O ‘ zbekiston respublikasi oliy va o ‘ rta maxsus ta ’ lim vazirligi toshkent – 202




Download 6,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/84
Sana25.08.2024
Hajmi6,55 Mb.
#269844
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   84
Bog'liq
60 soat

 
 
 
 
Qaytar 
aloqaning 
usul 
va 
vositalari: 
Og’zaki so`rov, tezkor-so’rov, savol-javob. 
 

 
 


O‘quv mashg‘ulotining texnologik xaritasi
 
 
 
Faoliyat 
bosqichlari: 
Faoliyat mazmuni 
Ta’lim beruvchi 
Ta’lim oluvchi 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
I. Kirish bosqichi 
(5 daqiqa).
1.1. 
Salomlashadi, 
davomatni
aniqlaydi.
1.2. Mavzuning nomi, maqsadi va rejasi 
bilan tanishtiradi.
1.3.
O’quv mashg’ulotida o’quv ishlarini 
baholash mezonlari bilan tanishtiradi.
Salomlashadilar 
Tanishadilar. 
Diqqat qiladilar. 
Savollar 
beradilar. 
 
 
 
 
 
 
 
 
II. Asosiy 
bosqich 
(65 daqiqa). 
2.1.Tayanch 
bilimlar 
b
o’yicha
o
‘quvchilarning ishlarini kuzatib turadi. 
2.2. O‘quvchilarga “Aqliy hujum” 
usulidan foydalanib “Taqilmali yeng 
uchiga mag'iz qo'yib tikish haqida 
so’zlab bering?” savoli bilan murojaat
qiladi. Reja asosida ma’ruza qiladi. 
2.3. O‘quvchilarni guruhlarga tayanch
bilimlardan foydalangan holda bajarish
uchun topshiriq varaqalarini tarqatadi.
2.4. Guruhlarda ishlash qoidasini
eslatadi, yo’naltiradi, tushuntiradi.
2.5.Olingan 
bilimlarni 
aniqlash
maqsadida tezkor-
so’rov o’tkazadi. 
Berilgan
topshiriq ustida 
ishlaydilar. 
Javob beradilar. 
Tinglaydilar, 
yozib oladilar. 
Guruhga
bo’linadi. 
Diqqat qiladilar. 
Topshiriqni
bajaradilar. 
Savollarga javob 
beradilar. 
 
 
 
III. Yakuniy 
bosqich
(10 daqiqa) 
3.1. Mavzuni umumlashtiradi, umumiy 
xulosalar 
qiladi, 
yakun 
yasaydi, 
savollarga javob beradi. 
3.2. O‘quvchilar ishini baholaydi, o’quv
mashg’ulotining maqsadga erishish
darajasini tahlil qiladi. 
3.3 Mustaqil ish uchun vazifa beradi. 
Mavzuga doir savollarga javob yozish 
uchun turli xil tarqatmalar tarqatilib 
yuboriladi. 
Diqqat qiladilar. 
Savol beradilar. 
Vazifani yozib 
oladilar. 
 
 
 
 
 
Fan o‘qituvchisi: M.Raysaliyeva 


MAVZU: QAYTARMA MANJET YENGLARGA ISHLOV BERISH 
Reja: 
1.
Qaytarma manjet yenglarga ishlov berish. 
2.
Qaytarma manjetni mag'izsiz ulash 
3.
Taqilmali yeng uchiga mag'iz qo'yib tikish. 
Tayanch iboralar: 
o'tqazma, reglan, kiyim old va ort bo'laklari, aralash bichilgan. chuqur o'yflgan, 
kvadrat. 
Qaytarma manjet yenglarni tikish (63- a, b rasmlar). 
Tayyor manjetni yengga mag'iz bilan ulashda (63- a rasm), yengning o'ngi 
tomoniga, manjetning esa o'ngini yuqoriga qaratib qo'yiladi, uning ustiga ikki bukib 
dazmollangan mag'izni qo'yib, qirqimlarni to'g'rilab, yengga ko'klab ulanadi. Keyin 
0,7-1 sm kenglikdagi chok bilan ko'klangan qaviqqatordan 0,lsm oraliqda universal 
mashinada ulanadi. Ko'klangan iplarni so'kib tashlab, mag'izni yeng teskarisiga 
qaytarib, buklangan ziyidan 0,1 -0,2 sm oraliqda yengga bostirib tikiladi. Bunda 
manjet detalidan 0,2-0,3 sm kant hosil qilinadi. Tayyor yeng dazmollanadi. 
Qaytarma manjetni mag'izsiz ulashda yengning teskari tomoniga manjetning o'ng 
tomoni qaratib kiydiriladi va to'g'ri sirma qaviqlar bilan qirqimidan 0,5-0,7 sm 
oraliqda ko'klab ulanadi (63- b rasm). 


Qaviqqatordan 0,1 sm oraliqda oldin universal mashinada ulab, keyin qirqimlari 
maxsus mashinada yo'rmalanadi. Qaviqqator iplarini so'kib tashlab, chok haqi manjet 
ulangan chokdan 0,1-0,2 sm oraliqda yengga bostirib tikiladi. Tayyor yeng 
dazmollanadi. 
Taqilmali yeng uchiga mag'iz qo'yib tikish (64-rasm). 
Chizmaga mo'ljallangan maxsus chilvir qirqimlarini yeng qirqimiga qaratib qo'yiladi 
va izmalar hosil qilib, universal mashinada yengga bostirib tikiladi yoki qo'lda 
to'rsimon qaviqlar bilan puxtalab qo'yiladi. Yeng shakliga moslab bichilgan mag'iz 
parchasining o'ngini yeng o'ngi tomoniga qaratib, yeng uchi va taqilma ag'darma chok 
bilan tikiladi. Ag'darma chok yuritishdan oldin mag'izni yengga to'g'ri sirma qaviq 
bilan ko'klab olsa ham bo'ladi. Ag'darma chok yuritgandan keyin burchaklardagi chok 
haqidan 0,2-0,3 sm qoldirib, ortiqchasi qirqib tashlanadi. Mag'iz yengning teskarisiga 
ag'darib o'tkaziladi, yeng detalidan 0,1-0,2 sm kant qilib, ziylari ko'klanadi va 
dazmollanadi. Ziylarini ko'klamay, to'g'ridan to'g'ri dazmollasa ham bo'ladi. 
Ko'klangan iplarni so'kib tashlab, izmalarga moslab taqilma chok tomoniga tugmalar 
chatiladi. Mag'izning ochiq qirqimlarini 0,5-0,7 sm teskarisiga bukilgan ziydan 0,1 
sm oraliqda universal mashinada buklab tikiladi va qo'lda 3-4 ta qiya yashirin qaviqlar 
bilan chatib qo'yiladi. 
Bunda qaviqlar orasi 3-4 sm bo'ladi. Tayyor yeng dazmollanadi. 
Yeng uchini mag'iz chok bilan tikish (65- a, b, d rasmlar). Mag'iz detalining o'ngini 
yeng o'ngi tomoniga qaratib qo'yib, qirqimlarini to'g'irlab 0,3-0,5 sm kenglikdagi 


ag'darma chok bilan tikiladi. Mag'izni chok atrofidan aylantirib yeng teskarisiga 
o'tkaziladi va ziylari to'g'ri sirma qaviq bilan ko'klanadi (65- a rasm). 
Mag'izning ochiq qirqimi maxsus mashinada yo'rmalanadi. Yengning o'ng tomonidan 
ag'darma chok yonidan (0,1 sm oraliqda) bahyaqator yuritib, mag'izning ikkinchi 
uchini ilib puxtalanadi. Ko'klangan iplarni so'kib tashlab, yeng dazmollanadi. 
Yengning mag'iz choki ikki qavat mag'iz qo'yib tikilishi ham mumkin (65- a, b, d 
rasmlar). Bunda mag'iz detalining teskarisini ichkari tomonga qaratib, uzunasiga ikki 
buklab dazmollanadi. Shu mag'izning ochiq qirqimlarini yeng qirqimiga to'g'rilab, 
yeng o'ngi tomoniga qo'yib, ag'darma chok bilan tikiladi. Mag'izni chok atrofidan 
aylantirib o'tkazib, ziylari ko'klanadi va o'ngi tomonidan ag'darma chokdan 0,1 Sm 
oralig'ida bahyaqator yuritib puxtalanadi. Ko'klangan iplarni so'kib tashlab, yeng 
dazmollanadi. 
Yeng uchidagi mag'iz chokni maxsus buklagich orqali ham tikish mumkin (65- d 
rasm). 
Bunda mag'iz detalining ikkala qirqimini buklagich yordamida buklab, uning orasiga 
yeng detalini joylab, bitta bahyaqator yuritib tikiladi. Tayyor yeng dazmollanadi. 
Yengni yeng o'miziga o'tqazish. Yeng o'mizi cho'zilib ketmasligi uchun, yeng 
o'miziga yelka qirqimidan boshlab 10-12 sm uzunlikda, o'miz qirqimidan 1-1,3 sm 
oraliqda universal mashinada bahyaqator yuritiladi. 
Yengni yeng o'miziga ko'klab o'tqazish uchun oldin yeng qiyamasining qirqimidan 
0,2-0,3 sm oraliqda birinchi bahyaqator yuritiladi. Shu bahyaqatordan 0,5 sm oraliqda 
ikkinchi bahyaqator yuritiladi. Bu bahyaqatorlar ipining bittasini tortib, solqi hosil 
qilinadi. Yengning qiyma qismida bir tekis taqsimlanadi. Keyin yengni asosiy detal 
ichiga o'ngini ichkariga qaratib kiritiladi, yeng va o'mizida kertimlar bo'lsa, ularni bir- 
biriga to'g'ri keltirib, yeng tomondan to'g'ri sirma qaviqlar bilan ko'klab o'tqaziladi. 
Ko'klash chokining kengligi 0,7-0,8 sm, qaviqlar yirikligi 0,5 sm bo'ladi. Yeng 
solqilarini taqsimlashda ko'p solqi yeng qiymasiga to'g'ri keladi, qolgan joylarida 
deyarli solqi bo'lmaydi. Ko'klab o'tqazilgan yengdagi solqilar dazmolda kirishtiriladi. 
Bunda dazmol tagi faqat 2-3 sm kenglikda yuritiladi. Shundan keyin ko'klangan 
qaviqqatordan 0,1-0,2 sm oraliqda bahyaqator yuritilib, universal mashinada tikib 
o'tqaziladi. 
Ko'klangan iplarni so'kib tashlab, yeng o'tqazma choki yana dazmollanadi. Yeng 
o'miz qirqimlari maxsus mashinada yo'rmalanadi. 


Yeng maxsus mashinada o'tqaziladigan bo'lsa, yeng o'miziga ko'klab o'tqazmay, 
to'g'ridan-to'g'ri mashinada o'tqazilaveradi. 
Nazorat savollari: 
1.
Taqilmali yeng uchiga mag'iz qo'yib tikish qanday amalga oshiriladi? 
2.
Mag'izning ochiq qirqimi maxsus mashinada yo'rmalanadimi? 

Download 6,55 Mb.
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   84




Download 6,55 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O ‘ zbekiston respublikasi oliy va o ‘ rta maxsus ta ’ lim vazirligi toshkent – 202

Download 6,55 Mb.
Pdf ko'rish