O ‘ zbekiston respublikasi oliy va o ‘ rta maxsus ta ’ lim vazirligi toshkent – 202




Download 6,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/84
Sana25.08.2024
Hajmi6,55 Mb.
#269844
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   84
Bog'liq
60 soat

 
 
 
 
O‘quvchilar soni:
____25-30_____ 
 
 
 
 
 
 
O
‘quv mashg‘uloti shakli va turi: 
Amaliy 
 
 
O
‘quv mashg‘ulot rejasi: 
1.
Qo`yma burmali koketkaga ishlov berish. 
2.
Kiritmalarga ishlov berish. 
3.
Murakkab shakldagi koketkalarni tikish 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
O‘quv mashg‘ulotining maqsadi:
Bolalar kiyimiga bezak beruvchi elementlar 
qo`yma burmali koketka va kertimlarga ishlov 
berish turlari va kundalik ahamiyati to‘g’risidagi
umumiy tushunchalarni shakllantirish. 
 
 
Pedagogik vazifalar: 
1. Mavzuning asosiy maqsadini 
sharhlash; 
2 Qo`yma Burma haqida ma`lumot 
berish.
 
 
O
‘quv faoliyatining natijalari: 
1. Mavzu asosida tushunchalarni bilib
oladilar; 
2. Qo`yma burmalar 
to’g’risida so’zlab 
beradilar; 
 
 
 
 
 
 
O
‘qitish metodlari: 
Kichik axborotli m
a’ruza, namoyish, suhbat. 
 
 
 
O‘quv faoliyatini tashkil etish 
shakllari:
 
Guruhli . 
 
 
 
 
 
O
‘qitish vositalari: 
O‘quv materiali, yozuv taxtasi,ko`rgazma , 
rasmli plakatlar. 
 
 
 
 
 
 
 
 
O‘qitish shart-sharoiti: 
Guruhlarda ishlashga m
o’ljallangan o’quv
xonasi. 
 
 
 
 
Qaytar 
aloqaning 
usul 
va 
vositalari: 
Og’zaki so`rov, tezkor-so’rov, savol-javob. 


 
O‘quv mashg‘ulotining texnologik xaritasi
 
 
 
Faoliyat 
bosqichlari: 
Faoliyat mazmuni 
Ta’lim beruvchi 
Ta’lim oluvchi 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
I. Kirish bosqichi 
(5 daqiqa).
1.1. 
Salomlashadi, 
davomatni
aniqlaydi.
1.2. Mavzuning nomi, maqsadi va rejasi 
bilan tanishtiradi.
1.3.
O’quv mashg’ulotida o’quv ishlarini 
baholash mezonlari bilan tanishtiradi.
Salomlashadilar 
Tanishadilar. 
Diqqat qiladilar. 
Savollar 
beradilar. 
 
 
 
 
 
 
 
 
II. Asosiy 
bosqich 
(65 daqiqa). 
2.1.Tayanch 
bilimlar 
b
o’yicha 
o`
quvchilarning ishlarini kuzatib turadi.
2.2. O‘quvchilarga “Aqliy hujum” 
usulidan foydalanib “koketkalar haqida 
so’zlab bering?” savoli bilan murojaat
qiladi. Reja asosida ma’ruza qiladi. 
2.3. O‘quvchilarni guruhlarga tayanch
bilimlardan foydalangan holda bajarish
uchun topshiriq varaqalarini tarqatadi.
2.4. Guruhlarda ishlash qoidasini
eslatadi, yo’naltiradi, tushuntiradi.
2.5.Olingan 
bilimlarni 
aniqlash
maqsadida tezkor-
so’rov o’tkazadi. 
Berilgan
topshiriq ustida 
ishlaydilar. 
Javob beradilar. 
Tinglaydilar, 
yozib oladilar. 
Guruhga
bo’linadi. 
Diqqat qiladilar. 
Topshiriqni
bajaradilar. 
Savollarga javob 
beradilar. 
 
 
 
III. Yakuniy 
bosqich
(10 daqiqa) 
3.1. Mavzuni umumlashtiradi, umumiy 
xulosalar 
qiladi, 
yakun 
yasaydi, 
savollarga javob beradi. 
3.2. O‘quvchilar ishini baholaydi, o’quv
mashg
’ulotining maqsadga erishish
darajasini tahlil qiladi. 
3.3 Mustaqil ish uchun vazifa beradi. 
Mavzuga doir savollarga javob yozish 
uchun turli xil tarqatmalar tarqatilib 
yuboriladi. 
Diqqat qiladilar. 
Savol beradilar. 
Vazifani yozib 
oladilar. 
 
 
 
 
 
Fan o‘qituvchisi: M.Raysaliyeva 


 
MAVZU: BOLALAR KIYIMIGA BEZAK BERUVCHI ELEMENTLAR 
QO`YMA BURMALI KOKETKA VA KIRITMALARGA ISHLOV BERISH. 
Reja: 
1.Qo`yma burmali koketkaga ishlov berish. 
2.Kiritmalarga ishlov berish. 
3.Murakkab shakldagi koketkalarni tikish 
Tayanch iboralar: 
Kiritma, koketka, qirqim, kant

qo'yma burma, to'r.
Kiritma va koketkalarni tikish. Kiyimlarni bezashda kiritma va turli shakldagi 
koketkalar tikiladi. Kiritma (29- a rasm) va koketkalar (29- b 
rasm) qirqimlari ochiq qilib ulangan, kant qo'yib, qo'yma burma qo'yib, to'r qo'yib 
ulangan bo'lishi mumkin. Ochiq qirqimli koketkalarni ulashda (29- d rasm) asosiy 
detalda burma hosil qilinadi, keyin koketkani asosiy detal o'ngiga uning o'ngini 
qaratib qo'yib, biriktirib tikiladi»Maxsus tepki ishlatiladigan bo'lsa, koketkani asosiy 
detalga ulashda bir yo'la burma hosil qilish ham mumkin. Asosiy detal va koketka 
qirqimlari maxsus mashinada yo'rmaladi. 


Murakkab shakldagi koketkalarni tikishda (29- e rasm), koketka detalining shakliga 
moslab shu gazlamadan mag'iz bichib olinadi. Mag'izning o'ngini asosiy detal o'ngiga 
qaratib, to'g'ri sirma qaviqlar bilan yoki bir ipli maxsus zanjirsimon mashinada 
biriktirib ko'klanadi. Koketka chetida ag'darma chok yuritib, mag'iz asosiy detalga 
(koketkaga) tikiladi. Ko'klangan iplar so'kib tashlanadi va ag'darma chok yorib 
dazmollanadi. Mag'izni koketka teskarisiga o'tkazib, koketka detalidan 0,1-0,15 
kenglikda kant hosil qilib, ziylari ko'klanadi. Koketka ziylari teskari tomonidan 
dazmollanadi. Asosiy detal o'ngiga koketka ulanadigan belgi — chiziq o'tkaziladi. 
Shu belgi- chiziqqa koketka ziylarini to'g'ri keltirib, to'g'ri sirma qaviq bilan koketka 
asosiy detalga bostirib ko'klanadi. Modelda ko'rsatilgan kenglikda bostirib tikiladi. 
Ziylari ko'klangan va koketka asosiy detalga bostirib ko'klangan iplar so'kib 
tashlanadi. Tayyor koketka dazmollanadi. 
Qo'yma burmali koketkalarni tikish. (29- f rasm). Qo'yma burma qirqimlari silliq 
bahyali maxsus mashinada yo'rmaladi. Qo'yma burma ochiq qirqim tomonida ikkita 
bahyaqator yuritib, bir ipini tortib, burma hosil qilinadi. Asosiy detaining o'ng 
tomoniga qirqimlarini bir-biriga mos keltirib, qo'yma burma ulab olinadi. Keyin 
qo'yma burma ulangan asosiy detallar bilan koketkaning o'ngini ichkariga qaratib, 
koketka asosiy detalga ulanadi, qirqimlari maxsus mashinada yo'rmaladi. 


Kiritmalarni tikish. (29- a—g rasmlar). Kiritmani asosiy detalga bostirib tikishda, 
kiritma detalida bukish chizig'i belgilab olinadi. Bu belgi chiziq bezak bahyaqatordan 
0,5-1,0 sm kengroq bo'ladi. Belgi-chiziq bo'ylab ishlov haqi teskari tomonga bukib 
dazmollanadi. Burchaklardagi ortiqcha chok haqidan 0,5-0,7sm qoldirib, ortiqchasi 
qirqib tashlanadi va bukish haqining o'ngini ichkariga qaratib, qirqimlari biriktirib 
tikiladi. Chok yorib dazmollanadi. Burchaklarni o'ngiga ag'darib, to'g'rilab 
dazmollanadi. Kiritma bilan asosiy detalni biriktirish chizig'ini belgilab, bostirib 
tikiladi. Bu operatsiyani bajarishdan oldin bostirib ko'klash yoki to'g'nag'ichlar bilan 
to'g'nab chiqish mumkin. Tayyor detal teskari tomondan dazmollanadi. 
Nazorat savollari: 
1.
Qo`yma burmali koketkaga ishlov berishda nimalarga e`tibor berish lozim? 
2.
Kiritmalarga ishlov berish usullari? 
3.
Murakkab shakldagi koketkalarni tikish tushuntirib bering. 
Foydalanilgan adabiyotlar 
A.T.Turaxonova «Tikuvchilik texnologiyasi asoslari».
S.Toshpulatov, X.X.Komilova, S.Nishanova, D.Rasulova “Xalq iste’moli 
buyumlarini modellashtirish va loyihalash” Sharq nashriyoti 2007 yil. 
4.

Download 6,55 Mb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   84




Download 6,55 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O ‘ zbekiston respublikasi oliy va o ‘ rta maxsus ta ’ lim vazirligi toshkent – 202

Download 6,55 Mb.
Pdf ko'rish