|
Qobiq-quvurli issiqlik almashuv jihozlari
|
bet | 31/55 | Sana | 15.11.2023 | Hajmi | 1,33 Mb. | | #99030 |
Bog'liq Neft va gazni qayta ishlash korxonalarining jihozlarini tamirlash va ularga texnik xizmat korsatish
Neftni qayta ishlash korxonalarining ko‘pgina issiqlik almashuv jihozlari qobiq-quvurlidir. Bu jihozlarning tuzilish qobig‘i (korpus) silindrik bo‘lib, uning ichiga quvurlarning dastasi joylashtirilgan (11- rasm). Issiqlik almashuv jihozlari qattiq konstruksiyali va quvurlar dastasini mustaqil kompensatsiyalovchi bo‘ladi.
11- rasm. Qobiq-quvurli issiqlik almashuv jihozlari konstruksiyasining chizmasi:
a – qo‘zg‘almaydigan issiqlik almashuv jihozi;
b – linzali kondensatorli issiqlik almashuv jihozi;
d – harakatlanuvchi kallakli issiqlik jihozi;
e – U simon quvurli issiqlik almashuv jihozi.
1 – korpus (qobiq); 2 – tarqatuvchi qopqoq; 3 – tarqatuvchi kamera;
4 – issiqlik almashuvchi quvurlar; 5 – korpusning qopqog‘i;
6 – harakatlanuvchi kallak qopqog‘i.
Davlat standarti bo‘yicha kimyo, neft kimyosi va gazni qayta ishlash korxonalarida qo‘llaniladigan qobiq-quvurli issiqlik almashuv jihozlarining quyidagi turlari ishlab chiqariladi:
N – qo‘zg‘almaydigan quvurli panjarali; K – qobig‘ida harorat kondensirlanadi; P – harakatlanadigan kallakli;
U – U shaklidagi issiqlik almashinuv quvurli.
Issiqlik almashinuv jihozlarning har biri uchun alohida GOSÒ bo‘ladi.
Quvurli pechlarda yoqilayotgan yoqilg‘ining issiqligi quvurli ilonizi orqali o‘tkazilayotgan suyuqlik yoki suyuqlik aralashmasiga beriladi.
Quvurli pechlar bir-biridan konstruktiv yoki texnologik belgilari bilan farqlanadi. Neftni qayta ishlash korxonalarida hozirgi vaqtda ishlatilayotgan pechlarning deyarli barchasi, radiant- konveksiyalidir, ya’ni quvurli ilonizi radiant va konveksiya kameralarida joylashgan.
Òexnologik vazifasiga ko‘ra pechlarni isituvchi va reaksiyali erituvchi deb belgilanadi. Birinchi holatda maqsad xomashyoni kerakli haroratgacha qizdirish, ikkinchisida esa isitishdan tashqari quvurli zmeyevikni alohida qismlarida maqsadda ko‘zlangan reaksiyalar boradi (masalan, termik kreking).
Konfiguratsiyasiga qarab quvurli pechlar, odatda, tekis yoki nishabli shiftli (evod) bo‘ladi, lekin vertikal silindrik pechlar ham uchrab turadi. Pechlarning konfiguratsiyalari va kameralarning o‘zaro joylashishi quvurli ekranlarni radiantli kameralarda joylashishini aniqlab beradi. Quvurlar bilan svod (shiftlar), devorlar (yonbosh, frontal va devor pereval), shuningdek, pechni tagi ekranlanadi. Bir qatorli va ikki qatorli ekranlar bo‘ladi.
Òutunli gazlarning harakati yo‘nalishiga qarab pechlar ko‘tarilayotgan, pastga tushayotgan va gorizontal oqimli bo‘ladi, pastga tushayotgan tutunli gaz oqimida «o‘lik zona»lar bo‘lmaydi, shuning uchun issiqlik berish samaradorligi yuqori bo‘ladi.
|
| |