|
Neft va gaz1
|
bet | 25/55 | Sana | 15.11.2023 | Hajmi | 1,33 Mb. | | #99030 |
Bog'liq Neft va gazni qayta ishlash korxonalarining jihozlarini tamirlash va ularga texnik xizmat korsatishOddiy haydash
Suyuqlik aralashmalarini bir marta qisman bug‘latish yo‘li bilan ajratish jarayoni oddiy haydash deb nomlanadi. Oddiy haydash jarayonini eritma komponentlari uchuvchanligi orasidagi farq katta bo‘lgan hollardagina qo‘llash maqsadga muvofiq va yuqori samara beradi.
Oddiy haydash quyidagi usullarda amalga oshiriladi: fraksiyali haydash; deflegmatsiya bilan haydash; suv bug‘i bilan haydash; molekulyar haydash.
Eritmani haydash jarayonida kub qoldig‘ida yengil uchuvchan komponent va distillyat tarkibidagi miqdori maksimal qiymatdan minimalgacha kamayadi. Shuning uchun har xil tarkibli distillyat fraksiyalari turli yig‘gichlarga ajratib olinadi. Har xil tarkibli mahsulot olishga mo‘ljallangan eritmalarni ajratib olish usuli fraksiyali haydash deb nomlanadi.
Oddiy haydash davrida hosil bo‘layotgan bug‘ kubdan chiqarib olinadi va har bir onda kubda qolgan eritma bilan muvozanatda bo‘ladi. Bu usulda haydash atmosfera yoki vakuum ostida haydash usuli issiqlikka chidamsiz eritmalarni ajratish imkoniyatini yaratadi, chunki bu usulda qaynash harorati pasayadi. Shuning uchun ham bu usulda
haydash davrida past haroratli suv bug‘laridan foydalaniladi.
Rektifikatsiya kolonnalari deb, vertikal silindrik – bir-birida erigan suyuqliklar (aralashma) ni ajratadigan maqsadda ko‘zlagan mahsulotni olishga yordam beradigan jihozga aytiladi. Rektifikatsiya jarayonida ikki faza orasida ikki tomonlama massa almashinuv bo‘ladi. Agar suyuqliklarning qaynash harorati har xil bo‘lsa, ularni diffuzion jarayonda rektifikatsiyalab ajratish mumkin. Diffuziya jarayonining amalga oshishi uchun bug‘lar va suyuqliklar bir- biriga qarama-qarshi harakatda bo‘lib, yaxshi kontaktda bo‘lishi mumkin: suyuqlik o‘zining og‘irligi bilan pastga qarab, bug‘lar esa pastdan yuqoriga qarab, bir-biriga qarama-qarshi harakat natijasida bug‘ fazasi yengil qaynovchi komponentlarni, suyuq
faza esa yuqori haroratda qaynovchi komponentlarga to‘yinadi.
Muvozanatdagi sistemaning xossalaridan ma’lumki, muvo- zanatda bo‘lmagan bug‘ va suyuq fazalar bir-biri bilan kontaktda bo‘lganda, sistema issiqlik va massa almashinuvi natijasida muvozanatga intiladi. Demak, rektifikatsiya jarayoni borishi uchun kontaktda bo‘ladigan bug‘ va suyuqlik bir xil bosimda muvozanatda bo‘lmasligi kerak. Boshqacha aytganda, suyuqlikning harakati bug‘ harakatidan past bo‘lishi kerak.
Kontaktning samaradorligini oshirish uchun rektifikatsiya kolonnalari ichida maxsus uskunalari bor, bu uskunalarni konstruksiyalarga qarab to‘xtovsiz (nasadkali kolonnalarda) yoki bosqichma-bosqich (tarelkali kolonnalarda) kontakt amalga oshiriladi.
|
| |