Nazariy o‘quv mashg‘ulotining o‘qitish texnologiyasi
2-mavzu: KIYIM BICHIQLARINI
TIKISHGA TAYYORLASH
O
‘quv soati:
___80__daqiqa
O‘quvchilar soni:
____25-30_____
O
‘quv mashg‘uloti shakli va turi:
Nazariy
–amaliy
O
‘quv mashg‘ulot rejasi:
1.
Ustki kiyim bichiqlari
2.
Bichiq detallarining qirqim nomlari
O‘quv mashg‘ulotining maqsadi:
Kiyim bichiqlarini tikishga tayyorlashning
kundalik ahamiyati to‘g’risidagi umumiy
tushunchalarni shakllantirish.
Pedagogik vazifalar:
1. Mavzuning asosiy maqsadini
sharhlash;
2. Kiyim bichiqlari haqida
tushuncha berish;
3. Kiyim bichiqlarini bichish haqida
ma’lumot berish
O
‘quv faoliyatining natijalari:
1. Mavzu asosida
tushunchalarni bilib
oladilar;
2. kiyim bichiqlari
to’g’risida so’zlab beradilar;
3. kiyim bichiqlarini bichish haqida gapirib
beradilar;
O
‘qitish metodlari:
Kichik axborotli m
a’ruza, namoyish, suhbat.
O‘quv faoliyatini tashkil etish
shakllari:
guruhli.
O
‘qitish vositalari:
O‘quv materiali,
yozuv taxtasi,ko`rgazma ,
rasmli plakatlar.
O‘qitish shart-sharoiti:
Guruhlarda ishlashga, texnik vositalardan
foydalanishga m
o’ljallangan o’quv xonasi.
Qaytar
aloqaning
usul
va
vositalari:
Og’zaki so`rov, tezkor-so’rov, savol-javob.
O‘quv mashg‘ulotining texnologik xaritasi
Faoliyat
bosqichlari:
Faoliyat mazmuni
Ta’lim beruvchi
Ta’lim oluvchi
I. Kirish bosqichi
(5 daqiqa).
1.1.
Salomlashadi,
davomatni
aniqlaydi.
1.2. Mavzuning nomi, maqsadi va rejasi
bilan tanishtiradi.
1.3.
O’quv mashg’ulotida o’quv ishlarini
baholash mezonlari bilan tanishtiradi.
Salomlashadilar
Tanishadilar.
Diqqat qiladilar.
Savollar
beradilar.
II. Asosiy
bosqich
(65 daqiqa).
2.1. O`tilgan mavzu bo`yicha
savol
javob o`tkazdilar.
2.2. O‘quvchilarga “Aqliy hujum”
usulidan foydalanib “
Kiyim bichiqlarini
tikishga qanday tayyorlanadi”? s
avoli
bilan murojaat qiladi. Reja asosida
ma’ruza qiladi.
2.3. O‘quvchilarni guruhlarga tayanch
bilimlardan
foydalangan holda bajarish
uchun topshiriq varaqalarini tarqatadi.
2.4. Guruhlarda ishlash qoidasini
eslatadi, yo’naltiradi, tushuntiradi.
2.5.Olingan
bilimlarni
aniqlash
maqsadida tezkor-
so’rov o’tkazadi.
Berilgan
topshiriq ustida
ishlaydilar.
Javob beradilar.
Tinglaydilar,
yozib oladilar.
Guruhga
bo’linadi.
Diqqat qiladilar.
Topshiriqni
bajaradilar.
Savollarga javob
beradilar.
III. Yakuniy
bosqich
(10 daqiqa)
3.1. Mavzuni umumlashtiradi, umumiy
xulosalar
qiladi,
yakun
yasaydi,
savollarga javob beradi.
3.2. O‘quvchilar
ishini baholaydi, o’quv
mashg’ulotining maqsadga erishish
darajasini tahlil qiladi.
3.3 Mustaqil ish uchun vazifa beradi.
Mavzuga doir savollarga javob yozish
uchun turli xil tarqatmalar tarqatilib
yuboriladi.
Diqqat qiladilar.
Savol beradilar.
Vazifani yozib
oladilar.
Fan o‘qituvchisi: M.Raysaliyeva
MAVZU: KIYIM BICHIQLARINI TIKISHGA TAYYORLASH
REJA:
1.Ustki kiyim bichiqlari
2.Bichiq detallarining qirqim nomlari
Tayanch iboralar:
bichiq, listochka, gazlama, cho`ntak
Ustki kiyim bichig'ining detallari uchta asosiy guruhga bo'linadi: avra detallari, astar
detallari va qotirma detallari.
Pidjak avra bichig'ining detallari pidjak tikishga mo'ljallangan gazlamalardan quyidagi
miqdorda bichiladi: old bo'lak — 2 ta, ort bo'lak
—
2 ta, yeng ustki bo'lagi — 2 ta, yeng ostki bo'lagi — 2 ta, ustki yoqa
dm
—
1 ta, ostki yoqa — 1 ta (ikki qismdan iborat), yoqa ko'tarmasi — 1 ta, adip — 2 ta,
cho'ntak qopqog'i — 2 ta, cho'ntak mag'izlari — 2 ta, ko'krak listochkasi — 1 ta. Pidjak
avra detallari 3.19-rasmda ko'rsatilgan.
Pidjak astari bichig'ining detallari astarlik gazlamalardan avra detali shakliga moslab
bichiladi. Ular ham avra detallari singari nomlanadi: old bo'lak — 2 ta, ort bo'lak — 2 ta,
yeng ustki bo'lagi — 2 ta, yeng ostki bo'lagi — 2 ta, cho'ntak qopqog'i astarlari — 2 ta, yon
cho'ntaklar ko'rinmasi — 2 ta, bar tutgich — 1 ta, ilgich — 1 ta, ko'krak cho'ntak xaltasi
— 1 ta, ichki cho'ntak xaltasi — 2 ta.
Qotirma bichig'i detallari qotirma gazlamalardan, ya'ni zig'ir tola, ip, qil tolali va h. k.
gazlamalardan bichiladi va quyidagicha nomlanadi: bort qotirmasi — 2 ta, yelka taglik —
2 ta, yoqa qotirmasi — 1 ta (ikki qismdan iborat). Qotirmabop ip gazlamalardan yon
cho'ntak xaltalari
3.16-rasm. GP—2,5 gidravlik press (a), pnevmatik yengil yarimavtomat press (b), TV/PTA
120P pnevmatik press (d).
— 2 ta, yon cho'ntak bo'ylamalari — 2 ta, ko'krak cho'ntagi bo'ylamasi — 1 ta, yeng uchi
qotirmalari — 2 ta — bichiladi.
Kiyim tikishda bichiq detallari qirqimlarining yagona nomlari ishlatilishi lozim.
Erkaklar pidjagi detallari qirqimlarining nomlari tanda (o'rish) ipi yo'nalishi 3.8-jadvalda
keltirilgan.
Ustki kiyim avrasi, astari va qotirma detallari bichiqqa nisbatan qo'yiladigan
texnik
shartlarga muvofiq bichiladi. Pidjak detallarida tanda ipi yo'nalishi quyidagicha 3.17-
rasm.Bug'li havo manekeni. bo'lishi kerak: old bo'lakda old bo'lak
o'tar qismi chiziqlariga, ort bo'lakda ort bo'lak o'rta chizig'iga, adipda tashqi qirqimga, yeng
ustki va yeng ostki bo'lagida old qirqim uchlarini birlashtiruvchi chiziqqa, ustki yoqada
yoqa o'rta chizig'iga parallel bo'lishi kerak. Pidjak asosiy detallarining gazlama turiga qarab
tanda ipi yo'nalishiga nisbatan chetlashishga yo'l qo'yishi 3.9-jadvalda ko'rsatilgan.
Pidjak asosiy detallarining qirqim nomlari
Masalan, old bo'lak bo'yi 80 sm ga teng bo'lsa, old bo'lak etagidagi chetga chiqish
(og'ish) bir tomonga yoki narigi tomonga tanda ipiga nisbatan 0,8 sm ni tashkil etadi.
Bichiq detallarini tikishga tayyorlashda ular tekshirib chiqiladi.
Buning uchun avval
kiyim tikish me'yoriy hujjatlari bilan tanishib chiqish kerak. Oekshirish avra va astar
gazlama bichiq detallarining bor-yo'qligini aniqlashdan boshlanadi. Modelga binoan
konstruksiya chiziqlari, gazlamaning guli aniqlab olinadi; tukning yo'nalishi, detallar o'rish
va arqoq iplari yo'nalishi bo'ylab qanchalik to'g'ri bichilaganligi va bichiq detallarida
to'qimachilik nuqsoni bor-yo'qligi tekshiriladi.
Detallar o'lchamining aniqligi bichiq bog'lamidagi ustki
va ostki detallarga andaza
qo'yib tekshiriladi. Agar avra, astar yoki bort qotirmasining detallari torroq yoki ruxsat
etilgan chetlatishdan ortiqroq bo'lib qolgan bo'lsa, unda bichiq ishlab chiqarishga
yuborilmaydi.
3.19-rasm. Erkaklar pidjagining asosiy detallari:
1 — ort bo'lak; 2 — qirqma yon bo'lak; 3 — old bo'lak; 4 — yengning ostki bo'lagi; 5 —
yengning ustki bo'lagi; 6 — ostki yoqa; 7 — ustki yoqaning qaytarmasi; 8 —
yoqaning ko'tarmasi.
Nazorat savollari:
1.
Ustki kiyim bichig'ining detallari necha asosiy guruhga bo'linadi?
2.
Bichiq detallarining qirqim nomlari qaysilar?
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. A.T.Turaxonova «Tikuvchilik texnologiyasi asoslari».
2. S.Toshpulatov, X.X.Komilova, S.Nishanova, D.Rasulova “Xalq iste’moli
buyumlarini modellashtirish va loyihalash” Sharq nashriyoti 2007 yil.