• Issiqlik
  • Kondensatorlar
  • Neft va gaz1




    Download 1,33 Mb.
    bet30/55
    Sana15.11.2023
    Hajmi1,33 Mb.
    #99030
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   55
    Bog'liq
    Neft va gazni qayta ishlash korxonalarining jihozlarini tamirlash va ularga texnik xizmat korsatish

    V BOB.


    ISSIQLIK ALMASHUVCHI JIHOZLAR

    Òexnologik jihozlar ichida issiqlik almashuv jihozlari ko‘p sonlidir. Ular nafaqat texnologik jarayonlarni quvvatlab turadi, balki chiqib ketayotgan issiqlik (sovuq) oqimini regeneratsiya qiladi, shu bilan birga yoqilg‘ini, bug‘ni, shuningdek, sovitish vositalarini (suv, havo, sovitish agentlari) tejaydi.
    Issiqlik almashuv jihozlarida ikki oqim orasida issiqlik almashinadi. Ulardan biri ikkinchisining harorati hisobiga isiydi, shu bilan birga uni sovitadi. Issiqlik almashuv jihozlari maqsadga qo‘zlangan joyda qo‘yilib, shu nom bilan nomlanadi.
    Issiqlik almashuvchi jihozlari – oqim bilan chiqib ketayotgan issiqlikni regeneratsiya qilish uchun qo‘llaniladi. Bu jihozni qo‘llashdan maqsad, sovuq oqimni isitish yoki issiq oqimni sovitish, ayrim hollarda unisi ham, bunisi ham barobariga.
    Isitkichlar – distillyat yoki reagentlarni issiqlik berish hisobiga isitish jihozlari. Bu jihozlarning asosiy maqsadi isitishdir. Issiqlik beruvchi agent sifatida asosan suv bug‘i ishlatiladi. Suv bug‘i kondensirlanganda yuqori issiqlik berish koeffitsiyentiga ega. Issiqlik beruvchi sifatida quvurli pechlarda qizdirilgan yuqori haroratda qaynovchi neft mahsulotlari ham bo‘lishi mumkin.
    Kondensatorlar – sovitiladigan moddaga o‘z issiqligini berayotgan bug‘larni kondensirlab sovitiladigan jihoz.
    Sovitkichlar – sovuq oqimlarni sovitadigan jihoz. Agar sovitish jarayonida suyuqlik oqimidan kristall modda ajralib chiqsa, unday sovitish jihoziga kristallizator deyiladi.
    Kondensatorlarda, sovitkichlar va kristallizatorlarda boradigan asosiy jarayon issiq muhitni sovitishdir.
    Eng arzon sovituvchi agent – quvurlar orqali yoki aylama sistemasidan beriladigan suv. Aylanma sistemalarida suv ko‘p marta gradirnyalarda sovitib ishlatiladi. Havo bilan sovitiladigan jihozlarda sovituvchi sifatida havo ishlatiladi. Muhitni past haroratgacha sovitish uchun bug‘lanadigan muzlatuvchi agentlar – ammiak, propan, etan, freon va boshqalar ishlatildi.
    Issiqlik almashuv jihozlar ikki xil – aralashtiruvchi va yuzali deb nomlanadi. Aralashtiruvchi jihozlarda issiqlik almashuv ikki muhit orasida aralashuv (kontakt) usulida olib boriladi. Yuzali jihozlarda issiqlik almashuv yuza orqali, ya’ni jihozni muhitlar ajratib turuvchi devor orqali amalga oshadi. Shu prinsiðga muvofiq barometrik kondensator (vakuum kolonnalarida) ishlaydi. Bu jihozlarda benzin va suv bug‘lari kondensirlanadi. Bu jihozlarda mahsulotlarni va suvni tez ajralishi, ularning zichligini bir-biridan katta farq qilishi bilan tushuntiriladi.



      1. Download 1,33 Mb.
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   55




    Download 1,33 Mb.