O ‘ zbekiston respublikasi oliy va o ‘ rta maxsus ta ’ lim vazirligi toshkent – 202




Download 6,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/84
Sana25.08.2024
Hajmi6,55 Mb.
#269844
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   84
Bog'liq
60 soat

 
Tayanch iboralar: 
Bola modsi,palto, plashch, trenchkot, kurtka, bomber, shuba, balero, borsovka, tolstovka, 
pidjak, jemper, nimcha. 
Bolalar kiyimini tikish texnalogiyasi faning mazmuni. 
Barkamol shaxsni tarbiyalashda u dunyoga kelganidan boshlab, to maktabgacha tarbiya 
yoshigacha bo‘lgan davrdagi psixologik xususiyatlarini bilish tarbiyachilar, pedagoglar va 
psixologlar, ota-onalar uchun muhim ahamiyatga ega. Istiqlol tufayli bugungi kunda 
nafaqat respublikamizda, balki chet ellarda ham xaridorgir bo‘layotgan o‘zbek liboslari 
o‘ziga xos ko‘rinish kasb etmoqda. Jahon andozalariga mos ravishda ishlab 
chiqarilayotgan bunday mahsulotlarga talab kundan-kunga ortib bormoqda[4]. 
Ishlab chiqarish mobaynida qiz bolalar kiyimi uchun alohida, o‘g‘il bolalar kiyimi uchun 
esa alohida bezak elementlaridan foydalaniladi. Bunda bolaning zerikib qolmasligi uchun 
kontrast ranglardan foydalanishga, kiyimning imkoniyat darajasida ular uchun qiziqarli 
bo’lishiga va ularning dunyoqarashiga mos rasmlarni tanlanishiga alohida e’tibor 
qaratilgan. 
Uch yoshli bolaning dunyoqarashi keng bo‘ladi. Uni tabiat bilan bog‘liq rasmlar qiziqtiradi 
va bola ko‘proq yorqin ranglarga talpinadi. Ularga libos tikayotgan korxona chevarlari 
ko‘proq matolarning sariq, qizil, yashil kabi yorqin ranglilarini tanlashadi. Qiz bolalar 
ko‘proq mato rangiga va guliga e’tibor berishadi. Shu bois, ularning liboslarida ko‘proq 
gul, kapalak, daraxt, quyosh rasmlarini, o‘g‘il bolalar kiyimlarida esa futbol to‘pi, mashina 
yoki turli hayvonlarning, multfilm qahramonlarini tasvirlovchi rasmlar qo‘yib tikish ayni 
paytda dolzarb sanaladi. Bunda bolaning yoshiga qarab kichkina yoki kattaroq rasm 
tanlanadi[5]. 
Bolalar modasi ham kattalarnikidan qolishmaydi. Shu sababli ham, jahonning mashhur 
dizaynerlari, turli uslub va ranglar uyg’unlashuvini sinab 
ko’rishni taklif qilishmoqda. Kattalarnikiga xos jiddiylik, 
oddiylik bola kiyimlarida ham yaqqol ko’zga tashlanmoqda. 
Ushbu mavsumda ikki qarama-qarshi holatdagi tendensiyalar 
va ranglar uyg’unligini ko’rishimiz mum kin. Bir tomondan 
bolalar libosida qora, oq, kulrang ranglardan foydalanish keng 
ommalashdi va ustunlikni qo’lga oldi. Bu esa, bolalarning 
yorqin ranglar va qo’shimcha bezak, detallarga burkangan 
moda olamida butunlay yangi burilish yasadi(1.1.-rasm). 
Fanning maqsadi 
Bolalar kiyimlaridan namuna Ayni paytda bolalar garderobi 
kattalarnikdan also qolishmaydi, bugungi kunda ularning garderobida ichki, ustki, bel va 


bosh kiyimlarning bir necha variantlarini topish mumkin. 
Bolalar garderobidagi ust kiyimlar: palto, plashch, trenchkot, kurtka, bomber, shuba, 
balero, borsovka, tolstovka, pidjak, jemper, nimcha va chopondan iborat(1.2-rasm). 
Bolalar ust kiyimlari: trenchkot, plashch, kurtka Bolalar garderobida kundalik va bashang 
ko’ylak, bluzka, kofta, tunika, futbolkalar ham muhim joy olgan. 
Bel kiyimlari jumlasiga esa yubka, shim, shorti, kapri, lozim, lasina, gomaj, legensi va 
kolgotkalar kiradi. 
Bolalar kostyumida muhim va boyituvchi kiyimlardan yana biri bosh kiyimlardir. Ular 
sirasiga shapka, kepi, ushanka, telpak, shlyapa, beretka, gnomik, shlyapka va qalpoqlar 
kiradi(1.3-rasm). 
1.3-rasm. Bolalar bosh kiyimlari: shlyapka, shapka, ushanka Bolalar oyoq kiyimlari 
bosonojka, batilyon, botinka, etik, nim etik, tufli, krosovkadan iborat. 
Quyida bolalar kiyimlarini yosh aspektlari bo’yicha tahlilini o’tkazamiz. 
Bolalar yosh guruhlari 
1.1. -jadval 
O’sish davri 
Qizlar 
O’g’il bolalar 
Buyum 
razmeri 
Chaqaloqlik 
Lyoshgacha 
1 yoshgacha 
22-24 
Yasli Yoshi 
1-3 yosh 
1-3 yosh 
26-28 
Maktabgacha yosh davri 
3-7 yosh 
3-7 yosh 
28-30 
Kichik maktab Yoshi 
7-11 yosh 
7-12,5 yosh 
32-36 
Katta maktab Yoshi 
11-14,5 yosh 
12-15,5 yosh 
38-42 
O’smirlik 
14,5 - 18 yosh 
15,5-18 
44-46 


Bola kiyimlarining umumiy ta’rifi. 
Chaqaloqlar kiyimi. Bun o’sish davriga bir yoshgacha bo lgan bolalar kiradi. Ularning 
boshi katta, qollari uzun boladi. Bolaning bosh aylanasi kokrak aylanasiga teng. Bu 
yoshdagi bolalar 6-8 oy vaqtini krovatda otkazadi, shuning uchun ularga oddiy, yengil, 
yaxshi yuviladigan va oson dazmollanadigan, shu bilan birga, oz xususiyatini 
yoqotmaydigan kiyim 
kerak. Chaqaloqning birinchi kiyimi yaktakcha, ustki kiyim, bosh kiyim va ishton. Bu 
kiyimlarning yaxshi tomoni shundaki, u erkin, oddiy bichimli, kam ishlov beriladigan va 
oson bezaladi. Yaktakcha qorinning pastki qismigacha davom etadi, bola o'tirishni 
boshlaganda, unga ishton kiydiriladi. Chaqaloqning ustki kiyimi yengil, issiq, yengsiz, 
kapyushonli, etagi kengaygan, odatda erkin, bosh kiyim ham bo'shroq boladi. Gazlamalar 
esa paxta tolali bo’lishi shart. 
Yasli yoshidagi bolalar kiyimi. 1-3 yoshda bolalar tez o'sadilar, gavda tuzilishi nisbatlari 
o'zgaradi, bosh va tana o'lchamlari 1:4 nisbatda boladi. Bu davrda bolalar yura 
boshlaydilar, ko'p harakatlanadilar, shuning uchun kiyimlari erkin harakatlanishga xalaqit 
bermaydigan bo'lishi kerak. Qiz bolalar kiyimlarining asosiy shakli trapetsiyamon, yelka 
kamaridan boshlab kengaygan, koketkali yoki koketkasiz bo'lishi mum kin. O'g'il bolalar 
kiyimlari esa to'g'ri shakllari bilan xarakterlanadi. Shimlari ko'pincha kalta, shakli tog'ri 
yoki pochasiga qarab salgina toraygan bo'lib, koylaklar, puloverlar va kurtkalar bilan
mos tushadi. 
Qiz bolalar garderobi uzun tungi ko'ylak yoki pajama koylaklar , fartuklar, nimchalar, 
sarafan, bluzka va shim, kurtka, palto va kombinezondan iborat. O g i l bolalar garderobi 
tungi kiyim yoki pajama, koylaklar yoki shimlar, kurtka, kombinezon va paltodan iborat. 
Kiyimlarni komplektlash yo'li bilan sonini kamaytirib, ishlatish variantlarini ko'paytirish 
mumkin. Yasli yoshidagi bolalar kiyimlari sodda va ixcham bo'lishi bilan birga, alohida 
qismlarining shakli turli- tuman bo'lishi mumkin. Yenglari odatda uzun bo'lib, tog'ri yoki 
pastki qismida manjetli boladi. Yozgi kiyimlarning yenglari “qanotcha” yoki “fonarcha” 
ko'rinishida bo'lishi mumkin. Ustki kiyimlarini modellashtirishda ko'pincha kapyushonli 
qilinsa, maqsadga muvofiq. Ustki kiyimlarning yana bir qulay turi bu kombinezon bo'lib, 
bola tanasini to'liq yopib turadi va bemalol harakatlanishini ta'minlaydi. Bu davrdagi 
bolalar kiyimlarining bezaklari turlicha bo'lishi mumkin, lekin bunda me'yorni saqlay 
bilish kerak. Yasli yoshidagi bolalar kiyimlarining badiiy obrazliligini hal qilishda 
tabiatning nozik ko'rinishlaridan, oqish va tiniq ranglardan foydalaniladi. Bunda 
materiallarning fakturasi va ranglarini o'zaro uyg'unlashtirish hisobiga erishish mumkin: 
momiq quyoncha, sap-sariq jo'jacha, qo'zichoq, nozik gullar va boshqalar bolalar 
kiyimlarini obrazliligin ta'minlaydi. 
Maktab yoshidagi bolalar kiyimi. Bolalikning bu davrida nima yaxshi- yu, nima yomonligi 
to'g'risida dastlabki tushunchalar paydo bola boshlaydi. Bolani o'rab turgan tevarak -
atrofdagi barcha narsalar, shu jumladan, o'yinchoqlar, kiyimlar uning e'tiborini torta 
boshlaydi, tug'ilayotgan son- sanoqsiz savollarga javob qidira boshlaydi. Jismoniy jihatdan 
ham jadal rivojlanadi, tananing nisbatlari ham o'zgaradi, endi bosh va tananing nisbatlari 
1:5 yoki 1:5:5ni tashkil etadi. Kiyim assortimenti avvalgicha qoladi, lekin shakllarning 
bo'linishlarida o'zgarishlar boladi. Ko'ylaklarning kichkina koketkali, unchalik enli 
bo'lmagan qo'sh etaklar, plisse yoki taxlamalar bilan bezash mumkin. Kiyimning asosiy 


shakllari trapesiyamon va to'g'ri. Bolalar mustaqil ravishda kiyinib, yechinishlarini 
rag'batlantirish maqsadida qulay taqilmalar qilinadi, ular, albatta, kiyimning old qismida 
joylashishi kerak, tugmalar qulay shakl va o'lchamlarida bo'lib, soni ko'p bo'lmasligi kerak. 
Kiyimlarning old bo'laklari yorqin applikatsiyalar, kashtalar bilan bezatilishi mumkin. 
Maktabgacha yoshdagi bolalar kiyimlari serbezak, shakllari erkin va yumshoq bo'lishi 
kerak. Ranglari yorqin va tiniq, detallari o'zaro proporsional, bezaklari ifodali bo'lgan 
kiyim nafaqat estetik, balki tarbiyaviy vazifalarni ham bajaradi. 
Bolalar maktabga borishlari bilan ularda yangi majburiyatlar, mashg'ulotlar, yangi kun 
tartibi paydo boladi. Bu yerda ular ongli ravishda va reja asosida bilim olishni o'zlashtirib, 
yangi kollektiv hayotga moslashadilar. Jajji maktab hayotini hurmat qilishni o'rganadilar. 
Maktab o'quvchisining garderobiga maktab formasidan tashqari sport kostyumlari, mehnat 
darsi uchun ish fartuklari yoki xalatlar, uy yumushlari va o'ynash uchun kiyimlar, hamda 
bayramona liboslar kiradi. 
8-10 yoshlarda bolaning qomati asta-sekin o'zgarib, suyaklari qotib, muskullar 
mustahkamlanib, oyoqlar uzunlashishi qomatga o'zgacha ko'rk bag'ishlaydi, qorinnning 
chiqqani yo'qolib, bel ko'zga tashlanib qoladi. 10 yoshlarda qomat o'zgarib, boshning 
balandligi tana uzunligiga ko'ra 1:6,5 ga teng bo'ladi. 7-8 yoshdagi o'g'il bolalar kiyimlari, 
asosan, kengroq va badandan holiroq bo'ladi, shuningdek, 9-11 yoshdagi o'g'il bolalar 
kiyimlari uchun to'g'ri siluet xarakterlidir, uchburchak siluetni esa kurtka va 
ko'ylakchalarning pastki qismiga belbog'lar, qisqichlar hamda vitochkalar qo'yib, chiroyli 
holatga keltirish mumkin[8]. Bu yoshdagi bolalar o'zlarining bosh vaqtlarida jon deb 
hovlida sport o'yinlari bilan mashg'ul bo'ladilar, konkida, chang'ida uchadilar va h.k., 
shuning uchun kiyimning umumiy shakli erkin bo’lishi zarur. Liboslar uchun va uy 
kiyimlarini ham shu shaklga kiritish mumkin. Bu esa keng miqyosda foydalanish imkonini 
beradi. 7-8 yashar qizlarning kiyimlari to'g'ri siluetda, yoki bel chizig'idan pastga tomon 
kengaygan bo'ladi, 9-10 yoshda esa qomatga nisbatan sal kengroq bo'ladi, 7- 8 yoshdagi 
qizlarning ko'ylagi bel chizig'idan teparoqda, biroz tabiiy holatga yaqin qilib tikilgani 
ma'qul. 9-11 yoshli qizlarning kiyimi esa qomatga nisbatan kengroq bo'lib, turli vositalar 
yordamida pastga qarab kengayib boradi. Ko'ylak bel chizig'i bo'yicha kesmali bo'lishi ham 
mumkin, bunday tipdagi ko'ylakning old tomoni yaxlit bo'lib, bel chizig'i bo'yicha ortidan 
yoki yonidan kesma bo'ladi. Pastki qismi to'g'ri siluetda jemper va bluzkalarning kemasi 
esa bel chizig'idan birmuncha pastroqqa tushiriladi. Ko'ylakning bunday joyiga klapanlar, 
cho'ntaklar, plankalar, xlyastiklar qo'yiladi. 
Yuqori sinf o'quvchilarining kiyimlari. Shunday qilib, maktab o'quvchilarining kiyimlari 
jamlanib, ahamiyatiga qarab asosiy turlarga ajratildi. Ammo bolalar turli xil tadbirlarda 
ishtirok etishlari munosabati bilan, ularning kiyimlari muayyan ko'rinishga ega bo'lishi va 
maqsadga muvofiq bo'lishi lozim. Endilikda, maxsus kiyim-boshlarga zarurat tug'iladi. 
Komplekt kiyimlarni tashkillashtirish dolzarb masalaga aylandi. Bolaning qomati o'zgarib 
boradi. Tez o'sishning yangi etapi keladi: qizlarda 12-13 yoshda, o'g'il bolalarda esa 13-14 
yoshda. Boshning balandligi gavdaning uzunligiga qarab 1:7 yoki 1:7,5 bo'ladi. Qizlarda 
ko'krak aylanasi paydo bo'lib, son va boldirlar kengaya boradi, bel qomati paydo boladi. 
O g i l bolalarda yelka kengayadi, shu sababli tos ingichkalashib, bel qomati yaqqol kozga 
tashlanadigan bo'ladi. Qo'l va oyoqlar uzunlashib, gavdaning umumiy ko'rinishi 
kattalarnikiga o'xshab ketadi.

Download 6,55 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   84




Download 6,55 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O ‘ zbekiston respublikasi oliy va o ‘ rta maxsus ta ’ lim vazirligi toshkent – 202

Download 6,55 Mb.
Pdf ko'rish