Izmalar tikish
Kiyim izmalari maxsus mashinada yo'rmalangan, mag'iz qo'yib, ag'darma chok bilan
tikilgan va havoyi bo'lishi mumkin.
Ag'darma chok bilan tikiladigan izmaiar mag'izi buklab dazmollanadi yoki yalang
qavat qilib qo'yib tikiladi.
Mag'izni buklab dazmollashda uning o'ngini tashqariga qaratib, eni ikkita tayyor
mag'izga to'g'ri keladigan qilib bukiladi (32- a rasm), tayyor mag'iz asosiy detal
o'ngiga qo'yib, qo'sh ignali yoki bir ignali universal mashinada ulanadi (32- b rasm).
Keyin mag'iz qirqimlarini qaytarib turib, bahyaqator orasidagi asosiy
detal bilan mag'izning bir qavati qirqiladi (32- d rasm).
Bunda bahyaqator uchlariga 0,7-1 sm yetkazmay, burchak qilib kesiladi, bu kesim
bahyaqatorga 0,1 sm yetkazilmay, to'xtatiladi. Mag'iz uchlari o'ngi tomondan to'g'ri
chiziq bo'ylab qirqiladi (izma yo'nalishi bo'ylab). Mag'iz (1) detal (2) teskarisiga (32-
e rasm) ag'darib o'tkaziladi, uchlari to'g'rilanadi va qaytarma bahyaqator (3) bilan
puxtalab qo'yiladi.
Izmaga yalang qavat mag'iz qo'yib tikishda (32- f rasm) asosiy detal o'ngiga
mag'izning o'ngini qaratib qo'yib, universal mashinada izma shakli bo'ylab, ag'darma
chok yuritiladi. Bahyaqatorlar orasidagi mag'iz va asosiy detal gazlamasi qirqiladi,
izmaning uch tomoni aylana bahyaqatorga qaratib, uchta kertik qilib qirqiladi. Mag'iz
asosiy detal teskarisiga ag'darib o'tkaziladi va o'ngi tomonda kant hosil qilib, ziylari
ko'klanadi (32- g rasm).
Izmaga ishlov bergandan keyin adip detali asosiy detalga ulangandan keyin adipni
izmadan l,5-2sm oraliqda asosiy detalga sirma qaviq bilan biriktirib, ko'klab
qo'yiladi. Adip izma chizig'i bo'ylab qirqiladi va qirqimlarini ichkari tomonga bukib,
qo'lda yashirin qaviqlar bilan mag'izga tikib qo'yiladi (32- h rasm). Tayyor izma
dazmollanadi.
Havoyi izmalar gazlama parchasidan, maxsus shnurdan yoki ipdan yasaladi.
Gazlama parchasi modelga qarab 2-3 sm kenglikda tanda ipiga nisbatan 45° burchak
ostida qirqib olinadi. Gazlama parchasining o'ngini ichkariga qaratib, uzunasiga ikki
buklab, bukilgan ziydan 0,15-0,3 sm kenglikda ag'darma chok bilan tikiladi, detal
uchiga borganda chok kengligi 0,5 sm gacha kengaytiriladi. Chok haqidan 0,3-0,5
sm qoldirib ortiqchasi qirqib tashlanadi va o'ngiga ag'dariladi.
Tayyor izmaga qo'yiladigan gazlama parchasi (1) (32- i rasm) asosiy detal (2) o'ngiga
qo'yiladi va kerakli uzunlikda izma hosil qilib, qaytma bahyaqator (3) yuritib, chatib
qo'yiladi. Asosiy detal ustiga qaratib taqilma chetiga ishlov berish uchun mag'iz
ag'darma chok bilan tikiladi. Mag'izni detal teskarisiga ag'darib, ikkinchi ochiq
tomonini universal mashinada bukib tikiladi yoki maxsus mashinada yo'rmalanadi,
keyin asosiy detalga yashirin qaviqlar bilan chatib qo'yiladi (32- j rasm).
Maxsus shnur yoki yo'g'on ipdan tayyorlanadigan havoyi izmani tayyorlashda (32- k
rasm) shnur cho'zib dazmollanadi va o'rib chiqiladi. Izmaga mo'ljallangan shnur
qirqilmayai, u detal ustiga (o'ngiga) qo'yib, kerakli uzunlikda bukib qo'yiladi va
qaytma bahyaqator yuritib, universal mashinada yoki to'rsimon qaviqlar bilan
chatiladi. Qolgan ishlar yuqoridagidek bajariladi. Tayyor taqilma dazmollanadi.
Cho'ntak tikish
Cho'ntaklar qirqma, qoplama va kiyim chokiga joylashgan bo'ladi. Cho'ntak qayerda
joylashishiga qarab yon cho'ntak, yuqori cho'ntak deb ataladi. Cho'ntaklar ramkali,
listochkali, cho'ntak qopqoqli va qoplama bo'ladi.
Ramkali qirqma cho'ntaklarni tikish (33-rasm). Qiya bo'lib joylashgan ramkali
cho'ntakni tikishda (33- a rasm) asosiy detaining o'ngi tomoniga cho'ntak o'rni to'rtta
chiziq bilan belgilab olinadi (33- b rasm).
Cho'ntak ramkasining kengligini belgilovchi ikkita chiziq, cho'ntak shakliga o'xshatib
belgilanadi (33- b rasm).
Ikkita uzun chiziqlar orasi cho'ntakning ikkala ramkasiga tcng bo'ladi, vertikal
chiziqlar orasidagi masofa cho'ntak og'zining uzunligiga leng bo'ladi. Mag'izning
teskarisini ichkariga qaratib, uzunasiga ikki bukib dazinollab olinadi. Dazmollangan
mag'izni asosiy detaining o'ng tomonidagi belgi chiziqlariga to'g'rilab, asosiy detalga
ulanadi. Bahyaqator vertikal chiziqlarda ikkita qaytma bahyaqator yuritib, puxtalab
tugatiladi. Detal teskari tomonidan asosiy detal bahyaqatorlar orasida qirqiladi.
Bahyaqator uchlarida burchak qilib kesiladi, bunda bahyaqatorga 0,1 sm yetkazmay,
tugatiladi (33- d rasm).
Mag'iz uchlarini, asosiy detalni teskariga ag'darib, cho'ntak og'zi to'g'rilanadi va
burchaklari universal mashinada asosiy detal qirqilganda hosil bo'lgan uchlarini
qo'shib, qaytma bahyaqator bilan puxtalab qo'yiladi
Ostki tomondagi mag'izning ochiq qirqimiga cho'ntak xalta 0,7-1,0 sm kenglikdagi
chok bilan ulanadi. Cho'ntak xalta biriktirib tikiladi va qirqimlari maxsus mashinada
yo'rmaladi yoki maxsus mashinada bir yo'la biriktirib tikiladi va yo'rmaladi.
Murakkab shakldagi ramkali cho'ntakni tikish (34- a rasm). Asosiy detaining o'ngi
tomoniga cho'ntak o'rni to'rtta chiziq bilan belgilab olinadi. Shu belgi-chiziq bo'ylab
detaining teskari tomoniga cho'ntak og'zi cho'zilib ketmasligi uchun gazlamadan ip
bo'ylama qo'yiladi. Yalang qavat bichilgan mag'iz o'ngiga asosiy detal o'ngini qaratib
ulanadi. Bahyaqatorlar orasidagi masofa mag'iz bilan asosiy detal qirqiladi. Chok
yorib dazmollanadi va mag'izni asosiy detal teskarisiga ag'darib o'tkazib, modelda
mo'ljallangan kenglikda ramka hosil qilinadi va ziylari ko'klanadi. Keyin universal
mashinada mag'iz ulangan chokka tushirib, bahyaqator yuritib, mag'iz ramkasi
puxtalanadi. Mag'izning yuqori tomoniga bahyaqator yuritishda tagiga asosiy
gazlamadan bichilgan kromka detalini qo'yib, tikib yuboriladi (34- b rasm).
Mag'izning ikkinchi ochiq qirqimiga cho'ntak xalta ulanadi, kromkaning ochiq
qirqimiga cho'ntak xaltaning ikkinchi uchi ulanadi, chok kengligi 0,7-l,0sm. Cho'ntak
xaltaning uchta tomoni biriktirib tikiladi va cho'ntak uchlari qaytma bahyaqator bilan
puxtalanadi, qirqimlari yo'rmaladi.
Qo'yma burma yoki to'r qo'yib tikiladigan ramkali cho'ntak (35- a rasm). Cho'ntak
o'rni belgilab olinadi va asosiy detaining teskari tomoniga cho'ntak xaltaning bir
boiagi qo'yiladi. Cho'ntak o'rnining belgi-chizig'i bo'ylab, asosiy detalga qo'yma
burma qo'yiladi va ulanadi. (Qo'yma burmaga bahyaqator yuritib, burmalar hosil
qilingan bo'lishi kerak). Mag'iz detallning teskarisini ichkariga qaratib, uzunasiga
buklab dazmollanadi va qo'yma burma ustiga qaratib, qirqimlarini bir-biriga to'g'rilab,
mag'izning ochiq qirqim tomoni asosiy detalga ulanadi. Bunda bahyaqator qo'yma
burma ulangan bahyaqatordan 0,lsm oraliqda yuritiladi (35- b rasm).
Cho'ntak og'zi qirqiladi, cho'ntak uchlariga 1,0 sm yetkazmay burchak hosil qilib,
bahyaqatoiga 0,1 sm yetkazmay, kertib qo'yiladi. Chok atrofidan mag'izni
aylantirib o'tkazib, ramka hosil qilinadi va mag'iz ulangan chokdan 0,lsm oraliqda
bahyaqator yuritib, mag'izni buklab dazmollangan tomoni bir yo'la puxtalanadi.
Cho'ntak xalta biriktirib tikiladi va maxsus mashinada yo'rmaladi^ ^
Qopqoqli cho'ntakni tikish (36-- a rasm). Asosiy detaining o'ng tomoniga cho'ntak
o'rni uchta chiziq bilan belgilanadi. Bitta gorizontal (cho'ntak o'rnining belgisi) va
ikkita ko'ndalang (cho'ntak og'zi uzunligini
belgilaydigan chiziq) chiziq bilan belgilanadi.
Cho'ntak qopqoqning ostki qopqog'i tomonidan uiash chizig'i belgilanadi. Cho'ntak
qopqoqning o'ng tomonini asosiy detal o'ngiga qaratib, undagi belgi chiziqni, asosiy
detaldagi belgi chiziqqa to'g'rilab, cho'ntak qopqoq asosiy detalga ulanadi. Bunda
bahyaqator boshi va oxirida qaytma bahyaqator yuritib puxtalanadi (36- b rasm).
Gazlama cho'ziluvchan bo'lsa, asosiy detal teskari tomoniga (cho'ntak o'rni belgi
chizig'iga to'g'rilab) bo'ylama qo'yiladi, bo'ylamaning o'rtasi cho'ntak o'rnini
belgilaydigan chiziqqa to'g'rilab, to'g'ri sirma qaviq bilan ko'klab qo'yiladi. Gazlama
yo'l-yo'l yoki katak bo'lsa, cho'ntak qopqoq yo'llari yoki kataklari asosiy detal yo'li
yoki katagiga moslab ulanishi kerak.
Cho'ntak qo'yiladigan mag'iz gazlama tanda ipiga yo'naltirib bichil- gan bo'lsa,
cho'ntak og'ziga bo'ylama qo'yilmaydi. Mag'iz teskarisini ichkariga qaratib, uzunasiga
ikki buklab dazmollanadi. Buklangan ziyni cho'ntak og'zi chizig'idan pastga qaratib,
ziyidan 0,6-0,7 sm kenglikda (tayyor mag'iz kengligida) mag'iz asosiy detalga
ulanadi. Bahyaqatorning ikki uchi puxtalanadi. Mag'iz ulangan bahyaqator uchi
cho'ntak ulangan bahyaqator uchiga teng bo'lishi kerak. Cho'ntak og'zi qirqiladi
.
nazorat savollari:
1.
Cho`ntak turlari sanab bering.
2.
Bolalar belbog'lari qanday tikiladi?
3.
Izmalar tikishda nimalarga e`tibor briladi?
Foydalanilgan adabiyotlar
A.T.Turaxonova «Tikuvchilik texnologiyasi asoslari».
S.Toshpulatov, X.X.Komilova, S.Nishanova, D.Rasulova “Xalq iste’moli
buyumlarini modellashtirish va loyihalash” Sharq nashriyoti 2007 yil.
|