O ‘ zbekiston respublikasi oliy va o ‘ rta maxsus ta ’ lim vazirligi toshkent – 202




Download 6,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/84
Sana25.08.2024
Hajmi6,55 Mb.
#269844
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   84
Bog'liq
60 soat

 
 
 
 
Qaytar 
aloqaning 
usul 
va 
vositalari: 
Og’zaki so`rov, tezkor-so’rov, savol-javob. 
 

 


O‘quv mashg‘ulotining texnologik xaritasi
 
 
 
Faoliyat 
bosqichlari: 
Faoliyat mazmuni 
Ta’lim beruvchi 
Ta’lim oluvchi 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
I. Kirish bosqichi 
(5 daqiqa).
1.1. 
Salomlashadi, 
davomatni
aniqlaydi.
1.2. Mavzuning nomi, maqsadi va rejasi 
bilan tanishtiradi.
1.3.
O’quv mashg’ulotida o’quv ishlarini 
baholash mezonlari bilan tanishtiradi.
Salomlashadilar 
Tanishadilar. 
Diqqat qiladilar. 
Savollar 
beradilar. 
 
 
 
 
 
 
 
 
II. Asosiy 
bosqich 
(65 daqiqa). 
2
.1.Tayanch bilimlar bo’yicha
o
‘quvchilarning ishlarini kuzatib turadi. 
2.2. O‘quvchilarga “Aqliy hujum” 
usulidan foydalanib “Yenglar tuzilishi 
haqida so’zlab bering?” savoli bilan
murojaat qiladi. Reja asosida ma’ruza 
qiladi. 
2.3. O‘quvchilarni guruhlarga tayanch
bilimlardan foydalangan holda bajarish
uchun topshiriq varaqalarini tarqatadi.
2.4. Guruhlarda ishlash qoidasini
eslatadi, yo’naltiradi, tushuntiradi.
2.5.Olingan 
bilimlarni 
aniqlash
maqsadida tezkor-
so’rov o’tkazadi. 
Berilgan
topshiriq ustida 
ishlaydilar. 
Javob beradilar. 
Tinglaydilar, 
yozib oladilar. 
Diqqat qiladilar. 
Topshiriqni
bajaradilar. 
Savollarga javob 
beradilar. 
 
 
 
III. Yakuniy 
bosqich
(10 daqiqa) 
3.1. Mavzuni umumlashtiradi, umumiy 
xulosalar 
qiladi, 
yakun 
yasaydi, 
savollarga javob beradi. 
3.2. O‘quvchilar ishini baholaydi, o’quv
mashg’ulotining maqsadga erishish
darajasini tahlil qiladi. 
3.3 Mustaqil ish uchun vazifa beradi. 
Mavzuga doir savollarga javob yozish 
uchun turli xil tarqatmalar tarqatilib 
yuboriladi. 
Diqqat qiladilar. 
Savol beradilar. 
Vazifani yozib 
oladilar. 
 
 
 
 
 
Fan o‘qituvchisi: M.Raysaliyeva 
 
 


MAVZU: BOLALAR KIYIMIDA TAVSIYA QILINADIGAN YENG 
TURLARI. 
Reja: 
1.Bolalar kiyimlarining yenglari.
 
2.
Bolalar kiyimida tavsiya qilinadigan yeng turlari. 
3.
Yenglar tuzilishi. 
Tayanch iboralar: 
o'tqazma, reglan, kiyim old va ort bo'laklari, aralash bichilgan. chuqur o'yflgan, 
kvadrat. 
Bolalar kiyimlarining yenglari o'tqazma, reglan, kiyim old va ort bo'laklari bilan 
yaxlit bichilgan yoki aralash bichilgan bo'lishi mumkin (59- a, b, v rasmlar)! 
Yenglar tuzilishi jihatidan bir chokli yoki ikki chokli, to'g'ri, uch tomoniga kengaygan 
yoki toraygan, yuqori qismida yoki uchida burma hosil qilingan, turli vitachkali
taxlamali, kesimli bo'lishi mumkin. 
O'tqazma yengli kiyimlarning yeng o'mizi past tushgan, chuqur o'yflgan, kvadrat va 
hokazo bo'lishi mumkin. 
Reglan bichimli yenglar ikki bo'lakli yoki yelkadan yengga o'tadigan joyi bir tekis 
bo'lishi uchun yuqori qismida vitachka bo'lib yaxlit bichiladi. 
Old va ort bo'lak bilan yaxlit bichilgan yenglarning old qismi kiyimni old bo'lagi 
bilan, tirsak qismi ort bo'lak bilan yaxlit bichiladi. Old va ort bo'laklar bilan yaxlit 
bichilgan yenglar xishtakli bo'lishi ham mumkin. 
Manjetsiz yenglarning uchini tikish (60- a, b, d, e, f, g, h, rasmlar). 
Bunday yenglar bukma chok bilan tikiladi. Agar oddiy universal mashina 
ishlatiladigan bo'lsa, yengni bukish haqi belgilab olinadi. Bunda yeng qiya tomonidan 
1-1,5 sm chok haqi qoldirilib, yeng uzunligi o'lchab qo'yiladi va shu belgi bo'ylab 


bukish chizig'i bo'rlanadi. Shu belgi chiziq bo'ylab yeng yopiq qirqimli qilib bukib 
tikiladi (60- a rasm). 
Bukma chokni maxsus yashirin bahyali mashinada yopiq qirqimli qilib, buklab tikish 
ham mumkin (60- b rasm). 
Yeng uchiga rezinka qo'yiladigan bo'lsa, belgi-chiziq bo'ylab yengni bukib, (yoriq 
qirqimli) orasiga rezinka qo'yib, universal mashinada bukib tikiladi. Bahyaqator 
bukilgan ziydan 0,1-0,2 sm oraliqda yuritiladi (60- d rasm). 
Yeng uchida keng burma hosil qilib tikishda, belgilangan joyga qo'sh ignali 
mashinada, maxsus buklagich yordamida mag'izni buklab, asosiy detal bilan mag'iz 
orasiga rezinka qo'yib, bir yo'la ikkita bahyaqator yuritib, mag'iz yengga bostirib 
tikiladi (60- e rasm). Ikki qavat mag'iz qo'yib, universal mashinada tikiladigan bo'lsa 
(60- f rasm) mag'izning o'ngini tashqariga qaratib, ikki buklab dazmollanadi. Keyin 
ochiq qirqimini yengning teskarisiga 0,5-0,7 sm oraliqda ulab olinadi. Mag'izni 
qaytarib, orasiga rezinka qo'yib bukilgan ziydan 0,1-0,2 sm oraliqda yenga bostirib 
tikiladi. 
Yeng uchiga bezak mag'iz qo'yib tikishda yeng uzunligi belgilanadi va qo'sh ignali 
niaxsus mashinada buklagichlar yordamida bostirib tikiladi. Bunda yeng qirqimi 
yengning o'ngi tomoniga bukiladi, mag'iz qirqimi ikkinchi buklagich yordamida 
ikkala qirqimi bir vaqtda teskari tomonga bukiladi, yuqori ziydan 0,1 sm oraliqda
pastki ziydan 0,2 sm oraliqda bostirib tikiladi (60- g rasm). 
Bukish haqi qoldirmay bichilgan yenglarni tikishda (60- h rasm) yengning o'ng 
tomoniga mag'iz o'ngini qaratib qo'yib, mag'iz tomonidan ag'darma chok yuritiladi. 
Chok kengligi 0,5-0,7 sm. chok haqini mag'iz tomoni qaratib, mag'iz o'ngi tomonidan 
ziyidan 0,2 sm oraliqda chok haqi mag'izga bostirib tikiladi. Yeng detalidan 0,1-0,2 
sm kenglikda kant hosil qilib, yeng uchi bukib ko'klanadi. Mag'izning yuqori 
qirqimini bukib, maxsus yashirin bahyali mashinada tikib qo'yiladigan yoki qo'lda 
yashirin qaviq bilan har 3-4 sm oraliqda 5-
6 qaviq tushirib, puxtalab quyiladi. 


Nazorat savollari: 
1. 
Yeng turlarini sanab bering. 
2. 
Yenglarga qanday talablar qo`yiladi? 
Foydalanilgan adabiyotlar 
A.T.Turaxonova «Tikuvchilik texnologiyasi asoslari». 
S.Toshpulatov, X.X.Komilova, S.Nishanova, D.Rasulova “Xalq iste’moli 
buyumlarini modellashtirish va loyihalash” Sharq nashriyoti 2007 yil. 

Download 6,55 Mb.
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   84




Download 6,55 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O ‘ zbekiston respublikasi oliy va o ‘ rta maxsus ta ’ lim vazirligi toshkent – 202

Download 6,55 Mb.
Pdf ko'rish