• Vertikal silindrik rezervuarlarning korpusi
  • Silindr shaklidagi vertikal rezervuarlar




    Download 1,33 Mb.
    bet20/55
    Sana15.11.2023
    Hajmi1,33 Mb.
    #99030
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   55
    Bog'liq
    Neft va gazni qayta ishlash korxonalarining jihozlarini tamirlash va ularga texnik xizmat korsatish

    Silindr shaklidagi vertikal rezervuarlar




    Silindrik vertikal rezervuarlar neft mahsulotlari saqlanadigan eng keng tarqalgan idishlardir. Ular gorizontal rezervuarlarga nisbatan kam joy oladi va ularni tayyorlashga kam metall sarflanadi. Ular ekspluatatsiyada qulay, ichidagi suyuqlik oson yo‘l (usul) bilan aniqlanadi. Vertikal silindrik rezervuarlarning hajmi 25 m3 dan 100000 m3 gacha bo‘ladi. Ko‘pgina rezervuarlar standartlashtirilgan, qolganlari maxsus loyiha bo‘yicha yasaladi. Rezervuarlar mustahkam zichlashtirilgan asosga va uning ustiga to‘shalgan (0,06 – 0,1m) qum ustiga o‘rnatiladi. Rezervuarlarning pastki qismi korroziyaga uchramasligi uchun qum yotqizilgan joyning ustki qismiga bitum yoki mazut surtiladi. Asos (fundament) konus shaklida bo‘ladi, asosning diametri rezervuarning diametridan 1 – 1,2 m ga katta bo‘lishi kerak. Nishabi markazdan chekkasiga qarab 1:120 nisbatda bo‘lishi kerak.
    Rezervuar asosidagi qumning to‘kilib-sochilib ketishining
    oldini olish maqsadida fundamentning atrofini 0,25 – 0,3 m qalinlikdagi beton yoki tosh devor bilan o‘rab qo‘yiladi.
    Sanoatda hozirgi vaqtda rezervuarlarni metall plastinkalarini payvandlash (ulash) yo‘li bilan tayyorlanadi. Bu usul bilan rezervuarning barcha qismlarini alohida-alohida tayyorlanadi. Buning uchun metall listlari vallar orasidan o‘tkazilib payvand qilinadigan joylari – silindrik korpus uchun, kesilgan va bichilgan metall listlar – qopqog‘i va tag qismi uchun tayyorlanib qo‘yiladi.
    Korxona sharoitida fermalar, narvonlar va maydonchalar tayyorlanadi. Rezervuarlar o‘rnatiladigan joyda yig‘iladi. Rezervuarlarning pastki qismi usun «asos» (fundament) tayyorlanadi. Rezervuarlarning tag qismini tashkil qiluvchi listlar bir-biriga uchma-uch qilib ulanadi yoki avvaliga ko‘ndalang choklar ulanadi, keyin uzunasiga payvandlanadi. Payvandlash qo‘lda yoki avtomatik ravishda bir bosqichli usulda tag qismini markazdan chetki qismiga qarab olib boriladi.
    Òag qismining barcha listlari periferiya qismlaridan tashqari bir xil o‘lchamda (1500½6000 mm) bo‘ladi. Periferiya listlari bichilganda jihozning pastki qismi dumaloq bo‘lishi kerak. Rezervuarning korpusini belbog‘lari bo‘yicha yig‘iladi. Ular valsovka qilib tayyorlab va poyaslar (belbog‘lar) bir-biri bilan uchma-uch yoki ko‘ndalang (âíaõëåñòkó) choklar usulida payvand qilinadi, chunki vertikal choklar meridian choklar bilan ustma-ust tushib qolmasin va har xil tomonlarda joylashsin. Ko‘n- dalang payvand qilinganda poyaslar teleskoðik ravishda, ya’ni har bir poyasning diametri pastdan yuqoriga qarab kamayib boradi (2- a rasm) yoki zinapoya (2- b rasm) shaklida bo‘ladi.



    2- rasm. Vertikal silindrik rezervuarlarning korpusi:
    a – poyaslarning teleskopik joylashishi;
    b – poyaslar zinasimon joylashgan; d – rezervuar korpusining devorlariga kuch ta’siri.
    3- rasm. Vertikal silindrik rezervuarlarning konstruksiyasi:
    1 rezervuar korpusi; 2 – shveller yoki burchaksimon metall bilan o‘ralgan mustahkamlik kamari;
    3 – markaziy tayanch joyi;
    4 – shitlar.

    Vertikal silindrik rezervuarlarning o‘lchamlari eng tejamli balandligini hisobga olib aniqlanadi, ya’ni shunday balandlik qabul qilinadiki, bunda shu berilgan hajmda metallning sarfi eng kam bo‘lsin (3- rasm). Agar barcha poyaslarning listlari bir xil qalinlikda deb olinsa, unda rezervuarlarning balandligini quyidagi formula yordamida toðiladi:




    H .

    Bunda: v – rezervuar hajmi;
    l – korpus devorining qalinligi, son jihatidan 1 m2 tag (osti) qismini va qopqog‘ini stroðillar bilan hisoblaganda;
    s – korpus devorining qalinligi (yoki alohida poyasning).


    H .
    Bunda: trux – poyas metallning ruxsat etilgan kuchlanishi;
    g – rezervuar ichidagi suyuqlikning solishtirma og‘irligi.
    Rezervuarning hajmini va balandligini bilib, uning diametri aniqlanadi.
    Rezervuarlarni yasash tajribasi shuni ko‘rsatadiki, rezervuar- larning hajmi bilan balandligi va metall sarfi o‘rtasida qattiq bir bog‘liqlik yo‘q. Baland rezervuarlar uchun devorlari qalin bo‘lishi zarur, chunki ularning mustahkamligini ta’minlash kerak. Lekin past rezervuarlarni xuddi shunday hajmdagi tag qismiga va yoðish uchun ko‘p metall ketadi.
    Poyaslar sonining (n) balandligiga (H) qarab, po‘lat listlarning kengligiga (b) va aylana choklarning turiga qarab aniqlanadi.
    Rezervuarlarning devorlariga gidrostatik bosim balandlik bo‘yicha uchburchak qonuniga binoan aniqlanadi (2- d rasm). Bosim eng yuqori poyasning devorlariga kam ta’sir qiladi, lekin bu holda ham listning qalinligi 4 mm dan oshmasligi kerak (hisoblarning natijalari qanday bo‘lishiga qaramasdan). Qolgan bog‘lar listlarining qalinligini l suyuqlikning rezervuar devoriga gidrostatik bosimiga mustahkam qarshiligi shartiga qarab, ya’ni – 0,002 MN/m2 yoki vakuumga –0,0002 MN/m2 ga teng qilib olinadi va quyidagi formula bilan hisoblanadi:
    h D

    S
    2 rux
      C .

    Bunda: h – to‘ldirilgan rezervuarning yuzasidan hisoblanadigan bog‘gacha bo‘lgan masofa (lekin shu bog‘ning pastki chokidan 0,3 m dan baland emas (2- d rasm);
    j – vertikal chokning mustahkamlik koeffitsiyenti;
    C – korroziyaga qo‘shimcha.
    Rezervuarlarning ichki yuzasini korroziyadan saqlash uchun qoplamalar tayyorlanadi. Bu qoplamalar maxsus korxonalarda

    (transportirovka) tashishga qulay shitlar holida tayyorlanadi. Shit shveller va ugolniklardan yasalgan karkas bo‘lib, qalinligi 2,5 mm bo‘lgan yupqa po‘lat bilan qoplangan bo‘ladi. Ular rezervuarning ichki qismi korpusiga payvand qilinadi. Agar rezervuarning diametri katta bo‘lsa yoki qopqog‘i tekis bo‘lsa, shitlarning ikkinchi tayanchi bo‘lib markaziy quvurli yoki panjarali ustun hisoblanadi. Bu ustun rezervuarning ichiga o‘rnatiladi. Diametri D bo‘lgan rezervuarning fermalar soni (n) quyidagi formula bilan aniqlanadi:
    D
    n .
    5
    Rezervuarlarning ichidagi bosim yoki vakuum ko‘rsatilgan qiymatlardan ortib yoki kamayib ketmasligi uchun uni kerakli qurilmalar bilan jihozlanadi. Bu jihozlar bosim hosil qiluvchi gazlarning chiqishini va atmosferadan kiradigan havo va gazlarni boshqaradi, vakuum hosil bo‘lishining oldini oladi, ya’ni rezervuarning nafas olish jarayonini boshqaradi.



      1. Download 1,33 Mb.
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   55




    Download 1,33 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Silindr shaklidagi vertikal rezervuarlar

    Download 1,33 Mb.