|
Neft va gaz1
|
bet | 35/55 | Sana | 15.11.2023 | Hajmi | 1,33 Mb. | | #99030 |
Bog'liq Neft va gazni qayta ishlash korxonalarining jihozlarini tamirlash va ularga texnik xizmat korsatishRotorli mashinalarda gazlarni siqish ekssentrik joylashgan rotorning aylanishi tufayli hajmning kamayishi oqibatida hosil bo‘ladi.
Markazdan qochma mashinalarda ishchi g‘ildirakning aylanishi hosil bo‘ladigan inersiya kuchlari yordamida gaz siqiladi.
O‘qli mashinalarda ishchi g‘ildirak va yo‘naltiruvchi qurilma uzunligi bo‘ylab gaz harakatlanganda uning siqilishi sodir bo‘ladi. Vakuum-nasos sifatida har qanday kompressordan foydalanish mumkin. Faqat vakuum-nasos bilan kompressor orasida farq shundaki, vakuum-nasosning so‘rish bosimi atmosfera bosimidan sezilarli kam bo‘lsa, uzatish esa atmosfera bosimidan ko‘proq bo‘ladi. Porshenli kompressorlar kam miqdordagi gazlarni katta bosimlargacha (0,5¼20,0 MPa va undan yuqori) siqishda ishlatiladi.
Òurbokompressorlar esa katta miqdordagi gazlarni nisbatan past bosimlarda (0,15¼1,5 MPa) uzatib berishga mo‘ljallangan.
Aralashtirgichlar neft kimyo sanoatida plastik massalarni aralashtirishda, neft va gazni qayta ishlash sanoati uchun katalizatorlar ishlab chiqarishda ishlatiladi. Bu jarayonda nafaqat turli komponentlar qorishtiriladi, balki katalizator tayyorlashda xamir ezib qorishtiriladi, havo bilan to‘yintiriladi va ma’lum bir xossalarga ega bo‘ladi.
Aralashtirish jarayoni davriy va uzluksiz qorishtirgichlarda olib borilishi mumkin. Bu turdagi qurilmalar ichida romli, shnekli yoki tasmali aralashtirgichlar vertikal yoki gorizontal o‘qda o‘rnatiladi (13- rasm).
13- rasm. Shnekli (a) va tasmali (b, d) aralashtirgichlar chizmasi.
14- rasm. Xamir tayyorlash qurilmasi:
1 – qopqoq; 2 – tayanch;
3 – qobiq; 4 – qorishtirish moslamasi (aralashtirgich).
Kam va yuqori qovushoqli kata- lizator massasini (xamirini) qorish- tirish uchun ikkita sðiralsimon ishchi organli qozonsimon shaklli aralash- tirgichlar ishlatiladi.
Aralashtirish jarayoni yupqa qat- lamda olib borilgani sababli, yuqori darajada intensivlashga erishish mumkin.
Qurilma tubi qozonsimon shaklda yasalgan bo‘lib, 90°C burchak ostida o‘rnatilgan 4 parrakli qorishtirish moslamali aralashtirgichda foyda- laniladi (14- rasm).
Aralashtirgichning aylanish chastotasi 12 min- 1 qorishtirish
jarayoni tugagandan so‘ng, qobiq (3) ag‘dariladi, ya’ni qopqoq
ochiladi va xamir to‘kiladi.
|
| |