• Absorbsiya jarayonini olib borish usullari
  • Absorbsiya chizmalari va jarayonni y-x
  • Absorbent yoki gaz fazaning resirkulyatsiyali chizmalari
  • BOB. ABSORBSIYA VA ADSORBSIYA JARAYONLAR JIHOZLARI Absorbsiya




    Download 1,33 Mb.
    bet37/55
    Sana15.11.2023
    Hajmi1,33 Mb.
    #99030
    1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   55
    Bog'liq
    Neft va gazni qayta ishlash korxonalarining jihozlarini tamirlash va ularga texnik xizmat korsatish

    BOB.


    ABSORBSIYA VA ADSORBSIYA JARAYONLAR JIHOZLARI

      1. Absorbsiya


        1. Umumiy tushunchalar

    Gaz yoki bug‘larning, gaz yoki bug‘li aralashmalardagi kom- ponentlarning suyuqlikda yutilish jarayoni absorbsiya deb nomlanadi. Yutilayotgan gaz yoki bug‘ absorbtiv, yutuvchi suyuqlik esa absorbent deb ataladi. Ushbu jarayon selektiv va qaytar jarayon bo‘lib, gaz yoki bug‘ aralashmalarini ajratish uchun xizmat qiladi.


    Absorbtiv va absorbentlarning o‘zaro ta’siriga qarab, absorbsiya jarayoni 2 ga bo‘linadi: fizik absorbsiya; kimyoviy absorbsiya (xemosorbsiya).
    Fizik absorbsiya jarayonida gazning suyuqlik bilan yutilishi paytida kimyoviy reaksiya yuz bermaydi, ya’ni kimyoviy birikma yangi modda hosil bo‘lmaydi. Agar suyuqlik bilan yutilayotgan gaz kimyoviy reaksiyaga kirishsa, bunday jarayon xemosorbsiya deyiladi, ya’ni kimyoviy absorbsiya.
    Ma’lumki, fizik absorbsiya ko‘ðincha qaytar jarayon bo‘lgani sababli, suyuqlikka yutilgan gazni ajratib olish imkoni bo‘ladi. Bunday jarayon desorbsiya deb nomlanadi. Absorbsiya va desorbsiya jarayonlarini uzluksiz ravishda tashkil etish yutilgan gazni sof holda ajratib olish va absorbentni ko‘p marta qayta ishlatish imkonini beradi.
    Absorbsiya jarayoni sanoat korxonalarida uglevodorodli gazlarni ajratish, sulfat, azot, xlorid kislotalar va ammiakli suvlarni olishda, gaz aralashmalaridan qimmatbaho komponentlarni ajratish va boshqa hollarda keng miqyosda ishlatiladi.
    Absorbsiya jarayoni ishtirok etadigan texnologiyalarni qurilmalar bilan jihozlash murakkab emas. Shuning uchun kimyo, neft va gazni qayta ishlash hamda boshqa sanoatlarda absorberlar ko‘p ishlatiladi.

        1. Absorbsiya jarayonini olib borish usullari

    Xalq xo‘jaligining turli tarmoqlarida absorbsiya jarayonini tashkil etishda quyidagi prinsiðial chizmalar qo‘llaniladi:



    • parallel yo‘nalishli;

    • qarama-qarshi yo‘nalishli;

    • bir pog‘onali, qisman resirkulyatsiyali;

    • ko‘p pog‘onali, qisman resirkulyatsiyali.

    1. a rasmda parallel yo‘nalishli chizma ko‘rsatilgan. Bunda gaz oqimi va absorbent parallel (bir xil) yo‘nalishda harakatlanadi. Absorberga kirishda absorbtiv konsentratsiyasi katta bo‘lgan gaz faza, absorbtiv konsentratsiyasi past bo‘lgan suyuq faza bilan to‘qnashuvda bo‘lsa, qurilmadan chiqishda esa absorbtiv konsentratsiyasi kichik bo‘lgan gaz faza, absorbtiv konsentrat- siyasi yuqori bo‘lgan suyuqlik bilan o‘zaro ta’sirda bo‘ladi.

    16- b rasmda qarama-qarshi yo‘nalishli chizma ko‘rsatilgan.




    16- rasm. Absorbsiya chizmalari va jarayonni y-x koordinatalarda tasvirlash:
    a – parallel; b qarama-qarshi; d – absorbent resirkulyatsiyasi bilan;
    e – absobtiv resirkulyatsiyasi bilan.
    Ushbu chizmali absorberlarning bir uchida absorbtiv konsen- tratsiyasi yuqori gaz va suyuqlik to‘qnashuvda bo‘lsa, ikkinchi uchida esa konsentratsiyalari past fazalar o‘zaro ta’sirda bo‘ladi. Qarama-qarshi yo‘nalishli chizmalarda parallel yo‘nalishliligiga qaraganda, absorbentdagi absorbtiv eng yuqori qiymatiga erishsa bo‘ladi. Lekin jarayonning o‘rtacha harakatga keltiruvchi kuchi parallel yo‘nalishliligiga nisbatan kam bo‘lgani uchun qarama- qarshi yo‘nalishli absorberning gabarit o‘lchamlari katta bo‘ladi. Absorbent yoki gaz fazaning resirkulyatsiyali chizmalari 16-
    d, e rasmlarda keltirilgan. Bunday chizmalarda absorbent ko‘p marta o‘tadi.
    16- d rasmda absorbent bo‘yicha resirkulyatsiyali chizma keltirilgan. Bunda gaz faza absorberning tepa qismidan kirib, past qismidan chiqib ketsa, suyuq faza esa qurilmadan bir necha marta qaytarib o‘tkaziladi. Absorbent qurilmaning tepa qismiga uzatiladi va gaz fazasiga qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanadi. Ya’ni, xb
    konsentratsiyali absorbent absorberdan chiqayotgan suyuq faza bilan
    aralashishi natijasida uning konsentratsiyasi xs ga ko‘tariladi. Jarayonning ishchi chizig‘i y-x diagrammada AB to‘g‘ri chizig‘i
    bilan ifodalanadi. Absorbtivning aralashtirishdan keyingi konsentratsiyasi xs ni moddiy balans tenglamasidan toðish mumkin. Agar absorberga kirishdagi absorbent miqdorini yangi
    absorbent miqdoriga nisbatini n deb belgilansa, moddiy balans tenglamasi quyidagi ko‘rinishda yoziladi:
    G  ( b   ax )  L  (xax xb )  Ln  (xax xc ) .
    .

    Bunda:
    x xax (n  1)  xb c n

    Gaz fazasi resirkulyatsiyali absorbsiya sxemasi 16- e rasmda keltirilgan. Ishchi chiziq holati As (gs, xox) va B (gox, xb) nuqtalari bilan belgilanadi. gs konsentratsiya moddiy balans tenglamasidan
    aniqlanadi:
    ax (n  1)   b .
    c n
    Absorbent harakat tezligi ortishi bilan massa berish koeffitsiyenti ko‘payadi, bu esa, o‘z navbatida, massa o‘tkazish koeffitsiyentining o‘sishiga olib keladi.

    Qiyin eruvchan gazlarni absorbsiya qilish paytida absorbentni resirkulyatsiya qilish usulini qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Agar absorbtiv resirkulyatsiya qilinsa, gaz fazasida massa berish koeffitsiyenti ko‘payadi. Bu usul yaxshi eriydigan gazlarni absorbsiya qilishda yuqori samara beradi.




        1. Download 1,33 Mb.
    1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   55




    Download 1,33 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    BOB. ABSORBSIYA VA ADSORBSIYA JARAYONLAR JIHOZLARI Absorbsiya

    Download 1,33 Mb.