O‘quv faoliyatini tashkil etish
shakllari:
Guruhli.
O
‘qitish vositalari:
O‘quv materiali, yozuv taxtasi,ko`rgazma ,
rasmli plakatlar.
O‘qitish shart-sharoiti:
Guruhlarda ishlashga m
o’ljallangan o’quv
xonasi.
Qaytar
aloqaning
usul
va
vositalari:
Og’zaki so`rov, tezkor-so’rov, savol-javob.
O‘quv mashg‘ulotining texnologik xaritasi
Faoliyat
bosqichlari:
Faoliyat mazmuni
Ta’lim beruvchi
Ta’lim oluvchi
I. Kirish bosqichi
(5 daqiqa).
1.1.
Salomlashadi,
davomatni
aniqlaydi.
1.2. Mavzuning nomi, maqsadi va rejasi
bilan tanishtiradi.
1.3.
O’quv mashg’ulotida o’quv ishlarini
baholash mezonlari bilan tanishtiradi.
Salomlashadilar
Tanishadilar.
Diqqat qiladilar.
Savollar
beradilar.
II. Asosiy
bosqich
(65 daqiqa).
2.1.Tayanch bilimlar
bo’yicha
o
‘quvchilarning ishlarini kuzatib turadi.
2.2. O‘quvchilarga “Aqliy hujum”
usulidan foydalanib
“
Bolalar kiyimiga
qanday ishlov beriladi?” savoli bilan
murojaat qiladi. Reja asosida ma’ruza
qiladi.
2.3. O‘quvchilarni guruhlarga tayanch
bilimlardan foydalangan holda bajarish
uchun topshiriq varaqalarini tarqatadi.
2.4. Guruhlarda ishlash qoidasini
eslatadi, yo’naltiradi, tushuntiradi.
2.5.Olingan
bilimlarni
aniqlash
maqsadida tezkor-
so’rov o’tkazadi.
Berilgan
topshiriq ustida
ishlaydilar.
Javob beradilar.
Tinglaydilar,
yozib oladilar.
Guruhga
bo’linadi.
Diqqat qiladilar.
Topshiriqni
bajaradilar.
Savollarga javob
beradilar.
III. Yakuniy
bosqich
(10 daqiqa)
3.1. Mavzuni umumlashtiradi, umumiy
xulosalar
qiladi,
yakun
yasaydi,
savollarga javob beradi.
3.2. O‘quvchilar ishini baholaydi, o’quv
mashg’ulotining maqsadga erishish
darajasini tahlil qiladi.
3.3 Mustaqil ish uchun vazifa beradi.
Mavzuga doir savollarga javob yozish
uchun turli xil tarqatmalar tarqatilib
yuboriladi.
Diqqat qiladilar.
Savol beradilar.
Vazifani yozib
oladilar.
Fan o‘qituvchisi: M.Raysaliyeva
MAVZU: BOLALAR KIYIMINI BEZAK BERUVCHI ELEMENTLARIGA:
QIRQIM VA BURMALARGA ISHLOV BERISH.
Reja:
1.Qirqimlarga ishlov berish.
2.Burmalarga ishlov berish.
3.Bola kiyimining bezak turlari.
Taynch iboralar:
yelka chok, yeng choki, yon chok, o'miz chok.
Qirqimlarga ishlov berish. Hamma biriktirma choklarining qirqimlari: yelka chok,
yeng choki, yon chok, o'miz choklari maxsus mashinada yo'rmalanadi. Agar chok bir
tomonga yotqizib dazmollanadigan bo'lsa, chokning ikkala qirqimi birga
yo'rmalanadi, (26- a rasm) yorib dazmollanadigan bo'lsa, har qaysi chok qirqimi
alohida-alohida yo'rmalanadi (26- b rasm).
Qirqimlarni universal mashinada ham bukib tikish mumkin (26- d rasm).
Chok qirqimiga mag'iz qo'yib tikish ham mumkin (26- e rasm).
Arra tishli qaychida chok qirqimi titilmaydigan gazlamani qirqib qo'ysa ham bo'ladi
(26- f rasm).
Vitachkalarni tikish. Kiyimni gavdaga moslash va kiyim gavdaga yaxshi yopishib
turishi uchun vitachkalar qilinadi. Vitachkalar asosiy detallarning ko'krak markaziga
yelka tomondan yo'nalgan, yeng o'mizi tomonidan yo'nalgan, yon va bel tomondan
yo'nalgan bo'lishi mumkin. Vitachkalar yordamida kiyimga kerakli shakl beriladi.
Kiyimning bel qismida joylashgan vitachkalar, asosan, kiyimning gavdaga yopishib
turishi uchun kerak bo'ladi.
Vitachkalarning soni va eni modelga bog'liq bo'ladi vitachkalar yorib dazmollanishi
yoki bir tomonga yotqizib dazmollanishi mumkin. Bunday vitachkalarning oxirgi
uchi tomonidagi solqi kirishtirib dazmollanadi, vitachkalar o'rniga qirqmalar,
taxlamalar hosil qilish mumkin. Vitachkalar qirqma yoki yaxlit bo'lishi mumkin.
Yengil kiyimlarda asosan yaxlit vitachkalar qilinadi (27- rasm).
Vitachkalarni tikishda detaining teskari tomonidan yordamchi andaza qo'yib, vitachka
o'rni belgilab olinadi. Bunda birinchi chiziq gazlamani bukish chizig'i boiib, ikkinchi
vitachkani biriktirib tikish chizig'i bo'ladi, vitachkaning tugaydigan joyiga ko'ndalang
chiziq belgilab qo'yiladi. Detaining o'ngini ichkariga qaratib, birinchi chiziq bo'ylab
bukiladi va ikkinchi chiziq bo'ylab biriktirib tikiladi. Detal chetidan boshlanadigan
vitachkalar qirqim tomondan boshlab biriktirib tikiladi. Taxlama hosil qiladigan
vitachkalarni tikishda oldin vitachka uchidan ko'ndalangiga bahyaqator yuritib, keyin
burchak qilib burib, belgi chiziq bo'ylab biriktirib tikiladi. Vitachkalar bir tomonga
yotqizib yoki yorib dazmollanadi, uchidagi solqi kirishtirib, dazmollab yo'qotiladi.
Qirqimlarni tikish. Kiyim tikishda vitachkalar o'rnida bezatuvchi qirqmalar (28- a
rasm) ishlatiladi.
Asosiy detaining qirqma joyidagi qismini biri ikkinchisiga nisbatan hosil qilinadigan
burma hisobiga uzunroq qilib bichiladi (28- b rasm). Burma hosil qilish uchun ikkita
parallel bahyaqator yuritiladi va bir tomondagi bahyaqator ipini tortib, burma hosil
qilinadi (28- d rasm).
Qirqmani biriktirib tikishda burma tomonidan tikiladi. Modelda mo'ljallangan bo'lsa,
qirqmaning teskari tomoniga gazlama parcha qo'yiladi va o'ng tomonidan bezak
bahyaqator yuritiladi (28- e rasm).
Nazorat savollari:
1.
Qirqimlarni tikish usllarini tushuntirib bering.
2.
Bola kiyimining bezak turlari qaysilar?
3.
Kiyim tikishda vitachkalar o'rnida nimalar ishlatiladi?
Foydalanilgan adabiyotlar
A.T.Turaxonova «Tikuvchilik texnologiyasi asoslar
|