|
Mavzu: O’zbekiston aholisi soni, ko’payishi, mehnat resurslari
|
bet | 1/12 | Sana | 03.12.2023 | Hajmi | 332,5 Kb. | | #110357 |
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR
VAZIRLIGI
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
SIRTQI BO‘LIM
TEXNOLOGIK TA’LIM YO‘NALISHI 5-KURS 529-GURUH TALABASI
XUDOYBERDIYEVA FOTIMANING
MAHSULOT TAYYORLASH TEXNOLOGIYASI FANIDAN
“TEXNOLOGIYA DARSLARIDA O‘QUVCHILARGA KASB-HUNARGA YO‘NALTIRUVCHI O‘YINLARNING AHAMIYATINI O‘RGATISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH”
mavzusida tayyorlagan
K URS ISHI
JIZZAX-2023
Mundarija
KIRISH…………………………………………………………………………3
I BOB. MAKTAB O‘QUVCHILARNI KASB-HUNARGA YO‘NALTI-RISHDA NOAN’ANAVIY USULLARDAN FOYDALANISH………….7-14
1.1. Texnologiya darslarida maktab o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirishda noan’anaviy usullardan foydalanish……………………………………………..7
1.2. Texnologiya darslarida o‘quvchilarning kasbga bo‘lgan qiziqishlarini o‘stirish, kasbga mehr-muhabbat uyg‘otish………..……………………….…..10
1.3. Texnologiya darslarida o’quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish………….14
II BOB. TEXNOLOGIYA DARSI JARAYONIDA O‘QUVCHILARNI INTELLEKTUAL QOBILIYATINI RIVOJLANTIRISHDA INNOVAT-SION TEXNOLOGIYALARNING AHAMIYATI…………………...…18-36
2.1. Texnologiya darsi jarayonida o‘quvchilarni intellektual qobiliyatini rivojlan-tirishda innovatsion texnologiyalarning ahamiyati………………..……….…..18
2.2. Texnologiya darslarida o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirishda turli boshqotirmalardan foydalanish………………………….…………….…….….23
2.3. Texnologiya fanini o‘qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanish, o`quvchi yoshlarda texnik ijodkorlikni shakllantirish….…….…..36
XULOSA………………………………………………………………..……..42
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI……………………….44
ILOVALAR
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi va zaruriyati. Mamlakatimizda amalga oshirila-yotgan ta’lim siyosatining muhim maqsadlaridan biri yosh avlodni har tomonlama barkamol insonlar qilib tarbiyalashdir. Albatta, barkamol inson deganda ma’naviy jihatdan yetuk, o‘z vatanining tarixi, bugungi va kelajagi uchun qayg‘uradigan, shuningdek jamiyatning iqtisodiy taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shish ishtiyoqida yonib yashaydigan shaxsni tushunish bugungi kun talabiga mos keladi. Lekin ushbu tushunchaga tahliliy yondashilsa, uning naqadar serqirra, murakkab va har tomonlama umuminsoniy qadriyatlarga mos kelishini idrok etish mumkin.
Aytish mumkinki, barkamol insonning shakllanishi, uning munosib kasb-hunarni egallashi, jamiyat taraqqiyoti uchun baholi qudrat o‘z hissasini qo‘shib, yashashi va shu orqali jamiyatda o‘zligini namoyon etishi, ya’ni shaxs sifatida kamol topishi nazarga olinadi. Komillik sari intilish shaxsning kasbiy shakllanishi bilan birgalikda yaxlit holda kechadigan va deyarli bir umr davom etadigan murakkab jarayondir. Keng ma’noda kasbiy shakllanish deganda insonning o‘z aqliy qobiliyatlari, jismoniy imkoniyatlari, u yoki bu sohaga bo‘lgan layoqatlari, qiziqish va intilishlari, shuningdek, qadriyat va dunyoqarashlariga ko‘ra biron-bir kasb sohasida ta’lim olishi, keyinchalik shu sohaga kirishib, moslasha borishi va nihoyat yillar davomida etuk va malakali mutaxassis bo‘lib etishishi tushiniladi.
Haqiqatdan ham bu cheksiz murakkab, orqaga qaytarilmaydigan, muhim jarayon bo‘lib, undan inson manfaatlari yo‘lida unumli foydalanishni tashkil etish, bugungi kunning eng dolzarb muammolaridan biridir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 28-maydagi “Malakali pedagog kadrlar tayyorlash hamda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini shunday kadrlar bilan ta’minlash tizimini yanada takomillashtirishga oid choratadbirlar to‘g‘risida”gi PQ 1761-sonli qarorida ham o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi tizimiga ilg‘or pedagogik uslub va texnologiyalarni, hamkorlikda o‘qitish, amaliy o‘yinlar, interfaol ta’lim uslubi va boshqalarni joriy qilish ko‘rsatib o‘tilgan. Bu esa o‘quvchilarni har tomonlama etuk ma’naviyatli, dunyoqarashi keng, komil insonlar qilib tarbiyalash bilan birga to‘g‘ri kasbga yo‘naltira olish uchun ham dasturil amal bo‘lmoqda.
Mamlakatimizda ta’lim sohasida olib borilayoygan yangilanish, modernizatsiya jarayoni uzluksiz ta’lim tizimining barcha bo’g’inlari jumladan, oliy ta’limda ham zamon talablariga javob bera oladigan yetuk mutaxassislarni tayyorlash, ularda yangi bilim va ko’nikmalarini shakllantirishni, o’z ustida ishlash, zamonaviy texnologiya yutuqlaridan maqsadli foydalana olish mahoratini oshirishni taqozo etmoqda. Bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarini hozirgi kun talablari asosida tayyorlashda “ Texnologiya va uni o’qitish metodikasi “ fani ham ustuvor vazifalarni bajarishda salmoqli o’rinni egallaydi. Mazkur kurs ishi orqali bo’lajak mutaxassis o’qituvchilar kurs ishining asosiy ilmiy – nazariy va amaliy natijalariga asoslangan holda o’quvchilarga mehnatsevarlik, intizom, masuliyat, burch hissi, ijodkorlik qobilyatlarini rivojlantirish malakasiga ega bo’ladilar.
Kurs ishida texnologiya va uni o‘qitish metodikasining umumiy asoslari, darslarda integratsion yondashuv, mashg’ulotlar jarayonida xorijiy ta’lim tizimida foydalanish, shuningdek qo’l mehnati, qog’oz va karton bilan ishlash, applikatsiya, tabiiy materiallar plastilin, gazlama bilan ishlash texnologiyalari tog’risida amaliy- metodik bilimlar o’z ifodasini topgan. Boshlang’ich sinf texnologiya darslarida axbarot texnologiyalari hamda ta’lim jarayonida innovatsiyalar va interfaol usullardan foydalanishning yo’l va usullari ko’rsatib berilgan. Texnologiya darslarini tashkil etishda o’qituvchining eng muhim vazifalarida biri o’qituvchilarni mustaqil bilim olishga tizimli o’rgatib borishdan iborat bo’lib, ularni ongli, maqsadli natijaga erishishga yo’naltirishdan iborat. Kurs ishida bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarining o’quvchilarga mehnat qurollari to’g’risida bilim berish texnologik jarayon, texnika xavfsizligi, sanitariya va gigiyena to’g’risidagi ma’lumotlar hamda mehnatni tizimli tashkil etish va o’quvchilarning mehnat madaniyati to’g’risida bilimlarga ega bo’lish metodikasi bugungi kun talablari asosida yoritib beriladi.
Kurs ishining tadqiqot obyekti. Texnologiya darslarida o‘quvchilarga kasb-hunarga yo‘naltiruvchi o‘yinlarning ahamiyatini o‘rgatishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish hisoblanadi. Texnologiya darslarida o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltiruvchi o‘yinlar, boshqotirmalar va boshqa innovatsion texnologiyalar orqali dars tashkil etish tadqiqot predmeti hisoblanadi.
|
| |