Qaytar
aloqaning
usul
va
vositalari:
Og’zaki so`rov, tezkor-so’rov, savol-javob.
O‘quv mashg‘ulotining texnologik xaritasi
Faoliyat
bosqichlari:
Faoliyat mazmuni
Ta’lim beruvchi
Ta’lim oluvchi
I. Kirish bosqichi
(5 daqiqa).
1.1.
Salomlashadi,
davomatni
aniqlaydi.
1.2. Mavzuning nomi, maqsadi va rejasi
bilan tanishtiradi.
1.3.
O’quv mashg’ulotida o’quv ishlarini
baholash mezonlari bilan tanishtiradi.
Salomlashadilar
Tanishadilar.
Diqqat qiladilar.
Savollar
beradilar.
II. Asosiy
bosqich
(65 daqiqa).
2.1.Tayanch bili
mlar bo’yicha
o
‘quvchilarning ishlarini kuzatib turadi.
2.2. O‘quvchilarga “Aqliy hujum”
usulidan foydalanib “Ko`tarmali qaytarma
yoqa
haqida so’zlab bering?” savoli bilan
murojaat qiladi. Reja asosida ma’ruza
qiladi.
2.3. O‘quvchilarni guruhlarga tayanch
bilimlardan foydalangan holda bajarish
uchun topshiriq varaqalarini tarqatadi.
2.4. Guruhlarda ishlash qoidasini
eslatadi, yo’naltiradi, tushuntiradi.
2.5.Olingan
bilimlarni
aniqlash
maqsadida tezkor-
so’rov o’tkazadi.
Berilgan
topshiriq ustida
ishlaydilar.
Javob beradilar.
Tinglaydilar,
yozib oladilar.
Guruhga
bo’linadi.
Diqqat qiladilar.
Topshiriqni
bajaradilar.
Savollarga javob
beradilar.
III. Yakuniy
bosqich
(10 daqiqa)
3.1. Mavzuni umumlashtiradi, umumiy
xulosalar
qiladi,
yakun
yasaydi,
savollarga javob beradi.
3.2. O‘quvchilar ishini baholaydi, o’quv
mashg’ulotining maqsadga erishish
darajasini tahlil qiladi.
3.3 Mustaqil ish uchun vazifa beradi.
Mavzuga doir savollarga javob yozish
uchun turli xil tarqatmalar tarqatilib
yuboriladi.
Diqqat qiladilar.
Savol beradilar.
Vazifani yozib
oladilar.
Fan o‘qituvchisi: M.Raysaliyeva
MAVZU: KO'TARMALI QAYTARMA YOQALARGA ISHLOV BERISH.
Reja:
1.Ko`tarmali qaytarma yoqa.
2.Ko`tarmali qaytarma yoqalarga ishlov berish.
3.Ko`tarmali qaytarma yoqalarga ishlov berish usllari.
Tayanch iboralar:
Ko`tarmali qaytarma yoqa, qirqimlar, ko`klagan, yelim, qotirma.
O'g'il bolalar kuylaklarida va qiz bolalar bluzkalarini tikishda ko'tarmali
qaytarma yoqalar ishlatiladi. Bunday yoqalarning ko'tarma qismi alohida bichilgan
yoki yoqa bilan yaxlit bichilgan bo'lishi mumkin (53- b, d rasm)..
Yoqaning qaytarma qismini tikish uchun ustki yoqaning teskari tomoniga yelim
qotirmaning yelim tomonini pastga qaratib, pressda yoki dazmolda yopishtirib
olinadi. Keyin ustki va ostki yoqalarni o'ngini ichkariga qaratib, ustki yoqa ostki
yoqaga to'g'ri sirma qaviqlar bilan bostirib ko'klanadi. Bunda yoqa burchaklarida
ustki yoqadan solqi hosil qilinadi. Ostki yoqa tomondan yoqa burchaklari yordamchi
andaza qo'yib bo'rlanadi va shu bo'r chiziqlari bo'ylab ag'darma chok bilan tikiladi.
Chok kengligi 0,6-0,7 sm. Ko'klangan iplarni so'kib tashlab, yoqa burchaklarida chok
haqidan 0,2-0,3 sm qoldirib ortiqchasi qirqib tashlanadi. Yoqa o'ngiga ag'dariladi,
burchaklari to'g'rilanib, ostki yoqa tomonidan ziylari ko'klanadi. Bunda ustki yoqadan
0,1-0,15 sm kenglikda kant hosil qilinadi (53- b rasm).
Yoqa dazmollanadi va bezak bahyaqator yuritiladi. Ziylarini ko'klagan iplarni so'kib
tashlab, yoqa yana dazmollanadi. Yoqaning ikkala uchini bir-biriga qaratib tekshirib
ko'riladi.
Ostki yoqa ko'tarmasining teskari tomoniga yelim qotirma qo'yib yopishtiriladi.
Yoqa qaytarma detalini ikkita ko'tarma detallarining orasiga qo'yib, uning ostki
yoqasini ustki ko'tarma o'ngiga qaratib, ustki yoqani esa ostki yoqa ko'tarmasining
o'ngiga qaratib qo'yiladi va bitta bahyaqator yuritib, yoqa qaytarmasi yoqa
ko'tarmasiga o'tqaziladi. Bir yo'la yoqa ko'tarmasining uchlari ag'darma chok bilan
tikiladi. Ko'tarma burchaklaridagi chok haqidan 0,2-0,3 sm qoldirib ortiqchasi
qirqib tashlanadi va o'ngiga ag'dariladi. Yoqa dazmollanadi.
Tayyor yoqani yoqa o'miziga o'tqazish uchun ostki ko'tarma bilan qotirmani yoqa
o'miziga to'g'ri sirma qaviq bilan ko'klab o'tqaziladi. Ko'klab o'tqazilgan
qaviqqatordan 0,1 sm oraliqda mashinada chok o'tqaziladi va ko'klangan iplar so'kib
tashlanadi.
Ustki ko'tarma detalining qirqimini 0,6 sm buklab, ostki ko'tarma o'tqazma chokini
0,l-0,2sm yopadigan qilib, buklangan ziydan 0,2sm kenglikda bostirib tikiladi va bir
yo'la ko'tarmaning hamma tomoniga bezak bahyaqator yuritiladi.
Ustki va ostki yoqalarning o'ngini ichkariga qaratib qo'yib, qirqimlarni to'g'ri keltirib,
ostki yoqaga ustki yoqa bostirib ko'klanadi. Ustki yoqa detalidan yoqa burchaklarida
solqi hosil qilinadi. Yoqa burchaklari va ko'tarma uchlari yordamchi andaza qo'yib
bo'rlanadi. Yoqa qaytarmasi va ko'tarmasi bir yo'la ag'darma chok bilan tikiladi. Chok
kengligi 0,6-0,7 sm. Yoqa va ko'tarma burchaklaridagi ortiqcha chok haqi qirqib
tashlanadi, qaytarma qismining ko'tarmaga o'tar joyidagi material bahyaqatorga 0,1
sm yetkazmay kertib qo'yiladi. Yoqani o'ngiga ag'darib, burchaklarini to'g'rilab, yoqa
va ko'tarma ziylari to'g'ri yoki qiya sirma qaviq bilan ko'klanadi. Bunda yoqa
qaytarmasida ustki yoqadan, ko'tarma qismida ostki yoqa tomonidagi ko'tarmadan 0,1
sm kant chiqariladi. Yoqa dazmollanadi va yoqa ko'tarmaga o'tar joyida yoqa
uchlariga 3-4 sm yetkazmay, mashinada bahyaqator yuritiladi.
Ustki yoqa bilan qotirmani yoqa o'miziga ko'klab o'tqaziladi va qaviq qatordan 0, Ism
oraliqda mashinada o'tqaziladi. Ko'klangan ip so'kib tashlanadi. Ostki yoqa qirqimini
0,6 sm ichkariga bukib, ustki yoqa o'tqazma chokini 0,1-0,2 sm yopadigan qilib,
bukilgan ziydan 0,1 sm oraliqda bostirib tikiladi. Yoqa va ko'tarmaga bezak
bahyaqator yuritiladi. Tayyor yoqa dazmollanadi.
Nazorat savollari:
1.
Ko`tarmali qaytarma yoqa hususiyatlari qanday?
2.
Ko`tarmali qaytarma yoqalarga ishlov berish o`ziga hos usullari qaysilar?
3.
Yoqaga Burma qo`yib tikish qanday amalga oshiriladi?
Foydalanilgan adabiyotlar
A.T.Turaxonova «Tikuvchilik texnologiyasi asoslari».
S.Toshpulatov, X.X.Komilova, S.Nishanova, D.Rasulova “Xalq iste’moli
buyumlarini modellashtirish va loyihalash” Sharq nashriyoti 2007 yil.
|