• Òarelkali kolonnalar
  • Oddiy kolonnalar
  • Neft va gaz1




    Download 1,33 Mb.
    bet26/55
    Sana15.11.2023
    Hajmi1,33 Mb.
    #99030
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   55
    Bog'liq
    Neft va gazni qayta ishlash korxonalarining jihozlarini tamirlash va ularga texnik xizmat korsatish

    Nasadkali kolonnalar




    Nasadkali kolonnalar konstruksiyasi bo‘yicha eng sodda bo‘lib, silindrik vertikal jihoz. Butun balandligi bo‘yicha yoki alohida qismlarida ma’lum o‘lchamdagi va konfiguratsiyali jismlar inert materialdan yasalgan nasadkalar bilan to‘ldirilgan bo‘ladi (7- rasm). Nasadkalar pastga tushadigan suyuqlikni va yuqoriga ko‘tarilayotgan bug‘ni intensiv aralashtirishga hamda kontakt yuzasini oshirish uchun mo‘ljallangan. Kontakt va massa almashinuv kolonnada jihozning barcha qismida to‘xtovsiz amalga oshadi. Òarelkali va nasadkali kolonnalarning farqi shunda.
    Nasadkali kolonnalarning ko‘ndalang qismida yuqoridan pastga tushayotgan suyuqlikning barobar taqsimlanishiga erishib
    bo‘lmaydi. Kolonnaning diametri katta bo‘lganda suyuqlikning barobar taqsimlanishi yomon bo‘ladi. Bu jihozlarda fazalarning kontakti yetarli darajada emas. Shuning uchun fazalarni aniq ajratib bo‘lmaydi.


      1. Òarelkali kolonnalar


    Òarelkali kolonnalarning ishlash prinsiði shunga asoslan- ganki, unda jihozni rektifikatsiya jarayoni bug‘ va suyuqlik fazalarini ko‘p bosqichli kontakt usulida olib boriladi. Shu maqsadda kolonna maxsus tarelkalar bilan jihozlangan. Bu tarelkalarda asosan fazalar orasida massa almashinuv boradi. Òarelkalar kolonnalar ichiga gorizontal o‘rnatiladi. Konstruktiv elementlari bilan farq qiladigan tarelkalar ko‘p.




      1. Oddiy kolonnalar




    Bu kolonnalar suyuqliklar aralashmasini rektifikatsiya usulida ikkita fraksiyaga ajratadi (8- rasm). Xomashyo (boshlang‘ich modda) oldin ma’lum haroratgacha qizdiriladi (maxsus qizdirgich jihozlarda), keyin suyuqlik-bug‘ yoki bug‘-suyuqlik aralashmasi holida kolonnani ta’minlovchi tarelkasiga beriladi. Òa’minlovchi tarelka kolonnani shartli ravishda ikkita bo‘lakka ajratadi. Yuqori qismi to‘yintiruvchi yoki konsentratsiyalovchi qism, pastki qismi esa haydovchi, bug‘latuvchi qism deyiladi.
    Konsentratsiyalovchi va haydovchi qismlarida tarelkalarning kerakli miqdori qo‘yiladi, bu tarelkalarda pastdan yuqoriga qarab ko‘tarilayotgan bug‘ni yuqoridan pastga tushayotgan suyuqlik bilan to‘qnashuvi (kontakt) amalga oshiriladi. Bug‘lar va suyuqliklarni bir-biriga qarama-qarshi harakat jarayoni harorat asosida amalga oshiriladi, ya’ni kolonnaga kiritilayotgan xomashyoning harorati va kolonnaning pastki hamda yuqori qismidagi harorat ushlab turiladi. Ishlab turgan rektifikatsion kolonnalarning yuzasi pastga oqib tushayotgan suyuqlik bilan qoplangan bo‘ladi. Òarelkalar shunday tuzilganki, suyuqlikning ortiqchasi pastki tarelkaga oqib tushadi. Òarelkadagi suyuqlik (flegma) ikkala komponentdan tashkil topgan va bu yerda kolonnaga kirayotgan aralashma ajralishi kerak. Bu tarelkadagi aralashmalardagi komponentlarning nisbati,


      1. rasm. Nasadkali rektifikatsiya kolonnasi:

    1 xomashyo kollektori;
    2 – changlatkich; 3,6,7,8,10 nasadka
    qatlamlari; 4, 9 – yig‘uvchi tarelkalar; 5 – o‘tuvchi quvur; 11 – sug‘oruvchi quvur; 12 – shtutser.

      1. rasm. Oddiy tarelkali rektifikatsiya kolonnasi:

    1 xomashyo; 2 – bug‘larni chiqarish; 3 suyuqlikni chiqarish; 4 – issiqlikni olish; 5 – issiqlik berish.

    tarelkaning rektifikatsiya kolonnasidagi (boshqa tarelkalarga nisbatan) tutgan o‘rniga bog‘liq. Ajratiladigan komponentlarning qaynash harorati har xil bo‘lishi kerak. Òemperaturalar farqi qancha katta bo‘lsa, moddalarning ajratilishi va tozaligi shuncha yuqori bo‘ladi. Ajratiladigan komponentlarni shartli ravishda yuqori haroratda qaynovchi (og‘ir) va past haroratda qaynovchi (yengil) komponent deyiladi.





    Download 1,33 Mb.
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   55




    Download 1,33 Mb.