bajaradi (3.30-rasm).
Buflar qo'lda yoki mashinada tayyorlanishi mumkin.
Qo'lda tayyorlanadigan buflar detalning teskari tomonidan nuqtalar yoki chiziqlar
tarzida belgilab olinadi. Buf qatorlari orasidagi masofa
3.20-rasm. Old bo'lakka bort qotirmasini yopishtirish:
1 — old bo'lak, 2 — bort qotirmasi, 3 — yelim uqa, 4 — bort qotirmasi ikkinchi qavati,
5 — adip qaytarma qotirmasi, 6 — izma osti qotirmasi.
0,8—1 sm, nuqtalar orasidagi masofa 0,5 sm bo'lishi zarur.
Mashinada tayyorlanadigan buflar oddiy va shnurli bo'lishi mumkin. Oddiy buflar hosil
qilish uchun detalda parallel chiziqlar belgilab olinadi. Bu chiziqlarning soni va
orasidagi masofa modelga bog'liq. Detal belgilangan chiziq bo'yicha yoki chetlariga
parallel qilib maxsus tepkili, bir yoki ikki ignali mashinada tikiladi. Agar maxsus tepki
bo'lmasa, detal belgilangan chiziq bo'yicha o'ngidan bo'sh baxyalar bilan tikiladi. Ustki
iplarning uchi detalning teskarisiga chiqariladi va baxyalarni taranglab, burmalar hosil
qilinadi. Burmalar bir tekis yoyib chiqiladi, iplarning uchi mahkamlab, tugib qo'yiladi.
Buf baxyalarning uchlarida, detalning teskari tomonidan, 0,1 sm chuqurlikda mayda
taxlamalar hosil qilib tikiladi. Barcha buf baxyalarining uchlari mayda taxlamalarning
tikish choklariga kirishi zarur. Buflar cho'zilib ketmasligi uchun, asosiy gazlamadan
bichilgan bo'lak ularning tagiga detal teskarisidan tanda iplarini buf baxyalariga
parallel qilib qo'yiladi.