|
Neft va gaz1
|
bet | 11/55 | Sana | 15.11.2023 | Hajmi | 1,33 Mb. | | #99030 |
Bog'liq Neft va gazni qayta ishlash korxonalarining jihozlarini tamirlash va ularga texnik xizmat korsatishPo‘latning past haroratdagi holati
Neftni qayta ishlashning ba’zi bir jarayonlari past haroratda (0°C dan past) olib boriladi. Shuning uchun past haroratda olib boriladigan jarayonlar uchun material (po‘lat) tanlanganda ular past haroratda qanday holatda bo‘lishini bilish zarur. Mustahkamlik chegarasi, egilishi va nisbiy uzayish harorat pasayishi bilan ko‘p o‘zgarmaydi. Past harorat hamma po‘latlarning urishga cho‘zi- luvchanligini pasaytiradi. Urishga cho‘ziluvchanlik po‘latning mo‘rtlik xususiyatini xarakterlaydi.
Òajriba vaqtida har xil haroratda po‘latni sovuqda sinishining boshlang‘ich chegarasi toðiladi, ya’ni po‘latni cho‘zilib sindi- rishdan, cho‘rt sinishga o‘tish harorati toðiladi. Mo‘rt holda burilish- sinish ba’zi bir uglerodli po‘latlarda 0°C da boshlanadi. Mo‘rtlikka asosiy sabablardan biri bu po‘latning tarkibidagi fosfordir.
Po‘latning tarkibidagi uglerodning kamayishi mo‘rtlilikni kamaytiradi. Past haroratda ishlaydigan jihozli yuqori sifatli, tarkibida juda oz miqdorda oltingugurt va fosfor bo‘lgan marten po‘latlaridan (–40°C gacha), marganes qo‘shilgan past legirlangan po‘latlardan (–70°C gacha), yuqori legirlangan xromnikelli po‘latdan (–180°C gacha) tayyorlanadi. Hozir sovuqda sinmay-
digan rangli metall va qotishmalardan tayyorlangan jihozlar keng ko‘lamda ishlatilmoqda.
Po‘latlarning korroziya (zanglash)ga barqarorligi
NQIK jihozlarini tayyorlash uchun material tanlanganda ko‘ðincha aniqlik kirituvchi omil sifatida muhitning agressivligi qabul qilinadi. Ishlatilayotgan metall jihozning uzoq vaqt ishlashini ta’minlanib qolmasdan, balki olinayotgan mahsulot va texnologik jarayonga o‘zi hamda uning korroziya mahsulotlari ta’sir etmasligi kerak.
Metall va qotishmalar korroziyasining tezligini laboratoriya sharoitida ma’lumotnomalardan foydalaniladi va tajribaga talabga javob beradigan qimmatbaho bo‘lmagan material (po‘lat)lar tanlab olinadi.
Po‘latlarning kimyoviy tarkibi va strukturasi bir xil emas, shuning uchun ularning agressiv muhitdagi barqarorligi yuqori bo‘lmaydi. Agar adabiyotlardan tekshirilayotgan materiallar toðilmasa, u holda shu sharoitda uni korroziyaga chidamliligi o‘rganilib chiqiladi va olingan natijalar taklif qilinadi (2- jadval).
2- jadval
|
| |