Texnologiya fanini o‘qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanish, o`quvchi yoshlarda texnik ijodkorlikni shakllantirish




Download 332,5 Kb.
bet9/12
Sana03.12.2023
Hajmi332,5 Kb.
#110357
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
2.3. Texnologiya fanini o‘qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanish, o`quvchi yoshlarda texnik ijodkorlikni shakllantirish
Bugungi kunda zamon shiddat bilan rivojlanib borar ekan, bo‘lg‘usi pedagoglardan yana ham yuksakroq marralarni ko`zlash, fan, texnika va texnologiyalar borasidagi yangiliklardan xabardor bo‟lish talab etilmoqda. Qadim zamonlardan beri ulig‟ ajdodlarimiz yangilikka ishtiyoqmand bo`lib kelganlari va sharqda renesans davrini boshlab berganliklarini dunuo hamjamiyati tan olgan.
Xususan ilm olishga, hunar o‘rganishga, biror bir kasb egasi bolishga intilish bizning bobokalonlarimizda juda kuchli bo‟lgan va bu o‘z navbatida diyorimizda juda ko‘p dunyo ilm-fani rivojida katta hissa qo‟shgan allomalar etishib chiqishiga sabab bo‘lgan.
Bugungi kunda yurtimizda ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan tub islohatlar yurtboshimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev aytganlaridek, mamlakatimiz kelajagi hisoblangan yoshlarning Vatanimiz ravnaqi yo‘lida har taraflama yetuk shaxs sifatida rivojlanishi, ularning raqobatbardosh kadrlar bo‘lib yetishishi uchun xizmat qilib kelmoqda. XXI asr fan texnika shiddat bilan rivojlanayotgan davrda har bir sohaga xorijiy tajribalar, yangi loyihalar kirib kelayotgani mamlakatimiz rivoji va ta‘lim sohasida o‟zgarishlar sodir bo‘lishiga olib kelmoqda. Ta'lim sohasida olib borilayotgan islohotlar xalqimizing boy madaniy merosi, tarixiy an‘analarini to‘liqligicha saqlab qolish, hunarmandchilikni keng targ‘ib qilish maqsadida 2017- yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Hunarmandchilikni va texnologiyalarni rivojlantirish to‘g‘risidagi” farmoni Davlat Ta'lim Standartlariga to‘laligicha mos kelgan holatda uning sifatini oshirish uchun xizmat qilib kelmoqda.
Umumta‘lim maktablarida texnologiya fani o‘qituvchilari o‟zlarini ikkinchi darajali fan o‟qituvchisi deb his qilmasliklari va ushbi fanni chuqur egallagan holda o‟quvchilarda ham fanga qiziqish uyg‘ota olishlari kerak. Texnologiya fani o‘qituvchilari dars o‘tish jarayonida ushbu fanning jamiyatdagi o‘rni va mazmunmohiyati, fanning o‘qitilishdagi maqsadlarini o‘zlari teran his etishlari va shu bilan birga o‘quvchilarga mehnatsevarlikni, ijodkorlikni va qaysidir ma‘noda tadbirkorlikni o„rgatishlari lozim.
“Ma‘lumki о‘qituvchilik kasbi о‘ta ma‘suliyatli kasb bо„lib, turli integratsion bilim va kо„nikmalarni talab etadi. Texnologiya fani о„qituvchisi kelajakda о„quvchilarga bilim berish bilan birga ularda ma‘lum kasb-hunarga oid kо„nikma -larni shakllantiradi. Bunda berilgan buyumlarni tayyorlashda о„qituvchi yuqori malaka va kasbiy mahoratga ega bо‘lmog‘i kerak. Ushbu natijaga erishish uchun bilim va kо‘nikmalardan tashqari о‘qituvchining о‘z sinalgan uslubi, ta‘lim va tarbiya orqali о‘quvchilarga ta‟sir о‘tkaza olish qobiliyati bо‘lishi lozim. Dars jarayonida о‘quvchilarga bilim berish bilan birga ularda mehnat qilish kо‘nikmalarini о‘stirish va mehnat orqali tarbiyalash kо‘nikmasiga ega bо‘lishni talabalarga oliy ta‟lim muassasalarida shakllantirish lozimdir.
“O‘quvchilarni mehnat va kasb olamiga olib kirish borasida “Texnologiya” fani muhim о‘rin tutadi. Uning metodikasini takomillashtirish, moddiy jihozini mustahkamlash, maktabni о‘z atrofidagi sanoat ishlab chiqarish sohasi bilan aloqasini mustahkamlash, ijtimoiy foydali, unumli mehnatni tashkil etish, uning tarbiyaviy iqtisodiy samaradorligini oshirish va ta‘lim bilan qо‘shib olib borish, о‘quvchilarni mehnatga tayyorlashni yaxshilash hozirgi kunning dolzarb vazifalaridan biridir.
Texnologiya fani darsi maktabdagi boshqa fanlar uchun umumiy didaktik prinsiplarni qо‘llasada, uning о‘ziga xos xususiyatlari ham mavjud. О‘quvchilar bilish faoliyati bilan emas, balki yaratish faoliyati bilan shug‘ullanadilar. Texnologiya fani predmetlari, qurollari, jarayonlari oddiy о‘rganish obyekti sifatida emas, balki о‘quvchilar ishlarini faollashtiruvchi kо‘rsatmalilik vositasi, didaktik material, ta‘limning texnik vositasi sifatida xizmat qiladi.
Texnologiya fani о‘quv fani sifatida ana shu va boshqa xususiyatlarini о‘rgatadi.”
Texnologiya fanini o‘rganish materiallar, ularning xossalarini o‘rganishdan hamda ushbu materiallarning xususiyatlaridan kelib chiqib ulardan turli buyumlar tayyorlashdan iborat bo‟ladi. Ushbu jarayon o‘qituvchilardan texnologik bilimlarni qo‘llash, kreativ va texnik fikrlash orqali tayyor buyumlarning sifat darajasini tahlil etish va o‟quvchilarga kasbiy bilimlarni singdirishdan iborat.
O‘quvchilarni yoshligidan mehnatga o‘rgatish kelajak hayotlaida juda katta samara beradi. Bunda mehnat ko‟nikmalari bilan birga o‘quvchilarda kreativlik, texnik bilimlar, kollektiv ijodkorlik kabi qobiliyatlarni ham shakllantirish zarur.
Mashhur idealist faylasuf E.L. Radlov tomonidan yigirmanchi asr boshidagi eng obro'li falsafiy lug'atlardan birida ijodkorlik biror narsaning yaratilishi bilan bog'liqligi, yaratilish qobiliyati xudoga eng xos bo'lganligi va odam faqat nisbatan ijodiy harakatlarni bajarishi mumkin ... Bunday bayonotlar bilan bir qatorda, ijodiy jarayon tarkibida ongsiz jarayonlarning mavjudligiga e'tibor qaratildi. Keyinchalik, ijodkorlikning har xil turlarini ilmiy o'rganish o'zgargani sari, umuman unga bo'lgan munosabat ham, ijodga berilgan ta'riflar ham o'zgardi. So'nggi paytlarda, asosan, yangi mahsulotning yaratilishi ilgari bo'lmagan ijodkorlik bilan bog'liqligiga e'tibor qaratildi; ijodkorlik inson faoliyatining turli sohalarida, yangi moddiy va ma'naviy qadriyatlar vujudga kelganda namoyon bo'ladi.

Download 332,5 Kb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Download 332,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Texnologiya fanini o‘qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanish, o`quvchi yoshlarda texnik ijodkorlikni shakllantirish

Download 332,5 Kb.