljallangan o’quv
xonasi. 
 
 
 
 
Qaytar 
aloqaning 
usul 
va 
vositalari: 
Og’zaki so`rov, tezkor-so’rov, savol-javob. 
 

 
 
 
 


O‘quv mashg‘ulotining texnologik xaritasi
 
 
 
Faoliyat 
bosqichlari: 
Faoliyat mazmuni 
Ta’lim beruvchi 
Ta’lim oluvchi 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
I. Kirish bosqichi 
(5 daqiqa).
1.1. 
Salomlashadi, 
davomatni
aniqlaydi.
1.2. Mavzuning nomi, maqsadi va rejasi 
bilan tanishtiradi.
1.3.
O’quv mashg’ulotida o’quv ishlarini 
baholash mezonlari bilan tanishtiradi.
Salomlashadilar 
Tanishadilar. 
Diqqat qiladilar. 
Savollar 
beradilar. 
 
 
 
 
 
 
 
 
II. Asosiy 
bosqich 
(65 daqiqa). 
2.1.Tayanch 
bilimlar 
b
o’yicha
o
‘quvchilarning ishlarini kuzatib turadi. 
2.2. O‘quvchilarga “Aqliy hujum” 
usulidan foydalanib “mayda bo’laklarini 
tayyorlash
haqida so’zlab bering?” savoli bilan
murojaat qiladi. Reja asosida ma’ruza 
qiladi. 
2.3. O‘quvchilarni guruhlarga tayanch
bilimlardan foydalangan holda bajarish
uchun topshiriq varaqalarini tarqatadi.
2.4. Guruhlarda ishlash qoidasini
eslatadi, yo’naltiradi, tushuntiradi.
2.5.Olingan 
bilimlarni 
aniqlash
maqsadida tezkor-
so’rov o’tkazadi. 
Berilgan
topshiriq ustida 
ishlaydilar. 
Javob beradilar. 
Tinglaydilar, 
yozib oladilar. 
Guruhga
bo’linadi. 
Diqqat qiladilar. 
Topshiriqni
bajaradilar. 
Savollarga javob 
beradilar. 
 
 
 
III. Yakuniy 
bosqich
(10 daqiqa) 
3.1. Mavzuni umumlashtiradi, umumiy 
xulosalar 
qiladi, 
yakun 
yasaydi, 
savollarga javob beradi. 
3.2. O‘quvchilar ishini baholaydi, o’quv
mashg’ulotining maqsadga erishish
darajasini tahlil qiladi. 
3.3 Mustaqil ish uchun vazifa beradi. 
Mavzuga doir savollarga javob yozish 
uchun turli xil tarqatmalar tarqatilib 
yuboriladi. 
Diqqat qiladilar. 
Savol beradilar. 
Vazifani yozib 
oladilar. 
 
 
 
 
 
Fan o‘qituvchisi: M.Raysaliyeva


Mavzu: BOLALAR SHIMINI TIKISH KETMA-KETLIGINI TUZISH VA MAYDA 
BO’LAKLARINI TAYYORLASH TEXNALOGIYASI. 
Reja: 
1-
Bolalar shimini tikish ketma-ketligini tuzish 
2-
mayda bo’laklarini tayyorlash
3-
vitichkalarga ishlov berish 
4-
Shim asosiy bo’laklariga NII berish 
Tayanch iboralar: shim bichig`I, odim qirqimi, vitichka, pocha qirqim. 
Shim bichig’ining bo’laklari, chiziq va qirqimlarining nomlari 
Bichiq bo’laklari. Shim avra, astar va qo’shimcha qatlam bo’laklaridan iborat 
bo’ladi. (ularning soni va shakli modelga bog’liq). Shim avrasining bo’laklari avra 
gazlamadan bichiladi. Ular quyidagilardan iborat old bo’laklar – 2 ta, ort bo’laklar 
– 2 ta, belbog’lar ikki qismdan iborat – 1 ta, cho’ntak mag’izlari – 4 ta, ko’rinmalar 
2 ta.
Qo’shimcha materiallarga shim yuqori qirqimiga ishlov berish uchun korsot 
tasma shim pochasiga ishlov berish uchun tasma va qotirma materiallar kiradi. 
Qotirma materiallardan ostki belbog’ ikki qismdan iborat – 1 ta belboqqa korsaj 
tasmasiz ishlov berilganda yon cho’ntak xaltalar – 2 ta bichiladi.
Bichiq bo’laklarining chiziqlari va qirqimlarining nomlari.
Shim bichig’ida quyidagi nomdagi chiziqlar va qirqimlar bo’ladi: shim old 
bo’lagida yuqori qirqim 1, oldingi qirqim 2, odim qirqim 3, pocha qirqim 4, yon 
qirqim 5 va uloqlar ulash chizig’i T.83-moduldan andozalar spetsifikatsiyasiga 
qarang.
1-rasm. Bolalar shimining mayda bo’laklari.
Bichiq bo’laklarini tikishga tayyorlash 


Bo’laklarni tayyorlash, bir-biriga ulash va cho’ntaklarni joylashtirish uchun 
kerakli nazorat belgilari old va ort bo’laklarda borligi tekshiriladi.
Ort bo’lakda uloqlar bo’lsa, odim qirqim bo’ylab uloqning ulama choki uchun 
tikish haqqi kerak bo’ladi. Uloqlar shakli va o’lchami andozaga binoan aniqlanadi. 
Ort bo’lakdagi gazlama guli uloq guliga to’g’ri kelishi kerak.
Old va ort bo’lak yuqori qirqimidagi nazorat belgilari, vitochka-taxlamalar 
joylashishini andozalarga binoan tekshirib bo’lakning teskrisi tomondan aniqlanadi. 
Ulashning aniq va shim balansi to’g’ri bo’lishi uchun, yon va odim qirqimlarda 
nazorat belgilari borligi tekshiriladi. Gazlamaning juda ko’zga tashlanadigan katak 
yo’l-yo’l guli yon choklarida bir-biriga to’g’ri kelishi kerak.
Shim taqilma oxirini aniqlash uchun, nazorat belgisi oldingi qirqimning pastki 
qismida bo’lishi kerak.
Vitochkalarga ishlov berish 
Shimning ort bo’lagida uloq bo’lib, uni asosiy bo’lakka ulashdan oldin 
qirqimlarni maxsus mashinada yo’rmab chiqiladi. Uloqlarni ulashda shim 
bo’laklarining o’ngi tomonlarini ichkariga qaratib qo’yiladi. Qirqimlari tekislanadi 
va 10 mm kenglikda chok solib, ulab tikiladi. Vitochkalarning kengligi, qanday 
joylashishi soni shimning gavdaga qanchalik yopishib turishiga va gavdaning 
to’laligiga bog’liq.
Shim old bo’laklarida qirqma vitochkalar yoki dazmollanmaydigan taxlama-
vitochkalar qilinadi. Shim old bo’lagini vitochkaning belgilangan o’rta chizig’i 
bo’ylab bukib, yuqori qirqimidagi nazorat belgilari to’g’ri keltiriladi. Vitochkaning 
yon tomoni, bo’yi yuqori qirqimidan boshlab chokni tobora yo’q qila borib, biriktirib 
tikiladi, baxyaqatorning boshlanishi va oxiri puxtalab qo’yildi. Taxlama-vitochkani 
yuqori-qirqimdan boshlab pastga tomon belgilangan chiziq bo’ylab 40-50 mm 
biriktirib tikib, boshlanishi va oxiri puxtalab qo’yiladi. Pastki puxta o’rniga bukilgan 
joyga nisbatan to’g’ri burchak hosil qilgan baxyaqator yuritib qo’ysa ham bo’ladi.
Shim ort bo’laklarida yuqori qirqimdan boshlab bittadan yoki ikkitadan 
vitochka qilinadi ular qirqma yoki noqirqma bo’lishi mumkin. Noqirqma 
vitochkalar, old bo’laklardagi singari, bo’rlangan chiziqlar bo’ylab tikiladi. Qirqma 
vitochkalarni tikishda bo’lakning o’ngi tomoni ichkariga qaratib qo’yiladi, vitochka 
qirqimlari tekislanadi va ularni 7-8 mm kenglikdagi chok kenglikda tabora yo’qota 
borib biriktirib tikiladi va baxyaqator vitochka qirqimidan 10-15 mm pastroqda 
puxtalanadi. Vitochka qirqimlari maxsus mashinada yo’rmalanadi. Shu bilan bir 
vaqtda yon, odim va o’rta qirqimlar ham yo’rmalanadi.
Ort bo’laklarga uloqlar tikilib vitochkalarga ishlov berilgandan keyin namlab- 
isitib ishlov berishga kirishiladi.
Shim asosiy bo’laklariga NII berish 
Namlab isitib ishlov berish shim tikishdagi ma’suliyatli operatsiya 
hisoblanadi. Tayyor holdagi shimning tashqi ko’rinishi va shakli shunga bog’liq. 
Tarkibida sun’iy tolalar ko’p bo’lgan gazlamalardan shim tikilganda namlab-isitib 
ishlov berish nihoyatda murakkab bo’ladi. Shuning uchun bunday holda shimning 
shakli konstruktsiya yordamida hosil qilinadi. Namlab isitib ishlov berish uloqlarni 
va vitochkalarni yorib dazmollashdan boshlanadi. Shimni ort bo’laklariga chap va 
o’ng bo’laklarini, o’ngini ichkariga qaratib qo’yib, maxsus yostiqlari bor presslarda 


shakl beriladi. Pressda shakl berishning mohiyati yostiqlarning qabariq-botiq 
shaklda ekani oqibatida kerakli joylarda qirqimlarni chizishdan iborat bo’ladi. Shim 
bo’laklariga namlab isitib ishlov berishda, uning kanstruktsiyasiga, materialning 
tolasiga bog’liq bûladi, bu ishni bichiqchi belgilaydi. Buyurtmachi gavdasiga mos 
shakl berish uchun old va ort bûlaklariga namlab isitib ishlov beriladi. 
Namlab isitib ishlov berish mumkin bûlgan materilalardan tikiladigan klassik
bichimli shimlarga quyidagi tartibda ishlov beriladi:
1)
shim old bûlagiga namlab isitib ishlov berish; 
2)
shim ort bûlagiga namlab isitib ishlov berish; 
3)
shim astariga namlab isitib ishlov berish. 
Shim astariga ishlov berish 
Shimning tizza qismi chûzilmasligi uchun unga astar qûyiladi (astarning 
bukish ùaqini 10-15 sm ùisobga olmay bichiladi) 
Bichishdan oldin astarli gazlama dekatirlanadi. 
Shim astari old bûlak avrasiga moslab bichiladi. 
Astarning (pochasiga) ostki qirqimi maxsus mashinada yûrmalanadi; yopiq 
qirqimli bukma chok bilan bukib tikiladi yoki maxsus qaychida arra tishli qilib 
qirqiladi. 
Stol ustiga, old bûlak astariga ûngini pastga qaratib yoziladi, uning ustiga 
shim avrasining ûngini yuqoriga qaratib qûyiladi.
Shim avrasining astariga qirqimlardan 3-4 sm oraliqda qûyiladi va yirikligi 
1-1,5 sm tûg’ri sirma qaviq bilan bostirib kûklanadi. Shim avrasidagi vitochkalar 
joyida astardan taùlama ùosil qilib kûklanadi.
Shim old bûlagining yon va odim qirqimlari astar bilan birga maxsus 
mashinada yûrmalanadi.
Ort bûlakning yon odim va ûrta qirqimlari ùam yûrmalanadi.
Yûrmash ishlari shimning ûngi tomonidan bajariladi. 
Kamar tutkichga ishlov berish 
Kamar tutkich - bu shim belbog’idagi asosiy bo’lak ùisoblanadi.
Kamar tutkich asosan 2 ta bo’lakdan iborat bûlib, asos va astar bo’laklaridir. 
Kûpincha ûrta qalinlikdagi matolardan shim tikilganda kamar tutkich bitta asos 
matodan bûylama ip yûnalishi bûyicha bichib olinadi va ag’darma chok yoki 
maxsus buklagich mashina yordamida buklab tikiladi.
Modelga kûra belbog’g’a kamar tutkich bûlsa, uni shim yuqori bel qismiga 
ulash paytida belbog’ tagiga kamar tutkichni pastki qirqimiga qûyib, ularni belbog’ 
ulaydigan chokra perpendikulyar joylab tikiladi. Kamar tutkichning yuqori 
qirqimini ichkariga bukib, kamar ûtishiga soliqi ùosil qilib, bukilgan ziyidan 1-2 
mm oraliqda bostirib tikiladi. Kamar tutkich modelga qarab shim beliga qarab 
joylashtiriladi.
NAZORAT SAVOLLARI 
1. Shim orqa vitochkasining uzunligi necha sm bûlishi kerak? 
2. Shim old bo’lagida nima uchun taxlama ishlanadi? 
3. Shim odim qirqimlarini ishlashda chok kengligi qancha bo’ladi? 
4. Shim pochasi nima sababdan tasma bilan ishlanadi? 
5.Shim old bo’lagiga nima uchun astar qo’yiladi? 


6.Shim astar uzunligi asosiy uzunlikdan necha sm da joylashadi? 

Download 6,55 Mb.
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   84




Download 6,55 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O ‘ zbekiston respublikasi oliy va o ‘ rta maxsus ta ’ lim vazirligi toshkent – 202

Download 6,55 Mb.
Pdf ko'rish