|
Neft va gaz1
|
bet | 18/55 | Sana | 15.11.2023 | Hajmi | 1,33 Mb. | | #99030 |
Bog'liq Neft va gazni qayta ishlash korxonalarining jihozlarini tamirlash va ularga texnik xizmat korsatishKauchuk asosidagi materiallar – rezina, ebonit jihozlarning yuzasini (gummirovat) qoplash uchun ishlatiladi.
Grafit asosidagi materiallar – jihozga kimyoviy barqarorlik berish bilan birga issiqlikni yaxshi o‘tkazadi.
Uglegrafitli materiallardan agressiv muhitda ishlovchi (–18°C dan +150°C gacha) issqlik almashinuvchi jihozlar yasaladi. Grafit yaxshi qirqiladi, sintetik yelim va kislotaga chidamli zamazka bilan yaxshi yoðishadi.
Lak-bo‘yoq qoplamalari – agressiv muhitga uchraydigan jihozlarni himoya qilish uchun ishlatiladi. Ular arzon va barcha tekis yuzaga surkaladi.
Moylash jarayoni quyidagi operatsiyalardan iborat:
Yuzani tayyorlash (yuzani tozalash va yog‘sizlantirish).
Gruntlash (gruntni bir xil qalinlikda surtish va quritish).
Gruntlangan yuzani tekislash.
Òekislangan (silliqlangan) yuzani qum bilan tozalash.
27
Bo‘yash.
Bo‘yalgan yuzani quritish.
Hozir neft va gazni qayta ishlash sanoatida keng ishlatiladigan asosiy jihoz va qurilmalar haqida qisqacha ma’lumot berib o‘tishni joiz deb bildik.
Sinov savollari
Sanoatda po‘latning ishlatilishini aytib bering.
Po‘latning yuqori haroratdagi holatini tushuntiring.
Po‘latning oquvchanligi nima?
Relaksatsiya hodisasini tushuntirib bering.
Po‘latning past haroratdagi holatini tushuntiring.
Po‘latning korroziyasi haqida ma’lumot bering.
Uglerodli po‘latlar qanday bo‘ladi?
Oddiy po‘latlarni markalash nima?
Po‘latlarni nima uchun legirlanadi?
Cho‘yan haqida axborot bering.
Rangli metallarga izoh bering.
Mis va uning qotishmalari haqida aytib bering.
Sanoatda ishlatiladigan metall bo‘lmagan materiallarga nimalar kiradi?
Organik materiallarga bo‘lgan ehtiyoj qanday?
|
| |