Qaytar
aloqaning
usul
va
vositalari:
Og’zaki so`rov, tezkor-so’rov, savol-javob.
O‘quv mashg‘ulotining texnologik xaritasi
Faoliyat
bosqichlari:
Faoliyat mazmuni
Ta
’lim beruvchi
Ta’lim oluvchi
I. Kirish bosqichi
(5 daqiqa).
1.1.
Salomlashadi,
davomatni
aniqlaydi.
1.2. Mavzuning nomi, maqsadi va rejasi
bilan tanishtiradi.
1.3.
O’quv mashg’ulotida o’quv ishlarini
baholash mezonlari bilan tanishtiradi.
Salomlashadilar
Tanishadilar.
Diqqat qiladilar.
Savollar
beradilar.
II. Asosiy
bosqich
(65 daqiqa).
2.1
. O‘quvchilarga “Aqliy hujum”
usulidan foydalanib “Detallarga yelimli
qotirmalar qandar yopishtiriladi
?”
savoli bilan murojaat qiladi. Reja
asosida ma’ruza qiladi.
2.2
. O‘quvchilarni guruhlarga tayanch
bilimlardan foydalangan holda bajarish
uchun topshiriq varaqalarini tarqatadi.
2.3. Guruhlarda ishlash qoidasini
eslatadi, yo’naltiradi, tushuntiradi.
2.4.Olingan
bilimlarni
aniqlash
maqsadida tezkor-
so’rov o’tkazadi.
Berilgan
topshiriq ustida
ishlaydilar.
Javob beradilar.
Tinglaydilar,
yozib oladilar.
Guruhga
bo’linadi.
Diqqat qiladilar.
Topshiriqni
bajaradilar.
Savollarga javob
beradilar.
III. Yakuniy
bosqich
(10 daqiqa)
3.1. Mavzuni umumlashtiradi, umumiy
xulosalar
qiladi,
yakun
yasaydi,
savollarga javob beradi.
3.2. O‘quvchilar ishini baholaydi, o’quv
mashg’ulotining maqsadga erishish
darajasini tahlil qiladi.
3.3 Mustaqil ish uchun vazifa beradi.
Mavzuga doir savollarga javob yozish
uchun turli xil tarqatmalar tarqatilib
yuboriladi.
Diqqat qiladilar.
Savol beradilar.
Vazifani yozib
oladilar.
Fan o‘qituvchisi: M.Raysaliyeva
MAVZU: DETALLARGA QOTIRMA YOPISHTIRISH
Reja:
2.
Yelimli qotirmalar.
3.
Detallarga qotirma yopishtirish.
Tayanch iboralar: yelimli, politelenli, ort bo`lak, old bo`lak
Kiyimning tashqi ko'rinishini yaxshilash maqsadida shakli barqaror bo'lishi, kiyish
jarayonida yaxshi saqlanishi, tikish vaqtini qisqartirish uchun detallarga yelimli
qotirma materiallar qo'yiladi. Yelimli qotirma yassi yostiqli maxsus presslarda
yopishtiraladi. Presslovchi sathning harorati 140—150° C, presslash davomiyligi 10 s,
presslovchi yuzaning bosimi 0,3—0,5 kgs/sm bo'lishi kerak. Qotirma materiallar va
ularni yopishtirish usullari modelning texnik tavsifiga muvofiq qo'llanadi. Yelimli
qotirma materiallar sifatida ip, viskoza va boshqa gazlamalar hamda yelim kukun
qoplangan noto'qima materiallar ishlatiladi. Yelimli qotirma materiallardan old
bo'laklarning asosiy qatlami sifatida va alohida detallarning qotirmasi sifatida
foydalaniladi.
Yelimli qotirmalar
Yelimli qotirmadan detallar bichganda asosiy detallardan 0,3—0,5 sm kichikroq
bichiladi, bundan maqsad shuki, yelim qotirmaning chetki qirqimlari biriktirma
choklarga 0,1—0,2 sm kirishi kerak. Yelimli qotirmalarning tanda ip yo'nalishi asosiy
detal tanda ipi yo'nalishi bilan bir xil bo'lishi kerak.
Erkaklar pidjagida bort qotirmasi ikki qavat qilib bichiladi (3.20-rasm). Bular asosiy
va qo'shimcha qotirma bo'lib, qo'shimcha qotirmaning o'rish iplari asosiy qotirmaning
iplariga nisbatan 30°C yoki 75°C burchak ostida bichilgan bo'ladi. Ikki qavat qotirma
old bo'lakka bir vaqtda qo'yib yopishtiriladi va shakl beriladi.
Ort bo'lak bo'yin va yeng o'miziga, etak qirqimiga va ort bo'lak kesimiga qirqimdan
0,3 sm masofada yelim qotirma qo'yiladi (3.21-rasm, a). Bo'yin va yeng o'mizi atrofiga
qo'yiladigan qotirma 45°C burchak ostida bichiladi.
Hozirgi vaqtda kiyim sifatini yaxshilash maqsadida ko'p zonali termoplastik
qotirma materiallar ishlatiladi. Bunday qotirma materiallar uchta zonaga ajratib
to'qilgan bo'lib, birinchi zona viskoza, ip, jun tolalariga tabiiy yoki sintetik qil
aralashtirilgan bo'ladi. Ikkinchi zona yumshoqroq bo'lib, turli tolalar navbat bilan
almashtirib ishlatiladi. Uchinchi zona yumshoq zona bo'lib, bir xil ipdan siyrakroq
to'qiladi.
Adip qaytarmasiga trikotaj polotnoli qotirma ko'p zonali qotirma ustiga 2—3,5 sm
o'tib turadigan qilib yopishtiriladi (3.21-rasm, b).
Yoqaning mustahkamligini oshirish va berilgan shaklni saqlab turish uchun ustki
va ostki yoqa qaytarmasi va ko'tarmasi detallariga qotirmali material avra qirqimidan
0,3 sm masofada qo'yiladi (3.22-rasm). Yeng uchlarining puxtaligini oshirish va
shaklni saqlash uchun eni 5 sm li yelim qotirmasi qo'yiladi (3.23-rasm). Cho'ntak
qopqog'i va cho'ntak listochkasiga avra detalning tanda ip yo'nalishiga mos bichilgan
yelim qotirma qo'yiladi (3.24-rasm).
Polietilen kukun qoplangan qotirmalar namlanmasdan, poliamid kukun qoplangan
qotirmalar ho'llab yopishtiriladi.
|