|
Kislotaga chidamli keramika
|
bet | 16/55 | Sana | 15.11.2023 | Hajmi | 1,33 Mb. | | #99030 |
Bog'liq Neft va gazni qayta ishlash korxonalarining jihozlarini tamirlash va ularga texnik xizmat korsatishKislotaga chidamli keramika – tabiiy yoki to‘yintirilgan loyni qum va dala shpatini aralashtirib, yuqori haroratda toblab (ðishirib) tayyorlanadi. Ular gazni o‘tkazmaydi, yuqori haroratga, kuchli kislotalarga chidamli. O‘yuvchi ishqor muhitida esa kislotaga chidamli keramika beqarordir (chidamsiz).
Quyilgan tosh – eritilgan diabaz yoki bazoltning tog‘ jinslarini yuqori haroratda eritib olinadi. Ulardan quyish yo‘li bilan qoplama (futerovka) plitalari yoki fasonli detallar (quvurlar, shtuserlar, lotoklar va hokazo) yasaladi. Quyilgan tosh buyumlari yuqori kimyoviy jarayonga barqaror, mexanik mustahkam, gazlarni o‘tkazmaydi va haroratga, ishqalanishga chidamli.
Futerovka plitalari va himoya qilinishi kerak bo‘lgan yuzani mustahkam ushlab turish uchun (adgeziya) qovushqoq materiallar ishlatiladi. Ular alohida plitalarning bir-biri bilan mustahkam biriktirib turadi. Shuni aytish kerakki, futerovka monolit bo‘lishi, ya’ni plitalar quyidagicha yoðilishi kerak. Futerovka materiali qovushqoq bo‘lishi shart, barcha choklarni to‘ldirishi va futerovka qilinadigan yuzaga yupqa qavat bilan yoðilishi kerak. Suyuq shishadan ishlangan materiallar zamazka sifatida keng ishlatiladi, uni natriyli yoki kaliyli suyuq shishani olib, ichiga quyuqlashtiruvchi sifatida andezit, kvars yoki quyma tosh uni qo‘shib tayyorlanadi. Jihozlarni futerovka qilish uchun kislotaga 250°C haroratgacha barqaror bo‘lgan arzolit zamazkasi, shuningdek, kislotaga va issiqqa, bosimga chidamli betonlar ishlatiladi.
Emal bilan suvalgan yuzalar korroziyaga uchramaydi va barqarordir. Emal qatlami yupqa shishasimon massa bo‘lib, metallning yuzasiga surtiladi va 800 – 900°C da qizdirib ðishiriladi. Shishasimon massani qum, dala shpati, har xil loylarni, bura, soda, selitra va boshqa materiallar bilan kerakli nisbatda eritib olinadi. Massaning tarkibiga kiruvchi nikel va kobalt massani metall yuza bilan yoðishish xususiyatini orttiradi va emalga kerakli rang beradi. Himoyalanadigan yuzaga oldin emal massasini (shliker) gruntovka – asos qilib beriladi va unga termik ishlov berilgandan so‘ng metall yuza bilan mustahkam yoðishib qoladi. Uning ustidan emalni ikkinchi marta beriladi, yuqori haroratda ishlov berilgandan so‘ng emal qatlami gruntovka bilan jiðslashib ketadi. Bu emal qatlami o‘zining kislotaga va umuman korroziyaga chidamliligi bilan farqlanadi. Emallarni yuzaga ho‘l yoki quruq usul – pulverizatsiya (seðish), quyish, vannaga solib olish bilan beriladi. Emallarni yuqori haroratda qayta ishlash-quydirish massaning tarkibiga, emallangan yuzaning konstruksiyasiga bog‘liq.
Emal qavatida gaz pufakchalari, darz ketgan yoriqlari va uning
kuyib ketgan joylari bo‘lmasligi kerak.
Emal qavatlari yuqori mexanik mustahkamlikka ega. Bu emallarni yuqori bosimda (5MPa), chuqur vakuumda va –30°C dan +300°C gacha haroratda ishlaydigan jihozlarni emallashda qo‘l keladi.
|
| |