Texnologiya darslarida o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirishda turli boshqotirmalardan foydalanish




Download 332,5 Kb.
bet7/12
Sana03.12.2023
Hajmi332,5 Kb.
#110357
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
2.2. Texnologiya darslarida o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirishda turli boshqotirmalardan foydalanish
O'zbekiston Respublikasi o‘z mustaqilligiga erishganidan so‘ng ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida asosiy bo‘g‘in hisoblangan umumiy o‘rta ta’lim maktablari faoliyatida o‘quvchilarni hayotga tayyorlash va kasb tanlashga yo‘naltirish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. O'quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish o‘qituvchi rahbarligida o‘quvchilar tomonidan bajariladigan aqliy va jismoniy harakat jarayonlaridan iborat bo‘lib, buning natijasida ular mehnat predmetlari, vosita va jarayonlari haqidagi bilimlarni hamda ma’lum sohadagi ishlab chiqarish mehnati va kasbga yo‘naltirish amaliy ko‘nikma va malakalarini egallaydilar, ongli ravishda kasb tanlashga hamda jamiyat va shaxs farovonligi yo‘lida mehnat faoliyatiga tezda qo‘shilishlariga imkon beruvchi shaxsiy sifatlari hamda tafakkurlarini rivojlantiradilar. Yangi iqtisodiy munosabatlar kasb-hunarga yo‘naltirishning yangicha munosabati sharoitida mehnat ko‘nikmalari va malakalarini maqsadli shakllantirishdan iborat bo‘lib, ongli va har tomonlama rivojlangan fuqoroni tarbiyalashning tarkibiy qismi hisoblanadi. O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘llash ishlari maqsadli texnologiya fanining maqsad va vazifalari bilan uyg‘unlikda namoyon bo‘ladi.
Kasbga yo‘naltirishdan asosiy maqsad - o‘sib kelayotgan yosh avlodni ongli va mustaqil ravishda kasb tanlashga tayyorlashdan iborat bo‘lib, bu jarayon shaxsning bo‘lg‘usi kasbiy faoliyat subyekti sifatida shakllanishini nazarda tutadi hamda uning bozor iqtisodiyoti munosabatlariga moslashib borishiga ko‘maklashadi.Shu munosabat bilan o‘quvchilarga ilm-fan asoslarining mustahkam bilimlarini singdirish, ularda yuksak onglilikni tarbiyalash, umuminsoniy qadriyatni shakllantirish, yosh avlodni turmushga va mehnatga, ijtimoiy zarur kasblami ongli ravishda tanlashga tayyorlash mehnat ta’lim va tarbiyasining vazifalaridir.Hozirgi vaqtda ijtimoiy va ilmiy texnikaviy taraqqiyot sharoitida maktab o‘quvchilarini kasb va hunarga yo‘naltirishning muhimligi ancha oshdi.
O‘quvchilarni to‘g‘ri va erkin kasb tanlashga yo‘naltirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir. To‘g‘ri kasb tanlash insonning kelajagini, hayot tarzini belgilashda katta ahamiyat ega. Har bir shaxs kasbni o‘z qiziqishi, qobiliyati va ijtimoiy muhit nuqtayi nazaridan tanlaydi.
O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish ishlarini olib borishda “Kasb o‘zi nima?” degan savol tug‘iladi. Kasb to‘g‘risida bir qancha ta’riflar berilgan.
Kasb bu - insonga ma’lum bir talablar qo‘yuvchi faoliyat turidir.
Kasb - insonni jamiyat tomonidan tan olinishidir.
Kasb - tiriklik va tirikchilik manbayi.
O‘quvchilami kasb tanlashga yo‘naltirishning asosiy yosh bosqichlari mazmuni quyidagilardan iborat: 1. Maktabgacha ta’lim yoshidagi - 1 bosqich; 2. Boshlang‘ich kichikyoshdagi (1-4 sinflar) - II bosqich; 3. O‘rta yoshdagi (5-7 sinflar) -III bosqich; 4. Katta yoshdagi (8-9 sinflar) - IV bosqich. O‘quvchilarning kasbiy tayyorgarligini aniqlash mezoni, ko‘rsatkich va o‘lchovlari.
Birinchi bosqich - maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda ularning mashg‘ulotlarida qo‘llaridan keladigan faoliyat turlari bo‘yicha dastlabki mehnat ko‘nikmalarini ijobiy, hissiy ta’sirchan shakllantirish:
Ikkinchi bosqich - kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarni bilishga oid va o‘yin ko‘rinishdagi ijtimoiy foydali mehnat faoliyatini amalga tadbiq qilish orqali mehnatga hurmat, mehnat kasb turlari, yo‘nalishlari bilan tanishtirib borishini hamda ommaviy kasblarga bo‘lgan qiziqishini shakllantirish.
Uchinchi bosqich - o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish mazmuni ulardagi qiziqish, qobiliyat, layoqat va shaxs sifatida jamiyatdagi o‘z o'rnini topishdagi hamda ma’naviy-moddiy qadriyatning izlanuvchansinchkov ko‘rinishlarini shakllantirish.
To‘rtinchi bosqich - o‘quvchilarda kasbiy o‘zlikni anglashni shakllantirish davri, ya’ni o‘quvchilami aniq bir kasbni tanlashning shaxsiy ma’noga egalligini tushunib yetishi, jamiyat oldidagi burchini, javobgarlik xislatlarini shakllantirish.
O'quvchilarni kasbga yo‘naltirishni quyidagi mezonlar asosida amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.
1. O‘quvchilami kasb-hunar turlari bilan tanishtirish.
2. Kasblar, mehnat yutuqlari talqin etilgan asarlami o‘qishni tavsiya etish.
3. Har bir kasb haqida maxsus darslar o‘tish.
4. Ishlab chiqarish korxonalari, firma, fan, maorif, madaniyat, san’at muassasalariga sayohatlar tashkil etish.
5. Mehnat ilg‘orlari bilan ular erishgan yutuqlari haqida suhbatlar o‘tkazish.
6. Texnologiya fani yo‘nalishi bo‘yicha - multimedialar ko‘rsatish.
7. O ‘quvchilarni turli xil to‘garaklarga jalb etish.
8. Kasblar haqida o‘yinlar tashkil etish.
9. Yangi kasb va mutaxassisliklar, fan-texnika taraqqiyoti, ishlab chiqarish texnologiyalari bilan muntazam tanishtirib borish.
O'quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirishda pedagoglarning oldida turgan muhim vazifalar quyidagilar:
- o‘quvchilarni kasbga bo’lgan qiziqishlarini yanada takomillashtirish;
- uni kasb tan lash darajasiga yetkazish;
-ko‘p qirrali qiziqishga ega bo‘lgan o‘quvchilarda o‘ziga ko‘proq yoqqan sohani, kasbni tanlashga amaliy yordam berish; - o‘quvchilarda mehnat qiluvchi kishilarga nisbatan hurmat xislatlarini tarbiyalab borish;
- o'quvchilarning o‘ziga xos qiziqishlarini e’tiborga olgan holda ularni asta-sekin jamiyat ijtimoiy mehnatiga jalb qilib borish; - kasblar to‘g‘risida ma’lumotlami yetarlicha berib borish;
- inson mehnati bilan yaratilgan moddiy boyliklami har tomonlama tejash xislatlarni tarbiyalash;
- o'quvchilaming o‘zi qiziqadigan kasb yo‘nalishiga jalb qilish va egallangan bilimlami amalda qo‘llashlariga erishish; - o‘quvchilarda mehnat va kasb tanlashga qiziqish uyg‘otish. Bu jarayon to‘g‘ri tashkil etilganda shaxsning bo‘lg‘usi kasbiy faoliyat subyekti sifatida shakllanishini ta’minlaydi.Kasbga yo‘naltirish uzoq muddatli yalpi dasturlar asosida va milliy xalq hunarmandchilik kasblarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Ayrim turdagi kasblarga yo‘naltirish bilan cheklanib qolmasdan, balki aniq iqtisodiy hududning turli sohalaridagi kadrlarga bo'lgan ehtiyojlarini hisobga olgan holda yoshlarni sanoat, qishloq xo‘jaligining boshqa tarmoqlaridagi kasblar va milliy hunarmandchilik kasblariga umumta’lim maktablarining texnologiya darslarida yo‘naltirish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
O‘quvchilarni kasb tanlashdagi asosiy omillar ota-ona, muhit va ta’lim-tarbiyadir. Kasb tanlashning asosiy vazifasi o‘quvchilarni politexnik mehnat va malakalari bilan qurollantirishdan, ularni mehnat va ijtimoiy faoliyatga, kasblarni ongli ravishda tanlashga, moddiy va ma’naviy boyliklarni ishlab chiqarishda ishtirok etishga tayyorlashdan iboratdir.
Maktabda kasb tanlash ishlari quyidagi maqsadlardan iborat:
1. O'quvchilarni kichik sinflardan boshlab xalq xo‘jaligining turli tarmoqlari bilan tanishtirib borish.
2 .O'quvchilarni xalq xo‘jaligining turli tarmoqlari bilan tanishtirib, ommaviy kasblarning mazmuni, sinfdan tashqari o‘tkaziladigan tadbirlarni amalga oshirish.
3. Kasb tanlashga yo'llash ishlarini olib borishda o‘quvchilarni asosan maktab joylashgan hududning korxona, tashkilotlarining ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan kasb va mutaxassislarga yo'llash.Kasb tanlash juda muhim masala bo‘lib, ko‘pincha o‘quvchilar uni mustaqil hal qila olmaydilar.O‘qituvchilarning ish tajribasi o‘quvchilarni kasb tanlashga yo’llashning farq va metodlarini belgilab beradi. Ulardan asosiylari quyidagilardan iborat:
1. Darslarda kasb tanlashga yo’lIash. Masalan, o‘qituvchi o‘quvchilami mehnat mashg‘ulotlarida bajaradigan ish bilan bog‘liq kasblar bilan tanishtiradi. Chunonchi, yog‘och kesuvchi, rom yasovchi, duradgorlik, tikuvchilik, oshpazlik va boshqa kasblar haqida bilim oladilar va tanishadilar.
2. Ekskursiyalarda kasb tanlashga yo‘llash. Odatda, ekskursiyalarda o‘quvchilarni o‘quv rejasi doirasidan chiquvchi material bilan tanishtirishga qulay sharoit yuzaga keladi. Bu imkoniyatdan o‘quvchilarni kasb tanlashga yo‘llash uchun foydalanish mumkin.
3. To‘garak mashg‘ulotlarida kasb tanlashga yo’llash. To‘garak mashg‘ulotlarida o‘quvchilarni turli kasblar bilan tanishtirishga ko‘proq imkoniyatlar vujudga keladi.
4. Har xil mavzuda uchrashuvlar o‘tkazish. Odatda, umumta’lim maktablarni bitirgandan key in ishlab chiqarish sanoati muassasalarida ishlayotgan kishilar bilan suhbatlari o‘quvchilarda katta taassurot qoldiradi. Texnologiya fani jarayonida o‘quvchilar turli kasb egalari bilan tanishadilar.
5. Har xiil madaniy-ommaviy tadbirlar o‘tkazish. Kasb tanlashga yo‘llash ishining muvaffaqiyatli olib borilishiga yordam beruvchi har xil madaniy-ommaviy tadbirlar maktablarning ish tajribasidan ma’lum.
Masalan, “Kasblar dunyosi”, “Kasb tanlashda shaxsiy va jamoa fikri” mavzusida munozaralar uyushtirish, kinofilmlani muhokama qilish shular jumlasidandir.
6. Kasblar mazmunini chuqur o‘rganish. O‘qituvchi muayyan kasblar to‘g‘risida tasavvur berish uchun bir yo‘la barcha o‘quvchilar bilan ish olib borishdan tashqari bu kasb bilan yaxshilab tanishish istagi bo‘lgan o‘quvchilar bilan jiddiyroq ish olib boradi. o‘quvchilarni qiziqishlariga qarab guruh yoki mikroguruhlarga birlashtiradi. Bunda ishning turli-tuman tashkiliy formalari qo‘llaniladi. O‘quvchilar o‘z kuchi bilan referat yozadilar, ekskursiyalar o‘tkazadilar.
7. Fakultativ mashg‘ulotlar. Ayrim maktablarda fakultativ mashg‘ulotlarga ajratilgan soatlaming ma’lum qismidan kasb tanlashga yollash ishi uchun foydalaniladi.Kasb to‘g‘ri tanlanganda ular o‘z qobiliyatlarini va qiziqishlarini yaxshiroq ro‘yobga chiqarishlari hamda jamiyatga ko‘proq foyda keltirishi mumkin. Kasbga yo‘llsh, qiziqtirish hamda malaka va ko‘nikmalarini shakllantirishda o‘quv jarayonidagi ta’lim-tarbiya ishlari muhim ahamiyat kasb etadi.
Kasblar haqida ma’lumot
O'qituvchi kasbi - sharafli kasb. O'qituvchi bizga bilim beruvchi inson. O‘qituvchidan olgan bilimi bilan inson kelajakda komillik yo‘lini topadi. Buning uchun, albatta, o‘qituvchi berayotgan bilimni chuqur egallash lozim.
Bilim olib chinakam,
O'rganamiz harf, raqam.
Hammaga berar ta’lim,
О‘qituvchi-muallim.
Haydovchi kasbi
Haydovchi - erta tongdan kun botgunga qadar odamlami o‘z manzillariga bexatar yetib olishlari uchun xizmat qiladi.
Haydovchi kasbi doim ziyraklik, hushyorlikni talab etadi. Haydovchi mashina, avtobus, tramvay, yuk mashinalarini boshqaradi.
Mashinada, poezdda,
Tramvayda - temir izda
Ziyrak, mohir haydovchi,
Tashir yuk va yo‘lovchi.
Quruvchi kasbi Quruvchi - uy va binolar quradi. Quruvchi qurgan uylarda yashaymiz, binolarda o‘qiymiz, mehnat qilamiz. Quruvchilar qurgan uylar mustahkamligi, shinamligi bilan shahrimiz ko‘rkiga ko'rk qo‘shadi.
Demak, quruvchilik sharafli kasb.
Suvoqchi, g‘ishtteruvchi,
Tomni yorib beruvchi.
Ko‘p ishlarni biluvchi,
Ular bari -quruvchi.
Baliqchi kasbi
Baliqchi - baliq mahsulotlarini dasturxonimizga yetkazib beradi.
Baliq inson salomatligi uchun zarur oziq-ovqat mahsuloti hisoblanadi. Baliqchi fursat kutar,
Baliqchi baliq tutar.
Baliq tutish vaqti bor,
Bunga berar e’tibor.
Tashlar qarmoq yoki to‘r,
Ov bo‘lishi uchun zo‘r.
Bank xodimi Bank xodimlari, davlat va nodavlat banklarining faoliyatini yo‘lga qo‘yadilar. Bankda davlatning pul mablag‘lari aylanishi, fuqarolar mablagini saqlanishini tashkil etiladi.
Bankir bankda ishlaydi,
U hisobni xushlaydi.
Kredit, lizing va foiz,
Joyida bo‘lmoq joiz.
Jurnalist kasbi
Jurnalist- biz sevib tomosha qiladigan televideniya ko‘rsatuvlarini tayyorlab olib boradigan, qiziqib o‘qiydigan gazeta-jurnallarimizga lavhalar tayyorlab beradigan kasb egalaridir. Jurnalistlaming tayyorlagan ma’lumotlari tanlangan mavzu mazmunini yoritib berishi maqola yoki ko'rsatuvning dolzarbligini belgilaydi. Jurnalist o‘z kasbining ustasi bo'lsa, xalqning ongi, bilimi oshadi.Yurtimizda jurnalistlarning faoliyat yuritishi uchun barcha shart-sharoitlar hamda imkoniyatlar yaratilgan.
Mahoratli jurnalist
Ma’lumotni juda tez –
Qilar bizga havola,
Yozar qiziq maqola.
O'quvchilarni har tomonlama yetuk, barkamol qilib tarbiyalash masalalarini muvaffaqiyatli hal etish, ularda faol hayotiy mavqeni shakllantirish, o'ziashtirish va bilim sifatini oshirish ko‘p jihatdan kuni uzaytirilgan guruhlarning samarali ishlashiga bog‘liqdir. Sinfdan tashqari tashkil qilingan ishlar o‘quvchilar hayotidagi tarbiyaviy faoliyatini to'ldiradi. Ularning dunyoqarashi to‘g‘ri shakllanishiga, kasb-hunar tanlashiga, axloqiy kamol topishiga ko‘maklashadi.
Har bir yangi mavzuni bayon qilish jarayonida krossword va boshqotirmalardan foydalanish o’quvchilarning ko’proq ma’lumot olishlari va darsga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshiradi va yangi bilim, ko’nikmalarga ega bo’lishadi. O’quvchilarni kasbga yo’naltirish va kasbga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida turli boshqotirmalardan namunalar keltiriladi. Quyida ular bilan tanishib chiqamiz:
1 Jadval ichidagi harflar yordamida kasblar nomini toping va ularni belgilang

a

S

sh

i

f

o

k

o

r

l

y

l

k

i

r

q

d

G

k

o

p

m

p

l

a

k

r

i

e

r

y

t

z

J

k

l

o

n

k

h

q

r

y

h

f

i

n

o

x

S

p

o

r

t

ch

i

q

p

q

e

r

t

y

u

v

A

s

d

f

g

g

h

j

k

l

z

x

c

v

b

h

N

m

q

o

g

q

a

s

s

o

b

h

u

a

k

a

D

g

j

i

o

u

y

a

r

k

a

b

p

m

g

y

F

i

k

t

f

r

u

r

u

i

l

i

u

o

c

d

H

j

l

h

m

u

j

g

j

k

i

d

r

i

h

o

M

u

s

a

v

v

r

a

g

q

g

t

r

j

k

v

Q

e

f

a

e

ch

a

s

m

ch

l

f

a

k

p

ch

A

k

f

q

u

i

a

m

q

m

i

l

g

v

o

i

D

z

x

c

v

b

n

m

u

y

e

r

i

o

p

g

G

d

f

r

b

n

w

e

r

t

f

v

b

h

u

j

J

O‘

q

i

t

u

v

ch

i

a

j

a

q

l

f

l

L

s

d

g

h

j

n

v

f

w

s

a

z

x

r

n

M

e

r

f

u

m

j

u

r




s

d

f

g

j

a

A

q

k

b

g

o

m

k

k

l

f

t

i

o

p

2.Quyida keltirilgan ustunchalar yordamida kasb va hunar nomlarini ikki qismga ajratib davom ettiring!




Download 332,5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 332,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Texnologiya darslarida o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirishda turli boshqotirmalardan foydalanish

Download 332,5 Kb.