O ‘ zbekiston respublikasi oliy va o ‘ rta maxsus ta ’ lim vazirligi toshkent – 202




Download 6,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/84
Sana25.08.2024
Hajmi6,55 Mb.
#269844
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   84
Bog'liq
60 soat

usul 
va 
vositalari: 
Og
’zaki so`rov, tezkor-so’rov, savol-javob. 
 

 
 
 
 
 
 


O‘quv mashg‘ulotining texnologik xaritasi
 
 
 
Faoliyat 
bosqichlari: 
Faoliyat mazmuni 
Ta’lim beruvchi 
Ta’lim oluvchi 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
I. Kirish bosqichi 
(5 daqiqa).
1.1. 
Salomlashadi, 
davomatni
aniqlaydi.
1.2. Mavzuning nomi, maqsadi va rejasi 
bilan tanishtiradi.
1.3.
O’quv mashg’ulotida o’quv ishlarini 
baholash mezonlari bilan tanishtiradi.
Salomlashadilar 
Tanishadilar. 
Diqqat qiladilar. 
Savollar 
beradilar. 
 
 
 
 
 
 
 
 
II. Asosiy 
bosqich 
(65 daqiqa). 
2.1.Tayanch 
bilimlar 
b
o’yicha
o
‘quvchilarning ishlarini kuzatib turadi. 
2.2. O‘quvchilarga “Aqliy hujum” 
usulidan foydalanib “Yengning ochiq 
qirqimi 
haqida so’zlab bering?” savoli
bilan murojaat qiladi. Reja asosida
ma’ruza qiladi. 
2.3. O‘quvchilarni guruhlarga tayanch
bilimlardan foydalangan holda bajarish
uchun topshiriq varaqalarini tarqatadi.
2.4. Guruhlarda ishlash qoidasini
eslatadi, yo’naltiradi, tushuntiradi.
2.5.Olingan 
bilimlarni 
aniqlash
maqsadida tezkor-
so’rov o’tkazadi. 
Berilgan
topshiriq ustida 
ishlaydilar. 
Javob beradilar. 
Tinglaydilar, 
yozib oladilar. 
Guruhga
bo’linadi. 
Diqqat qiladilar. 
Topshiriqni
bajaradilar. 
Savollarga javob 
beradilar. 
 
 
 
III. Yakuniy 
bosqich
(10 daqiqa) 
3.1. Mavzuni umumlashtiradi, umumiy 
xulosalar 
qiladi, 
yakun 
yasaydi, 
savollarga javob beradi. 
3.2. O‘quvchilar ishini baholaydi, o’quv
mashg’ulotining maqsadga erishish
darajasini tahlil qiladi. 
3.3 Mustaqil ish uchun vazifa beradi. 
Mavzuga doir savollarga javob yozish 
uchun turli xil tarqatmalar tarqatilib 
yuboriladi. 
Diqqat qiladilar. 
Savol beradilar. 
Vazifani yozib 
oladilar. 
 
 
 
 
 
Fan o‘qituvchisi: M.Raysaliyeva


MAVZU: ULANMA MANJETLI YENGLARGA ISHLOV BERISH
 
Reja: 
1.
Ulanma manjetli yenglarga ishlov berish. 
2.
Ulanma manjetga qotirma qo'yib tikish. 
3.
Yengning ochiq qirqimi. 
Tayanch iboralar: 
o'tqazma, reglan, kiyim old va ort bo'laklari, aralash bichilgan. chuqur o'yflgan, 
kvadrat. 
Ulanma manjetga qotirma qo'yib tikishda (61- a rasm) manjetning teskari tomoniga 
qotirma qo'yib, marijet qirqimini 0,7 sm buklab, buklangan ziyidan 0,5-0,6 sm 
oraliqda bukma chok bilan qotirma ulab olinadi (61- b rasm). 
Keyin manjet detalining o'ngini ichkariga qaratib, yon tomonlari ag'darma chok 
bilan tikiladi. Chok kengligi 0,7 sm bo'ladi. Manjet bor choklardagi chok haqidan 
0,2-0,3 sm qoldirib ortiqchasi qirqib tashlanadi va o'ng tomonga ag'darib 
dazmollanadi. 
Ostki manjetning o'ngini yeng teskarisiga qaratib qo'yib, yengdan mayda taxlamalar 
hosil qilib, manjet 0,7 sm kenglikda yengga ulanadi. Ostki manjet ulangan chokni 
0,1-0,2 sm yopadigan qilib, ustki manjet bukilgan ziydan 0,1 sm oraliqda bostirib 
tikiladi (61- a rasm). 
Qotirmasiz ulanma manjet o'ngini ichkariga qaratib, ikkita yon tomoni 0,5-0,7 sm 
kenglikda ag'darma chok bilan tikiladi. Burchaklardagi chok haqidan 0,2-0,3 sm 
qoldirib, ortiqchasi qirqib tashlanadi va o'ngi tomonga ag'dariladi. Burchaklari 
to'g'rilab dazmollanadi. Ostki manjet yengga ulanadi, ustki manjetning qirqimlarini 
0,7 sm buklab, ostki manjet chokini 0,2 sm yopadigan qilib buklanadi, ziydan 0,1 
sm kenglikda bostirib tikiladi (61- d rasm). 
Manjet va ostki manjetni bir yo'la yengga ham ulab, ham yo'rmab tikish mumkin 
(61- e rasm). 


Buning uchun tayyor manjet yeng o'ngi tomoniga ustki manjet o'ngini qaratib qo'yib, 
qirqimlarini to'g'rilab, maxsus mashinada biriktirib ulanadi va yo'rmaladi. 
Manjet yeng bilan maxsus bichilgan bo'lsa (62-rasm), yeng qirqimlari biriktirilib, 
yaxlit tikilgandan keyin, yeng uchi uchta chiziq bilan belgilanadi. Birinchi belgi-
chiziq bo'ylab buklash haqi yeng teskarisiga buklanadi. 
Yengning ochiq qirqimi atrofidan ikkinchi belgi-chiziq bo'ylab bukiladi va shu 
bukilgan ziydan uchinchi belgi-chiziqqa to'g'rilab, mo'ljaldagi bahyaqator yuritiladi 
(62- a rasm). 
Chok haqi yeng tomonga qaratib dazmollanadi (62- b rasm). Qaytarma manjet yeng 
bilan yaxlit bichilgan bo'lsa (62- d rasm), yengning bukish haqini belgilashda 
manjetning ikkilangan kengligiga teng belgi-chiziq qo'yiladi. Shu belgi chiziq 
bo'ylab yeng teskarisiga yopiq qirqilib bukiladi va bukilgan ziydan 0,1-0,2 sm 
oraliqda bostirib tikiladi. Manjet yeng o'ngi tomoniga qavtarib dazmollanadi. 
Nazorat savollari: 
1. 
Ulanma manjetga qotirma qo'yib tikish qanday amalga oshiriladi? 
2. 
Ulanma manjetga qotima qo`yib tikishda nimalarga etibor beriladi? 
Foydalanilgan adabiyotlar 
A.T.Turaxonova «Tikuvchilik texnologiyasi asoslari». 
S.Toshpulatov, X.X.Komilova, S.Nishanova, D.Rasulova “Xalq iste’moli 
buyumlarini modellashtirish va loyihalash” Sharq nashriyoti 2007 yil. 

Download 6,55 Mb.
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   84




Download 6,55 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O ‘ zbekiston respublikasi oliy va o ‘ rta maxsus ta ’ lim vazirligi toshkent – 202

Download 6,55 Mb.
Pdf ko'rish