|
Neft va gaz1
|
bet | 34/55 | Sana | 15.11.2023 | Hajmi | 1,33 Mb. | | #99030 |
Bog'liq Neft va gazni qayta ishlash korxonalarining jihozlarini tamirlash va ularga texnik xizmat korsatish
6.2.1. Asosiy tushunchalar
Kimyo, neft va gazni qayta ishlash sanoati korxonalarida ko‘p miqdorda gaz hamda gaz aralashmalarini qayta ishlashga to‘g‘ri keladi. Ko‘pgina kimyoviy jarayonlarning atmosfera bosimdan farqli bosim ostida olib borilishi jarayon tezligini oshiradi, qurilma o‘lchamlarining kichik bo‘lishiga va hokazolarga olib keladi.
Gazlarni siqish yordamida ularni quvurlar va qurilmalarda harakati ta’minlanadi hamda vakuum hosil qilinadi. Bundan tashqari havo va gazlarni siqish, ularni aralashtirish, suyuqliklarni purkash uchun ishlatiladi. Kimyo sanoatida qo‘llaniladigan bosim miqdorlari 10-3 dan 108 N/m2 (10-8...103 atm) gacha bo‘ladi.
Gazlarni uzatish va siqish uchun mo‘ljallangan mashinalar kompressor mashinalari deyiladi.
Kompressor mashinasi hosil qiladigan oxirgi bosim p2 ning, gazni so‘rilish paytidagi bosim p1 ga nisbati siqish darajasi deb nomlanadi.
Siqish ko‘rsatkichining qiymati bo‘yicha kompressor mashinalari quyidagi turlarga bo‘linadi:
Ventilyatorlar (p2/p1) < 1,1 – katta miqdordagi gazlarni uzatish uchun.
Gazoduvkalar 1,1 < (p2/p1) < 3 – nisbatan katta gidravlik qarshilikka ega quvurlardan gazlarni uzatish uchun.
Kompressorlar (p2/p1) > 3 yuqori bosim hosil qilish uchun.
Vakuum-nasos atmosfera bosimidan kichik bo‘lgan
bosimlarda gazlarni so‘rib olish uchun.
Kompressor mashinalari ishlash usuli (prinsiði) bo‘yicha porshenli, markazdan qochma, o‘qli va boshqa mashinalarga bo‘linadi.
Porshenli mashinalarda gazlarni siqish hajmining kamayishi hisobiga amalga oshadi. Bunda porshenning ilgarilama-qaytma harakati tufayli gazning bosimi oshiriladi.
|
| |