|
Texnologiya darslarida o‘quvchilarning kasbga bo‘lgan qiziqishlarini o‘stirish, kasbga mehr-muhabbat uyg‘otish
|
bet | 4/12 | Sana | 03.12.2023 | Hajmi | 332,5 Kb. | | #110357 |
1.2. Texnologiya darslarida o‘quvchilarning kasbga bo‘lgan qiziqishlarini o‘stirish, kasbga mehr-muhabbat uyg‘otish
O‘quvchilarning kasbga bo‘lgan qiziqishlarini o‘stirish, kasbga mehr-muhabbat uyg‘otishda qo‘llaniladigan interfaol usullarni o‘quv jarayonida qo‘llashning tub maqsadi dars qaysi shaklda bo‘lmasin, qaerda o‘tkazilmasin o‘qituvchi bilan o‘quvchining hamkorlikda ishlashini tashkil etishdan iborat. Umumta’lim tizimida interfaol usullarni qo‘llashda o‘qituvchilar uchun quyidagi talablarni tavsiya qilamiz:
- ta’lim jarayonida ilg‘or pedagogik texnologiyalarning maqsadi, mohiyatini, taraqqiyot bosqichlarini bilish;
- ilg‘or pedagogik texnologiyalarni o‘quv fani maqsadiga muvofiq tanlay olish va amaliyotga tadbiq etish;
- pedagogik tamoyillarga to‘laqonli amal qilish barobarida o‘z ustida tinmay izlanishlar olib borish;
- interfaol dars shakllarining an’anaviy darsdan ustunligini anglash va har ikkala dars shakllaridan o‘rinli foydalanish malakasiga ega bo‘lish;
- o‘quvchi shaxsiy sifatlaridagi o‘ziga xoslik munosabatlarini yakdil anglay olish va induvidial mahorat orqali yondashish malakasiga ega bo‘lish;
- darsda o‘quvchilarning ijodkorligi, dunyoqarashi, jamiyatda o‘z o‘rnini topa olishi uchun shart-sharoit yaratish, fan va madaniyatning eng so‘nggi yutuqlari asosida ularni hayotga tayyorlashning samarali shakl va uslublarini amalda qo‘llash.
Yangi pedagogik texnologiyalar asosida dars o‘tish jarayonida talabalarda o‘zlashtirish yuqori bo‘lish bilan birga, yo‘naltirilgan kasblariga mehr-muhabbat paydo bo‘lishi, mustahkam kasbiy mahoratga ega bo‘lishlari va buning hayotdagi muhim ahamiyati haqida ham ongli tushunchani hosil qilishlari, tanlagan sohasiga qiziqishlari yanada oshishi tabiiydir.
O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish ishlari ta’lim-tarbiya bilan uzviy kechadigan, uning barcha qirralarini qamrab oladigan uzluksiz jarayondir.
Bunday hamkorlik o’sib kelayotgan yosh avlodga ongli kasb tanlash, o’z kasbiy istiqbolini belgilash hamda jamiyat ravnaqiga munosib hissa qo’shish imkonini yaratadi.
Kasb tanlashga doir trening mashg‘ulotlari:
Taklif etilayotgan o‘yinlar quyidagi sxemada tavsiflanadi:
1.O‘yindan ko‘zlangan maqsad, o‘yinlar tashkil etilishi umumiy sxemasi bilan bog‘lanishi, ushbu o‘yindan foydalanish imkoniyatlari;
2.O‘yinni o‘tkazish shartlari (o‘yin qatnashchilari soni, bir o‘yinni o‘tkazish vaqti, tashkiliy jihatdan jihozlash);
3.O‘yin tartibi (bosqichlari, shu jumladan tayyorgarlik bosqichining zaruriyati);
4.O‘yinning borishi o‘quvchilar bilan muhokama qilishni tashkil etishning na’munaviy sxemasi;
5.O‘yinning diagnostik imkoniyatlari;
6.O‘yin chog‘ida vujudga keladigan tipik qiyinchiliklar;
7.O‘yindan foydalanish va uni rivojlantirishning istiqbolli turlari.
Quyidagi o‘yinlarni tashkil qilish va o‘tkazishning ko‘pgina umumiy jixatlariga emas balki, o‘yinlarni tavsiflash chog‘ida asosiy e’tibor shu o‘yinlarning o‘tkazilishini o‘ziga xos xususiyatlariga qaratiladi.
“Telefon o‘yini”. Guruh a’zolaridan navbat bilan telefonda o‘zi tanlagan abonent bilan 30 daqiqa o‘zi xohlagan kasb mavzusida gaplashadi. Kuzatuvchilar o‘zini tutishi, klient bilan muomalasi, narigi tarafdagi shaxs bilan gaplashuvchi o‘rtasidagi yaqinlik, o‘zaro manosabatlarni taxlil qiladilar va kerakli maslahatlar beradilar.
“Breynstorming”. Bunda turli mavzularda suxbat o‘tkaziladi, misol uchun quyidagi mavzularni taklif qilish mumkin:
-Yomon rahbar – bu......
-XXI yoshlari qanday bo‘ladi? .....
-Boshqa planetalardagi mavjudotlar ....
-Bosh muxandislik – bu ....
-Menejment mening nuqtai-nazarimda….
-Yaxshi shifokor bo‘lish uchun ..... va h.k.
Bu savollarni kasblarga qarab o‘zgartirishingiz mumkin. Kasblar haqida ma’lumot berib o‘tiladi.
“Tanishuv”. Turli yosh, jins, kasb-kordagi shaxslarning tanishuvi sahnalari turli variantlarda o‘ynaladi. “Kim chaqqon”. 2 daqiqa vaqt ichida turli mavzularda ommaviy ma’ruzalar matnini tayyorlash yoki qoralash. Mavzular – “Yoshlar muammosi”, “O‘zbek ayollari qaysi kasbni ko‘proq tanlash kerak”, “Rahbarlik mansabmi yoki talantmi”, “Qishloq turmush tarzini rivojlantirish kimlarga bog‘liq”, “Bizda qaysi kasbga talab kuchliroq”, “Qaysi kasb egasi bo‘lish osonroq” va h.k.
“KASBNI TOP” O‘YINI
(o‘yinning asosiy varianti)
O‘yinnig maqsadi: maktab o‘quvchilarini kasblarni tahlil qilishning ilmiy sxemasi bilan tanishtiradi.o‘yin “Professogramma”, “Kasb formulasi” mavzularini o‘rgangan chog‘da, shuningdek xalq xo‘jaligining turli tarmoqlaridagi konkret kasblar bilan tanishgan vaqtda foydalaniladi.
O‘yin shartlari: o‘yin sinf bilan (7-8 sinf o‘quvchilari bilan) ishlashga mo‘ljallangan. Birinchi o‘yin uchun 10-15 daqiqa, shundan keyin o‘yinlar uchun 7-8 daqiqa vaqt ajratiladi. O‘yinda sinf doskasidan keng foydalaniladi, kasblar tahlili jadvaliga ega bo‘lish maqbuldir.
O‘yinni aniqlash imkoniyatlari: o‘yin konkret kasb bo‘yicha o‘quvchilarning bilimlarini aniqlash, shuningdek kasblar tahlili sxemasini egallaganlik darajasini bilib olish imkonini beradi.
O‘yinni takomillashtirish istiqbollari: ushbu o‘yinni rivojlantirishning asosiy o‘li kasbni tahlil qilishning birmuncha qulay (o‘yin) sxemasini qidirishdan iborat. Ba’zi bir tartibiy takomillashtirish, rag‘batlantiruvchi msiqa bilan o‘ylabtopish vaqtini to‘ldirish va shu kabilar bo‘lishi mumkin.
Yuqori sinf o’quvchilar bilan ta’lim-tarbiya jarayonida samimiy munosabat o’rnatish, ularning har biriga inson sifatida yondashish, ularda ijodiy mustaqil fikrlash va tashabbuskorlikni rivojlantirish bolalarning qasbiy qiziqishlarini chuqur bilish va ularni kasb-hunarga yo’naltirishda hisobga olshini taqozo etadi.
O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirishda shaxsining muhim individual psixologik xususiyati bo’lgan kasbiy qiziqishlarini nazariy va amaliy o’rganishga bag’ishlab, tadqiqot natijalarini tahlil qilish asosida quyidagi xulosalarga keldik:
1. O’quvchilarda kasbiy qiziqishlari o’ziga xos namoyon bo’lish xususiyatlariga ega. Bular quyidagilar:
a) yuqori sinf o’quvchilarida kasbiy qiziqishlari yorqin namoyon bo’ladi. (Boshka yosh davrdagi bolalarga nisbatan)
b) Yuqori sinf o’quvchi kasbiy qiziqishlarning yorqin namoyon bo’lishining obyektiv va subyektiv sabablari mavjud v) O’quvchilarda kasbiy qiziqishlarning motivlari bo’lib ko’pincha uning atrofidagi ibratli insonlar yoki ijtimoiy sababiylik bo’lishi mumkin
2. Yuqori sinf o’quvchilarining kasbiy qiziqishlarini maktab pedagoglari, psixologning bilishi, hamda AL va KHKlarga yo’llanma berishda asosiy mezon sifatida hisobga olshi har bir o’quvchiga o’ziga xos tarzda yondashish imkonini beradi.
3. O’quvchilarning kasbiy qiziqishlari aniqlashda ularning faoliyatini muntazam kuzatish orqali aniqlash. Bunda kasbiy qiziqishlarni davomiyligi, kuchi, darajalarining namoyon bo’lishiga etibor berish lozim. Kasbiy qiziqishlarni to’g’ri va aniq o’rganish uchun maxsus muljallangan so’rovnomalar va test uslublaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
4. O’quvchilarning kasbiy qiziqishlari asosida ularda malum kasbga nisbatan qobiliyat va iqtidorini rivojlantirish chora tadbirlarini ishlab chiqish, hamda amaliy ishlarni bajarish lozim.
5. O’quvchilar kasbiy qiziqishlari bilish uning xulq-atvorini, faoliyati natijalarini ma’lum vaziyatlarda oldindan tasavvur qilish imkoniyatini beradi.
Demak, o‘quvchilar kasbiy qiziqishlarini bilish ular bilan nafaqat psixologik munosabat o‘rnatish, balki pedagogik jarayonni ham oqilona va samarali tashkil qilish imkonini beradi. Shu bilan birgalikda ularning o‘zlariga munosib kasb tanlashi, jamiyatda o‘z o‘rnini topishda ahamiyati kattadir.
|
| |