Oddiy sifatdagi uglerodli po‘latni ishlatish sohasi
SÒO – sovitkichlar uchun qutilar, zinalarning panjara maydonchalari, fasonli o‘tkazgichlar.
SÒ1 – flanesli birikmalar uchun zichlash tirgichlari.
SÒ2 – javobgarligi kam bo‘lgan idishlarning pastki qismlari.
SÒ3-R = 1,6 MPa va Ò = –10¼+350°C gacha ishlaydigan jihozlarning korpuslari.
SÒ3-R = 5 MPa va Ò = –30°C¼+450°C gacha ishlaydigan jihozlarning korpusi, tag qismi, flyaneslar.
SÒ5 – tortish uzugi, (halqasi) quvurli panjara, boltlar, nasoslarning vali (o‘qi).
SÒ7 – himoya qopqoqlarining (klapan) prujinalari va boshqa ko‘p talablarga javob beradigan qismlar.
R = MPa va Ò = –40°C dan +450°C gacha ishlaydigan jihozlarni tayyorlash uchun sifatli uglerodli po‘lat ishlatiladi. Ular yaxshi egiluvchanlik va ulanish xususiyatiga egadir.
Legirlangan po‘latlar
Jihozlarga korroziyaga qarshi chidamliligi qattiqlik bo‘yicha alohida talablar qo‘yilganligi uchun ular GOSÒ yoki ÒU bilan tayyorlangan legirlangan po‘lat ishlatiladi. Legirlovchi qo‘shim- chaning miqdoriga qarab past, o‘rta va yuqori legirlangan po‘latlarga ajratiladi. Legirlangan po‘latlar legirlovchi moddaning nomiga o‘xshab nomlanadi: Xromli, xromnikelli, xromnikel molibdenli va hokazo.
Legirlangan po‘latlarni legirlovchi elementni bildiruvchi shartli belgi harf bilan belgilanadi: N–nikel, M–molibden, Ò–titan, X–xrom, Si–kremniy, W–volfram, V–vanadiy. Harflardan keyin keladigan sonlar shu legirlaydigan metallning foiz miqdorini bildiradi.
Yuqori legirlangan po‘latlar qimmatbaho, kamyob, shuning uchun ko‘ðincha jihozni korroziyaga chidamli qilib tayyor- langanda, ularni ikki qavat qilib tayyorlanadi. Asosiy qavat (ustki qismi) uglerodli po‘latdan yasaladi, himoyalovchi qavat (ichki qismi) esa yupqa legirlangan po‘latdan yasaladi.
|