¹
|
Chidamlilik guruhi
|
Korroziya tezligi, mm/yil
|
ball
|
1.
|
Mukammal barqaror.
|
0,001 gacha
|
1
|
2.
|
Juda barqaror.
|
0,001 – 0,005 dan yuqori
|
2
|
|
|
0,005 – 0,01 dan yuqori
|
3
|
3.
|
Barqaror.
|
0,01 – 0,05 dan yuqori
|
4
|
|
|
0,05 – 0,1
|
5
|
4.
|
Barqarorligi past.
|
0,1 – 0,5
|
6
|
|
|
0,5– 1,0
|
7
|
5.
|
Barqarorligi kam.
|
1,0 – 5,0
|
8
|
6.
|
Beqaror (chidamsiz).
|
5,0 – 10,0
|
9
|
|
|
10 mm dan ko‘p
|
10
|
Metallarning korroziyaga barqarorligi bir qancha omillar natijasida sezilarli darajada pasayadi. Bularga: soviganda paydo bo‘ladigan havo bo‘shliqlari (rakovina), aralashmalarning barcha hajmi bo‘yicha barobar taqsimlanmasligi, qizib sinish, sovuqdan sinish va hokazolar kiradi. Korroziyaning intensivligi musbat va manfiy zaryadlarning o‘zgarishi natijasida (metallni korroziya charchoqligi) ortadi. Korroziyaga chidamliligini orttirish uchun metallga uni eritish vaqtida legirlaydigan elementlar: xrom, nikel, molibden, titan va boshqalar qo‘shiladi. Po‘latning tarkibidagi bu metallarning har xil nisbatda bo‘lishi unga talab qilingan darajadagi xususiyatlarni beradi, shu jumladan, korroziyaga qarshi yuqori harorat va agressiv muhitda chidamliligini orttiradi.
Uglerodli po‘latlar
NQIK ko‘pgina jihozlari va uskunalari yaxshi payvand qilinadigan (ulanadigan), tarkibida 0,25% uglerod bo‘lgan po‘latdan yasaladi. Oddiy va yuqori sifatli uglerodli po‘latlar GOSÒ bo‘yicha ishlab chiqariladi. Unga binoan 2 guruh po‘lat ishlab chiqariladi. A-SÒ-1, SÒ-2... guruh bu guruhga kiruvchi metallarni mexanik xususiyatiga ahamiyat beriladi va BSÒ-1, BSÒ-2, BSÒ-3 guruh va hokazo ularning kimyoviy tarkibiga ahamiyat beriladi.
Marten yoki elektr pechlarida eritib olingan uglerodli po‘latlar tindirilgan va qaynovchi guruhlarga bo‘linadi. Òindirilgan va qaynovchi po‘latlarning (bir xil markadagi) mexanik xususiyati bir xil, lekin qaynovchi po‘latni ko‘p talablarga javob bera oladigan jihozlarni yasash uchun ishlatilmaydi yoki kam ishlatiladi. Eritib olish jarayonida qaynovchi po‘latga qo‘shimcha ishlov berilmaydi. Uning ichida erib qolib ketgan havo, gazlar va boshqa zararli birikmalarni chiqarib olinmaydi. Shuning uchun qotgan po‘latning ichida ko‘p gaz pufakchalar qolib ketadi. Prokatni qayta ishlash vaqtida puffakchalar berkilib qoladi va kuchlanishning konsentrlangan markazi bo‘lib qoladi. Bundan tashqari qaynovchi po‘latdan oltingugurt va fosfor yomon tozalanadi.
|