O‘quv faoliyatini tashkil etish
shakllari:
Guruhli.
O
‘qitish vositalari:
O‘quv materiali, yozuv taxtasi,ko`rgazma ,
rasmli plakatlar.
O‘qitish shart-sharoiti:
Guruhlarda ishlashga m
o’ljallangan o’quv
xonasi.
Qaytar
aloqaning
usul
va
vositalari:
Og’zaki so`rov, tezkor-so’rov, savol-javob.
O‘quv mashg‘ulotining texnologik xaritasi
Faoliyat
bosqichlari:
Faoliyat mazmuni
Ta’lim beruvchi
Ta’lim oluvchi
I. Kirish bosqichi
(5 daqiqa).
1.1.
Salomlashadi,
davomatni
aniqlaydi.
1.2. Mavzuning nomi, maqsadi va rejasi
bilan tanishtiradi.
1.3.
O’quv mashg’ulotida o’quv ishlarini
baholash mezonlari bilan tanishtiradi.
Salomlashadilar
Tanishadilar.
Diqqat qiladilar.
Savollar
beradilar.
II. Asosiy
bosqich
(65 daqiqa).
2.1.Tayanch bilimlar b
o’yicha
O
‘quvchilarning ishlarini kuzatib
turadi.
2.2. O‘quvchilarga “Aqliy hujum”
usulidan foydalanib “mavzu
haqida so’zlab bering?” savoli bilan
murojaat qiladi. Reja asosida ma’ruza
qiladi.
2.3. O‘quvchilarni guruhlarga tayanch
bilimlardan foydalangan holda bajarish
uchun topshiriq varaqalarini tarqatadi.
2.4. Guruhlarda ishlash qoidasini
eslatadi, yo’naltiradi, tushuntiradi.
2.5.Olingan
bilimlarni
aniqlash
maqsadida tezkor-so
’rov o’tkazadi.
Berilgan
topshiriq ustida
ishlaydilar.
Javob beradilar.
Tinglaydilar,
yozib oladilar.
Guruhga
bo’linadi.
Diqqat qiladilar.
Topshiriqni
bajaradilar.
Savollarga javob
beradilar.
III. Yakuniy
bosqich
(10 daqiqa)
3.1. Mavzuni umumlashtiradi, umumiy
xulosalar
qiladi,
yakun
yasaydi,
savollarga javob beradi.
3.2. O‘quvchilar ishini baholaydi, o’quv
mashg’ulotining maqsadga erishish
darajasini tahlil qiladi.
3.3 Mustaqil ish uchun vazifa beradi.
Mavzuga doir savollarga javob yozish
uchun turli xil tarqatmalar tarqatilib
yuboriladi.
Diqqat qiladilar.
Savol beradilar.
Vazifani yozib
oladilar.
Fan o‘qituvchisi: M.Raysaliyeva
MAVZU: YOQASIZ YOQA O'MIZIGA ISHLOV BERISH.
Reja:
1.
Yoqa o'miziga mag'iz qo'yib tikish.
2.
Yoqa o'miziga bezak mag'iz (beyka) qo'yib tikish.
Tayanch iboralar:
Beyka, yoqa o'mizi
,
ko`tarmali qaytarma yoqa, qirqimlar, ko`klagan, yelim, qotirma.
Yoqa o'miziga mag'iz qo'yib (58- a, b rasmlar) yoki bezak mag'iz qo'yib (58- d rasm)
tikilishi mumkin. Yoqa o'miziga mag'iz qo'yib tikishda (58- b rasm) mag'izning
o'ngini asosiy detal o'ngiga qaratib qo'yiladi, qirqimlarini to'g'rilab, yoqa o'mizi
ag'darma chok bilan tikiladi. Chok haqini mag'iz tomonga bukib, chokdan 0,1 sm
oraliqda ag'darma chok haqini mag'izga bostirib tikiladi. Mag'izning ochiq qirqimini
0,5-0,6 sm teskarisiga bukib, ziyidan 0,1 sm oraliqda universal mashinada bukib
tikiladi. Keyin mag'iz asosiy detalga yashirin qaviqlar bilan puxtalab qo'yiladi.
Tayyor yoqa o'mizi dazmollanadi.
Yoqa o'miziga bezak mag'iz (beyka) qo'yib tikish. (58- d rasm).
Mag'iz detali yoqa o'mizi shaklida bichib olinadi. Mag'iz o'ngini asosiy detal
teskarisiga qaratib qo'yiladi, qirqimlarini to'g'ri keltirib, to'g'ri sirma qaviq bilan
mag'iz asosiy detalga bostirib ko'klanadi. Qaviqqatordan 0,1 sm oraliqda 0,6-0,7 sm
kenglikda ag'darma chok bilan yoqa o'mizi tikiladi. Ko'klangan iplarni so'kib tashlab,
burchakdagi chok haqi bahyaqatorga 0,1 sm yetkazmay, kertib qo'yiladi. Chok
haqini asosiy detal tomonga qaytarib, ag'darma chokdan 0,1 sm oraliqda asosiy
detalga bostirib tikiladi. Mag'izni asosiy detal o'ngiga ag'darib, yoqa o'miz ziylari
ko'klanadi. Bunda mag'iz detalidan 0,1-0,2 sm kant hosil qilinadi. Mag'izning ochiq
qirqimini 0,5-0,7 sm teskariga bukib, bukilgan ziydan 0,1-0,2 sm oraliqda bostirib
tikiladi. Ko'klangan iplar so'kib tashlanadi va dazmollanadi.
Nazorat savollari:
1.
Yoqa o'miziga mag'iz qo'yib tikishda nimalarga etibor brish kerak?
2.
Mag'iz detali qanday shaklda bichib olinadi?
3.
Bezak mag`izning yana bir nomi nima?
Foydalanilgan adabiyotlar
A.T.Turaxonova «Tikuvchilik texnologiyasi asoslari».
S.Toshpulatov, X.X.Komilova, S.Nishanova, D.Rasulova “Xalq iste’moli
buyumlarini modellashtirish va loyihalash” Sharq nashriyoti 2007 yil.
|