Qaytar
aloqaning
usul
va
vositalari:
Og’zaki so`rov, tezkor-so’rov, savol-javob.
O‘quv mashg‘ulotining texnologik xaritasi
Faoliyat
bosqichlari:
Faoliyat mazmuni
Ta’lim beruvchi
Ta’lim oluvchi
I. Kirish bosqichi
(5 daqiqa).
1.1.
Salomlashadi,
davomatni
aniqlaydi.
1.2. Mavzuning nomi, maqsadi va rejasi
bilan tanishtiradi.
1.3.
O’quv mashg’ulotida o’quv ishlarini
baholash mezonlari bilan tanishtiradi.
Salomlashadilar
Tanishadilar.
Diqqat qiladilar.
Savollar
beradilar.
II. Asosiy
bosqichqiqa).
2.1.Tayanch bilimlar
bo’yicha
o
‘quvchilarning ishlarini kuzatib turadi.
2.2. O‘quvchilarga “Aqliy hujum”
usulidan foydalanib “cho`ntaklar haqida
so’zlab bering?” savoli bilan murojaat
qiladi. Reja asosida ma’ruza qiladi.
2.3. O‘quvchilarni guruhlarga tayanch
bilimlardan foydalangan holda bajarish
uchun topshiriq varaqalarini tarqatadi.
2.4. Guruhlarda ishlash qoidasini
eslatadi, yo’naltiradi, tushuntiradi.
2.5.Olingan
bilimlarni
aniqlash
maqsadida tezkor-
so’rov o’tkazadi.
Berilgan
topshiriq ustida
ishlaydilar.
Javob beradilar.
Tinglaydilar,
yozib oladilar.
Guruhga
bo’linadi.
Diqqat qiladilar.
Topshiriqni
bajaradilar.
Savollarga javob
beradilar.
III. Yakuniy
bosqich
(10 daqiqa)
3.1. Mavzuni umumlashtiradi, umumiy
xulosalar
qiladi,
yakun
yasaydi,
savollarga javob beradi.
3.2. O‘quvchilar ishini baholaydi, o’quv
mashg’ulotining maqsadga erishish
darajasini tahlil qiladi.
3.3 Mustaqil ish uchun vazifa beradi.
Mavzuga doir savollarga javob yozish
uchun turli xil tarqatmalar tarqatilib
yuboriladi.
Diqqat qiladilar.
Savol beradilar.
Vazifani yozib
oladilar.
Fan o‘qituvchisi: M.Raysaliyeva
Nazariy o‘quv mashg‘ulotining o‘qitish texnologiyasi
MAVZU: BOLALAR KIYIMIGA BEZAK BERUVCHI ELEMENTLAR:
BELBO`GLAR VA CHO`NTAKQOPQOG`LARGA ISHLOV BERISH.
Reja:
1.
Belbog' tikish.
2.
Cho'ntak qopqoqlari va listochkalarini tikish
3.
Cho`ntakqopqog`larga ishlov berish.
Tayanch iboralar:
Belbog', cho'ntak qopqoq, listochka, ag`darma chok, mag`iz.
Belbog' tikish. Ayollar va bolalar belbog'lari qotirmali yoki qotirma qo'ymay
tikiladi (30- rasm). Qotirmasiz belbog'ni tikishda, detal uzunasiga o'ngini ichkariga
qaratib, bukiladi va ikkita tomoni 0,5-0,7sm kenglikda biriktirib tikiladi (30- a rasm).
Belbog'ning ikkinchi uchidagi qirqim 0,7-1,0 sm kenglikda bukib tikiladi. Belbog'
burchaklaridagi chok haqidan 0,2-0,3 sm qoldirib, ortiqchasi qirqib tashlanadi va
belbog' o'ng tomonga ag'darilib, ikkinchi uchini o'ngi tomondan 0,1-0,2 sm kenglikda
bahyaqator yuritib, tikib qo'yiladi. Belbog' ichiga noto'qima material (flizelin)
qo'yiladigan bo'lsa, (30- b rasm)ni belbog'ning ostki tomonini teskarisiga qo'yib,
belbog' yuqori ziyidan 0,5 sm oraliqda bahyaqator yuritib, biriktirib olinadi.
Belbog'ning o'ngini ichkariga qaratib uzunasiga ikki bukib, uchta tomoni ag'darma
chok bilan tikiladi. Belbog'ni o'ngiga ag'darish uchun 2-3 sm uzunlikda ochiq joy
qoldiriladi. Bu ochiq joy qo'lda yashirin qaviq bilan yoki universal mashinada ziyidan
0,lsm oraliqda bahyaqator yuritib, tikib qo'yiladi.
Belbog'ga yelim qotirma qo'yishda, qotirmaning yeiim tomoni belbog'ning tashqi
tomoni teskarisiga qaratib, bukish ziyiga to'g'ri keltirib va belbog' uchiga 0,7 sm
yetkazmay, pastki qirqimini belbog' qirqimiga 0,3- 0,5 sm yetkazmay, pressda yoki
dazmolda yopishtiriladi. (30- d rasm).
Belbog'ni universal mashinada maxsus buklagich ishlatib, qirqimlarini ichkari
tomonga bukib, o'ng tomonidan bahyaqator yuritib tikish ham mumkin (30- e rasm).
|