Qaytar
aloqaning
usul
va
vositalari:
Og’zaki so`rov, tezkor-so’rov, savol-javob.
O‘quv mashg‘ulotining texnologik xaritasi
Faoliyat
bosqichlari:
Faoliyat mazmuni
Ta’lim beruvchi
Ta’lim oluvchi
I. Kirish bosqichi
(5 daqiqa).
1.1.
Salomlashadi,
davomatni
aniqlaydi.
1.2. Mavzuning nomi, maqsadi va rejasi
bilan tanishtiradi.
1.3.
O’quv mashg’ulotida o’quv ishlarini
baholash mezonlari bilan tanishtiradi.
Salomlashadilar
Tanishadilar.
Diqqat qiladilar.
Savollar
beradilar.
II. Asosiy
bosqich
(65 daqiqa).
2.1.Tayanch
bilimlar
bo’yicha
o
‘quvchilarning ishlarini kuzatib turadi.
2.2. O‘quvchilarga “Aqliy hujum”
usulidan foydalanib “
Yoqa omizining
o`ziga xos xususiyatlari
haqida so’zlab
bering
?” savoli bilan murojaat qiladi.
Reja asosida
ma’ruza qiladi.
2.3. O‘quvchilarni guruhlarga tayanch
bilimlardan foydalangan holda bajarish
uchun topshiriq varaqalarini tarqatadi.
2.4. Guruhlarda ishlash qoidasini
eslatadi, yo’naltiradi, tushuntiradi.
2.5.Olingan
bilimlarni
aniqlash
maqsadida tezkor-
so’rov o’tkazadi.
Berilgan
topshiriq ustida
ishlaydilar.
Javob beradilar.
Tinglaydilar,
yozib oladilar.
Guruhga
bo’linadi.
Diqqat qiladilar.
Topshiriqni
bajaradilar.
Savollarga javob
beradilar.
III. Yakuniy
bosqich
(10 daqiqa)
3.1. Mavzuni umumlashtiradi, umumiy
xulosalar
qiladi,
yakun
yasaydi,
savollarga javob beradi.
3.2. O‘quvchilar ishini baholaydi, o’quv
mashg’ulotining maqsadga erishish
darajasini tahlil qiladi.
3.3 Mustaqil ish uchun vazifa beradi.
Mavzuga doir savollarga javob yozish
uchun turli xil tarqatmalar tarqatilib
yuboriladi.
Diqqat qiladilar.
Savol beradilar.
Vazifani yozib
oladilar.
Fan o‘qituvchisi: M.Raysaliyeva
MAVZU: YOQA O'MIZIGA MAG'IZ QO'YIB VA QO'YMA BURMA
QO'YIB TIKISH.
Reja:
1.Yoqa o'miziga mag'iz qo'yib tikish.
2.Yoqa o`miziga qo'ymay burma qo'yib tikish.
3.Yoqa omizining o`ziga xos xususiyatlari.
Tayanch iboralar:
Yoqa o'mizi,
ko`tarmali qaytarma yoqa, qirqimlar, ko`klagan, yelim, qotirma.
Asosiy detaining o'ng tomoniga mag'izning o'ngini qaratib qo'yib, 0,5-0,7 sm
kenglikda yoqa o'mizi ag'darma chok bilan tikiladi. Mag'izni ag'darma chok atrofidan
aylantirib, detal teskarisiga o'tkaziladi va bir xil kenglikda ramka hosil qilib, yoqa
o'miz ziylari to'g'ri sirma qaviq bilan ko'klanadi. Mag'izning ochiq qirqimi maxsus
mashinada yo'rmaladi. Detaining o'ngi tomonidan mag'iz ulangan chokdan 0,1 sm
oraliqda bahyaqator yuritib, mag'izning ochiq tomoni puxtalanadi (54- b rasm).
Ziylari ko'klangan iplar so'kib tashlanadi va dazmollanadi. Yoqa o'miziga ham mag'iz,
ham qo'yma burma qo'yiladigan bo'lsa (54- d rasm) burma hosil qilingan tayyor
qo'yma burmani oldin mag'izga 0,3-0,5 sm kenglikda ulab olinadi. Keyin qo'yma
burma ulangan mag'izning o'ngini asosiy detal teskarisiga qo'yib, qirqimlarini to'g'ri
keltirib, yoqa o'mizi ag'darma chok bilan tikiladi. (Mag'izni oldin ko'klab olish ham
mumkin). Mag'izni detal o'ngiga ag'darib, undan 0,l-0,2sm kenglikda kalit hosil qilib,
ziylari qiya sirma qaviq bilan ko'klanadi. Mag'izga qo'yma burma ulangan tomoni
asosiy detalga bostirib ko'klanadi va 0,l-0,2sm kenglikda asosiy detalga bostirib
tikiladi. Ko'klangan iplarni so'kib tashlab, tayyor yoqa o'mizi dazmollandi.
Yoqa o'mizini mag'iz chok bilan tikish (55- a rasm). Yoqa o'mizini tikishda mag'iz bir
qavat bo'lsa, maxsus tepki yordamida tikiladi. Buning uchun mag'izning ikkala
qirqimi buklagich yordamida ichkariga qaratib buklanadi, uning orasiga asosiy detalni
joylab, mag'iz bir yo'la asosiy detalga bitta bahyaqator bilan ulanadi (55- b rasm).
Yoqa o'miziga ikki qavat mag'iz qo'yib, mag'iz chok bilan tikishda (55- d rasm)
mag'izning o'ngini tashqariga qaratib, uzunasiga ikki bukib dazmollanadi. Ochiq
qirqim tomonini asosiy detal o'ngiga qo'yib, 0,3-0,4 sm kenglikdagi ag'darma chok
bilan tikiladi. Mag'izni detal teskariga aylantirib, 0,5-0,7 sm kenglikdagi ramka hosil
qilib ziylari ko'klanadi. Mag'iz ulangan chokdan 0,1 sm oraliqda bahyaqator yuritib,
mag'izning ichki bukilgan tomoni ilib puxtalanadi. Ko'klangan iplarini so'kib tashlab,
yoqa o'mizi dazmollanadi.
Yalang qavat yoqalarni tikish va yoqa o'miziga o'tqazish. Yalang qavat yoqaga to'r
qo'yib tikish (56- a rasm).
Yoqa atrofidagi qirqimlarni 0,3 sm bukib, siniq bahyaqator mashinada to'r ulab
chiqiladi. (56- b rasm).
Tayyor yoqa o'ngini asosiy detal teskarisiga qaratib, yoqa qirqimini asosiy detal
qirqimidan 0,5-0,6 sm chiqarib qo'yib, yoqa o'miziga ko'klab o'tqaziladi.
Qaviqqatordan 0,1 sm oraliqda mashinada o'tqaziladi. Ko'klangan iplarni so'kib
tashlab, yoqa qirqimini 0,3-0,4 sm ga bukib, bukilgan ziydan 0,1 sm oraliqda bostirib
tikiladi. Tayyor yoqa dazmollanadi.
Yalang qavat yoqaga mag'iz qo'yib, mag'iz chok bilan tikish (57- a rasm).
Mag'iz detalni tanda ipiga 45° burchak ostida bichib olinadi. Yoqa qirqimiga maxsus
buklagich tepki yordamida mag'iz qirqimlarini ichkariga buklab, orasiga yoqa detalini
joylab bitta bahyaqator bilan mag'iz chok tikiladi (57- b rasm).
Tayyor yoqa asosiy detaining o'ngiga yoqaning teskarisini qaratib qo'yiladi, uning
ustiga qirqimlarini to'g'rilab, mag'iz qo'yiladi. Bunda mag'izning o'ng tomoni yoqa
va o'ngiga qaratiladi, yoqa, mag'iz yoqa o'miziga ko'klab o'tqaziladi. Mag'izning
detal teskarisiga qaytarib, yoqa detalidan 0,2-0,3 sm kant hosil qilib ko'klanadi.
Mag'izning ochiq qirqimini 0,5-0,6 sm teskarisiga bukib, asosiy detalga 0,1-0,2 sm
kenglikda bostirib tikiladi. Ko'klangan iplarni so'kib tashlab, yoqa dazmollanadi.
|