Pechlarning ishlash prinsiði
Bir kamerali radiant- konveksiyali pechning chizmasi quyida keltirilgan. Pechning ichki hajmi yarim to‘siq – oshib o‘tadigan devor bilan ikkita bo‘linadigan radiant va konveksiya kameralariga bo‘linadi. 12- rasmda ko‘rsatilganidek, kameralarda quvurli ilonizi quvurlar joylashtirilgan. Ularning yuzasi orqali issiqlik almashinadi.
12- rasm. Bir kamerali radian-konversion pechning chizmasi:
1 – devorlar; 2 – shift; 3 – tag qismi; 4 – oshib o‘tadigan yarim devor; 5 – mo‘ri (tutun yuradigan yo‘l); 6 – konveksiya kamerasidagi quvurli zmeyevik; 7 – radiant kamerali quvurli zmeyevik; 8 – forsunka.
Yonish mahsulotlari (tutunli gazlar) devordan oshib, kon- veksion kameradan o‘tib, tutun chiqaruvchi quvurga o‘tkaziladi va undan tashqariga chiqarib yuboriladi. Isitadigan oqim avval konveksiya kamerani zmeyevikli quvurlaridan, so‘ngra radiant kameradan o‘tadi.
Yoqilg‘ini yonishi natijasida pechning ichidagi harorat ko‘tariladi.1300 – 1600°C gacha qizigan alanga issiqlikni nurlatib tarqatadi. Issiqlik nurlari quvurlarni tashqi va radiant kamerani ichki devorining yuzasiga tushadi. Devorlarning qizigan yuzasi, o‘z navbatida, issiqlikni nurlatib beradi va bu nurlar radiant quvurlar yuzasida yutiladi. Agar devorlarning qalinligi bo‘yicha yo‘qoladigan issiqlikni hisobga olmaganda, pechning ichki devorlari qancha issiqlik yutgan bo‘lsa, shuncha issiqlik nurlatadi.
56
Òutunli gazlarning tarkibidagi uch atomli gazlar (suv bug‘i, uglerod ikki oksidi, oltingugurt angidridi) ham ma’lum to‘lqin uzunligida nurlanish energiyasini yutadi va nurlatib chiqaradi. Radiant kamerada yutilayotgan nurlanish issiqligining miqdori alanganing yuzasiga, uning konfiguratsiyasiga va pechka o‘chog‘ining ekranlashtirish darajasiga bog‘liq. Alanga yuzasini kattaligi quvurli yuzasining issiqlikni to‘g‘ri uzatish sama- radorligini orttiradi.
Pechning g‘ishtini terilayotgan vaqtda uning yuzasini oshirish ham radiant kamerada issiqlik uzatish koeffitsiyentini orttiradi. Issiqlikni konveksiya bilan berish samaradorligi tutunli gazlarning konveksiya kamerasidagi tezligiga bog‘liq. Gazlarni katta tezlik bilan o‘tkazishga intilish gazlarning harakatiga bo‘lgan qarshilik bilan chegaralanadi.
Quvurlarning gazlar bilan yanada yaxshi kontaktda bo‘lishi uchun va ularning turbulentligini oshirish uchun quvurlar shaxmat tartibida joylashtiriladi. Ba’zi bir pechlarning konstruksiyalarida yuzasini oshirish maqsadida plastiklar bilan «qovurg‘alashtirilgan» quvurlar ishlatiladi.
|