|
Neft va gaz1
|
bet | 24/55 | Sana | 15.11.2023 | Hajmi | 1,33 Mb. | | #99030 |
Bog'liq Neft va gazni qayta ishlash korxonalarining jihozlarini tamirlash va ularga texnik xizmat korsatish IV BOB.
MASSA ALMASHINUV JARAYONLARI UCHUN JIHOZLAR
Neftni qayta ishlash korxonalarida eng ko‘p tarqalgan jarayon- larga massa almashinuv va diffuziya jarayonlari kiradi. Bu jarayon- larning texnologik vazifasi turlichadir. Lekin massa almashinuv jarayonlarining vazifasi aralashmadagi moddalarni diffuzion usul bilan bir fazadan ikkinchisiga o‘tkazishdan iborat. Har bir massa almashinuv jarayoni aniq maqsadga mo‘ljallangan jarayonning nomi bilan ataladi. Masalan, rektifikatsion kolonnasi – bu jihozda rektifikatsiya jarayoni boradi, ya’ni komponentlarni aniq ajratib olish uchun suyuq va bug‘ fazalari orasida massa almashinuv ketadi. Adsorber – adsorbsiya jarayoni boradigan jihoz, ya’ni kerakli komponentlarni ajratish uchun qattiq va gazsimon moddalar o‘rtasida massa almashinuv jarayoni boradi. Ekstraktor – ekstraksiya jarayoni ketadigan jihoz, ya’ni maqsadda ko‘zlangan moddani ajratib olish uchun yoki keraksiz moddani chiqarib tashlash uchun ikki suyuq faza orasida massa almashinuv jarayoni ketadi. Massa almashinuv jarayonining asosiy jihozlari – rektifikatsiya kolonnalarini metallga bo‘lgan ehtiyojining yarmini tashkil qiladi. Ularni to‘g‘ri texnologik hisoblash va konstruktiv yaroq- liligidan jarayonlarni to‘g‘ri olib borishning sifatiga, ya’ni neftni qayta ishlash jarayonining texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlariga
bog‘liqdir.
Umumiy tushunchalar
Ikki va undan ortiq uchuvchan komponentlardan tarkib topgan bir jinsli suyuqlik aralashmalarini ajratish uchun qo‘llaniladigan usullardan eng keng tarqalganlari haydash va rektifikatsiyadir.
Haydash va rektifikatsiya jarayonlari kimyo, neft va gazni qayta ishlash sanoatlarida juda keng ko‘lamda qo‘llaniladi. Masalan, neftni fraksiyalarga ajratish, aromatik moddalar ishlab chiqarish hamda
aralashmalarni dag‘al ajratish uchun qo‘llaniladi. Juda to‘la ajratish uchun rektifikatsiya jarayonidan foydalaniladi.
Haydash va rektifikatsiya jarayonlari bir xil haroratda aralashma komponentlarining turli uchuvchanligiga asoslangandir. Yuqori uchuvchanlikka ega komponent yengil uchuvchan, past uchuvchanlikka ega komponent qiyin uchuvchan deb nomlanadi. Demak, yengil uchuvchan komponent qiyin uchuvchanga qaraganda pastroq haroratda qaynaydi. Shuning uchun ham ular past va yuqori haroratda qaynaydigan komponentlar deb ataladi. Haydash yoki rektifikatsiya jarayonida boshlang‘ich aralashma yengil uchuvchan komponenti bilan boyitilgan distillyat va qiyin uchuvchan komponent bilan boyitilgan kub qoldig‘iga ajraladi. Haydash jarayonida hosil bo‘lgan bug‘ kondensator – deflegmatorga kondensatsiyalash natijasida distillyat olinadi.
Qurilma kubida esa kub qoldig‘i qoladi.
|
| |