II BOB. TEXNOLOGIYA DARSI JARAYONIDA O‘QUVCHILARNI INTELLEKTUAL QOBILIYATINI RIVOJLANTIRISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNING AHAMIYATI




Download 332,5 Kb.
bet6/12
Sana03.12.2023
Hajmi332,5 Kb.
#110357
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
II BOB. TEXNOLOGIYA DARSI JARAYONIDA O‘QUVCHILARNI INTELLEKTUAL QOBILIYATINI RIVOJLANTIRISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNING AHAMIYATI
2.1. Texnologiya darsi jarayonida o‘quvchilarni intellektual qobiliyatini rivojlan-tirishda innovatsion texnologiyalarning ahamiyati
Har bir xalqning, millatning ertangi kuni o‘sib kelayotgan yosh avlodning bugun qanday ta’lim tarbiya-tarbiya olayotgan farzandlarimizga, ularning har tomonlama yetuk va barkamol insonlar bo‘lib yetishishiga bog‘liq. Bu kelgusida ajdodlarimizning hayrli ishlarini davom ettiradigan o‘zidan keyingi avlodlarga ozod va obod Vatanni meros qilib qoldiradigan hamda O‘zbekistonning buyuk kelajagini yaratuvchi kishilardir. Shu sababli butun diqqat e’tiborni barkamol avlod tarbiyasiga qaratilgan. Bunday mas’uliyatli vazifani bajarish hozirgi zamon o‘qituvchisidan o‘z kasbiy mahoratini oshirib borish, innovatsion pedagogik texnologiyalar mohiyatini anglash va ulardan o‘z darslarida unumli foydalanishni taqozo etadi. Sohada malakali kadrlar ta’minoti, ularning kasbiy salohiyatini oshirish borasida, ayniqsa,boshlang‘ich ta’limning o‘rni muhim ahamiyatni kasb etadi.3
Globallashuv davrida fan-texnika taraqqiyoti tufayli axborotlar oqimi tezligi tasavvur etmaydigan darajada kuchaygan hozirgi sharoitda o‘quvchilarga ta’lim jarayonining obyekti sifatida yondashib, faqat bilim berishga intilish orqali ularning xotirasini kuchaytirishga urinish yetarli samara keltirmaydi. Hozirgi ta’lim tizimi oldida o‘quvchilarni o‘qitish kesimining subyekti, ya’ni ijrochisiga aylantirishi, ularning o‘quv muammosini mustaqil hal etishga yo‘naltirishga erishishda muhim vazifa turibdi. O‘z o‘rnida bu yoshlarga bilim berish, ularda ma’lum ko‘nikma va malakalar shakllantirishning samarali va zamonaviy yo‘llarini izlab topishni talab qilmoqda.
Ta’limni tashkil etish va yo‘lga qo‘yish borasida shu xil o‘zgarishlar keyingi yillarda dunyo miqyosida tobora keng yoyilib borayotgan innovatsion texnologiyalarni yuzaga keltirdi. Bu usullar erkin fikrlaydigan, mustaqil izlanadigan o‘quvchilarni shakllantirishga yo‘naltirilganligi bilan e’tiborga loyiqdir.
O‘qitish jarayonida innovatsion texnologiyalarni qo‘llash o‘qituvchining mavqeyi va vazifasini bir muncha o‘zgartiradi. O‘qitish jarayonida innovatsion texnologiyalarni qo‘llaganda o‘qituvchi o‘quvchilar oldida hayotiy muammolarni qo‘yishi o‘quv topshirig‘i sifatida hayotda ko‘p uchraydigan va manbalardan topish mumkin bo‘lgan masalalarni berishi lozim. O‘quvchilar yechishlari lozim bo‘lgan pedagogik muammo sun’iy o‘ylab topilmasligi hamda izlanishga arzimaydigan darajada kichik bo‘lmasligi kerak.
Mashg‘ulotlarda innovatsion texnologiyalar, interfaol metodlar asosida qo‘llayotgan o‘qituvchi o‘quvchilarga biror topshiriq berayotganda ularni faoliyatga undaydigan so‘zlarni qo‘llagani ma’qul. Interaktiv metod nazariyachilari tasniflang, asoslang, tadqiq eting, umumlashtiring, tahlil qiling, andoza bering, modellashtiring, tashxis qo‘ying, baho bering kabi undovchi so‘zlar ko‘proqo‘quvchilarni faoliyat ko‘rsatish va shug‘ullantirishga yo‘naltiradi. Innovatsion texnologiyalar o‘qituvchi o‘quvchilarida bilim hosil qilishning o‘zi bilan kifoyalanib qolmasligini ko‘zda tutadi. Chunki, bilim berish ta’lim jarayoni oldidagi maqsadlarning eng birlamchisixolos.
Texnologiya darslari o‘quvchilarda intellektual tafakkur, diqqat, xotira, ijodkorli va kuzatuvchanlikni rivojlantirishga xizmat qiladi. O‘qituvchining vazifasi – bolaga texnologiya fanini o‘qitishda bu imkoniyatlardan samarali foydalana olish. Bu vazifani bajarishda o‘qituvchi interfaol metodlarni qo‘llaydi. Innovatsion texnologiyalarning asosiy maqsadi- mavzuning mohiyatini yanada ochib berish, o‘quvchilarda fanga nisbatan motivni hosil qilishdir. Ana shunday metodlardan biri bo‘lgan “Aql charhi” metodining texnologiya fanida qo‘llanilishini ko‘rib chiqamiz.
Aql charxi” metodida o‘quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatlari rivojlanadi, nutq ravonlashadi, tez va to‘g‘ri javob berish malakasi shakllanadi.
Bu metodni qo‘llaganda ikki yoki uchta o‘quvchidan iborat guruhchalar ishtirok etadi. Birinchi o‘quvchi mavzuga doir terminlardan birini aytadi. Ikkinchi o‘quvchi birinchi o‘quvchi aytgan terminni qaytaradi va o‘zi ham bitta termin aytadi. Uchinchi o‘quvchi avvalgi ikkita terminni qaytaradi va bitta termin qo‘shib aytadi. Yana birinchi o‘quvchiga navbat keladi, u ham avvalgi uchta terminni qaytaradi va o‘zi bitta termin qo‘shib aytadi. Qaysi o‘quvchi adashib ketsa yoki aytilgan terminlardan qaytarib aytsa,o‘yindan chiqadi. Shu tariqa o‘quvchilar guruhi davom etadi. O‘qituvchi metodni qo‘llashdan maqsadi aniq bo‘lishi va o‘quvchilarning qaysi bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashlariga e‘tibor qaratilishi muhim.
Texnologiya darsida quyidagicha qo‘llash mumkin:
1-o‘quvchi: shoyi.
2-o‘quvchi: shoyi-atlas.
3-o‘quvchi: shoyi-atlas-adras.
4-o‘quvchi: shoyi-atlas-adras-arganza.
5-o‘quvchi: shoyi-atlas-adras-arganza- paxta matosi.
6-o‘quvchi: shoyi-atlas-adras-arganza- paxta matosi-junli matosi.
Charxpalak” metodi
O‘quvchilar guruhlarga bo‘linib, ularga topshiriqlar yozilgan varaqa tarqatiladi. Ushbu metod orqali bolalarni o‘tilgan mavzularni yodga olish, mantiqan fikrlab, berilgan savollarga mustaqil ravishda to‘g‘ri javob berish va o‘zini-o‘zi baholashga o‘rgatadi hamda qisqa vaqt ichida o‘qituvchi tomonidan barcha tinglovchilarni egallagan bilimlarini baholashga qaratiladi. Ushbu metodni qo‘llash jarayonida o‘quvchilar o‘z fikrlarini mustaqil bayon etishga, guruh bo‘lib ishashga, boshqalar fikrini hurmat qilishga o‘rganadilar.
Texnologiya darsida o‘quvchilarni intellektual qobiliyatini o‘stirish va mavzuni mustahkamlash uchun Sharq mutafakkirlarining merosida mehnat tarbiyasi haqida aytilgan fikrlarni innovatsion texnologiyalar orqali qo‘llaymiz. Chunki bu metodlar ularning fikrlarini yana ham chuqurroq o‘rganishlariga yordam beradi. Ana shunday metodlardan bo‘lgan “Charxpalak” metodining qo‘llanilishini ko‘rib chiqamiz.
Sharq mutafakkirlarining mehnat tarbiyasi haqidagi fikrlarini o‘rganishga oid: "Mehnat umuminsoniy, milliy va ma’naviy qadriyatlar taraqqiyotining negizidir"
(donolar bisotidan)




Mehnat tarbiyasi haqidagi qarashlar

A.Navoiy

Forobiy

U.Xayyom

A.Jomiy

Bobur

1

Umrni zoye etma, mehnat qil,Mehnatni saodatning kaliti bil.

+













2

Mehnat baxtli hayot manbai va ayni chog‘dajamiyatning boyligi hamdir

+













3

Har bir kishiga biriktirilgan ma’lum bir ishbo‘lishi kerak, toki u kishi o‘ziga biriktirilgan ishni kechiktir-masdan o‘z vaqtida bajarsin




+










5

Bir so‘ngakka sordek qanoat qilg‘on,Afzaldir nokasga bo‘lgandan mehmon. Nokasning shinnilik nonidan yaxshi, O‘zing topib yegan burda arpa non.







+







6

O‘z mehnatining bo‘lsin doim yo‘ldoshing,O‘zga minnatidan og‘ritma boshing.










+




7

Davlatga yetib mehnat elini unutma,Bu besh kun uchun o‘zingni asru tutma.













+


Bu metoddan unumli foydalanish darsning samaradorligini oshiradi, o‘quvchilarning o‘z bilimlarini mustaqil ravishd erkin bayon etishga, o‘zlarining bilim darajalarini baholay olish, jamoaning fikrini hurmat qilishga hamda o‘z bilimlarini bir tizimga solishga o‘rgatadi.
Innovatsion texnologiyalarning asosiy maqsadi- o‘quvchilarni faol harakatga undash, darsga jalb etish, hamkorlikda ishlashga o‘rgatishdan iborat. “Tushunchalar tahlili” metodini texnologiya fanida qo‘llanishini o‘rganamiz.
Qo‘llanilishi:

TUSHUNCHALAR

MAZMUNI

Mehnat




Gazlama




Chevar




Oshpaz




Naqsh




Haykal




Zargar




Mehnatsevarlik




Urf- odatlar




Duradgor





Ushbu usul o‘tilgan o‘quv predmeti yoki bo‘limning barcha mavzularini takrorlash, mustahkamlash, o‘quvchilar tomonidan berilgan tushunchalarga mustaqil ravishda o‘z izohlarini berish, shu orqali o‘z bilimlarini tekshirib baholashga imkoniyat yaratish va o‘qituvchi tomonidan qisqa vaqt ichida barcha o‘quvchilarni baholay olishga, og‘zaki va yozma nutqlarini takomillashtirishga yo‘naltirilgan.4
Xulosa qilib aytganda, innovatsion texnologiyalar ta’lim jarayonini yangi bosqichga ko‘taradi, o‘quvchilarning bilimlarni mustaqil o‘zlashtirib, ularni ko‘nikma va malakalar holiga keltirishni tezlashtiradi. Eng muhimi, innovatsion texnologiyalarni o‘quvchilarning ma’naviyati shakllanishiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadiki, bu millat yoshlari shaxsiyatining barkamolligiga xizmat qiladi. O‘quv jarayonini oldindan loyihalashtirish zarur. Bu jarayonda o‘qituvchi o‘quv fanining o‘ziga xos tomonini, joy va ehtiyojini, ham korlikdagi faoliyatini tashkil eta olishini hisobga olishik erak. Qanday shakl, metod va vositalar yordamida tashkil etilishidan qat’iy nazar innovatsion texnologiyalar
- pedagogik faoliyat (ta’lim-tarbiya jarayonining) samaradorligini oshirishi;
- o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni qaror toptirishi;
- o‘quvchilar tomonidan o‘quv predmetlari bo‘yicha puxta bilimlarning egallashini ta’minlashi;
- o‘quvchilarda mustaqil, erkin va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishi;
- o‘quvchilarning o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqara olishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishi;
- pedagogik jarayonda demokratik va insonparvarlik g‘oyalarining ustuvorligiga erishishni kafolatlashi zarur.

Download 332,5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 332,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II BOB. TEXNOLOGIYA DARSI JARAYONIDA O‘QUVCHILARNI INTELLEKTUAL QOBILIYATINI RIVOJLANTIRISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNING AHAMIYATI

Download 332,5 Kb.