bahyaqatordan 0, Ism oraliqda ostki qopqoq tomonidan ag'darma chok yuritib
tikiladi. Ag'darma chok yuritishdan oldin detallar to'g'ri sirma qaviq bilan biriktirib,
ko'klab olinishi mumkin. Qolgan hamma ishlar yuqoridagidek bajariladi.
Cho'ntak qopqoqni mag'iz chok bilan tikish (31- f rasm). Ustki va ostki cho'ntak
qopqoqlarning teskarisini ichkariga qaratib, to'g'nag'ichlar bilan to'g'nab chiqiladi
yoki universal mashinada 0,3-0,4sm kenglikdagi chok bilan biriktiriladi. Gazlama
parchasini 45° burchak ostida qirqib olib, uzunasiga ikki bukib dazmollanadi. Bunda
gazlamaning teskarisi ichkari tomonda bo'ladi. Gazlama parchasini (mag'izini)
cho'ntak qopqoq o'ngiga qo'yib, mag'iz tomondan biriktirib tikiladi. Chok haqidan
ortiqchasini qirqib tashlab, mag'izni chok atrofidan aylantirib, ostki cho'ntak qopqoq
tomonga o'tkaziladi. Mag'iz ulangan chokdan 0,1 sm oraliqdan bahyaqator yuritiladi.
Bunda ostki cho'ntak qopqoq tomonidan mag'iz 0,1-0,2 sm bahyaqatoiga tushadigan
bo'lishi kerak.