• Marketing axborot tizimi
  • Marketingda axborotlar tizimi va korxonaning rivojlanishida axborotlar




    Download 424,75 Kb.
    bet22/117
    Sana06.12.2023
    Hajmi424,75 Kb.
    #112507
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   117
    Bog'liq
    Marketing tadqiqotlari-fayllar.org

    2. Marketingda axborotlar tizimi va korxonaning rivojlanishida axborotlar 
    tizimining ahamiyati 

    Marketing axborot tizimi (MAT) – insonlar, texnik vositalar va amalga oshirish


    uslublaridan tashkil topib, muhim vat ugri axborotni tuplash, tartibga solish, tahlil qilish, uzatish
    natijasida marketing sohasida qaror kabul kiluvchiga samarali yordam ko„rsatish vazifasini
    bajaradi. Marketing axborot tizimi o„zaro mushtarak, bog‟langan elementlar va munosabatlar
    majmuini tashkil etadi.
    5.1.-chizma 
    Marketing axborot tizimi 
    Tashkilot
    ichki
    hisoboti
    tizimi
    Marketing
    tashqi
    xabarnoma
    axborot tizimi
    Axborotga
    bo‟lgan
    ehtiyojni
    belgilash
    Axborotni
    taqdim
    etish
    Qaror qabul
    qilishni
    quvvatlovchi
    tizim
    Marketing
    tadqiqot
    tizimi
    Marketing
    bo‟yicha
    menejer
    Tahlil qilish
    Rejalashti-
    rish
    Amalga
    oshirish
    Nazorat
    qilish
    Marketing
    muhiti
    Maqsadli
    bozor
    Marketing
    kanallari
    Raqobat-
    chilar
    Ichki va
    tashqi
    ishtiyoqli
    guruhlar
    Makro-muhit
    omillari



    25
    Marketing axborot tizimi marketingli rejalashtirishning takomillashtirish, marketing


    tadbirlarini amalga oshirish va tadbirlar ijrosi ustidan nazorat maqsadlarida foydalanish yuzasidan
    aniq qarorlar kabul qilish uchun zamonda axborotlarni to„plash, qayta ishlash, tahlil qilish,
    baholash va tarkatish yuzasidan uzluksiz va o„zaro bog‟liq kishilar, asbob- uskunalar va jarayonlar
    yig‟indisidir.
    Marketingni boshqarish ishini amalga oshirishda bizning bilimlarimizni kupaytiradigan
    ma`lumot va axborotlarning barcha turlari axborotga kiradi. Bular yangi mashinalar, yangi
    texnologik jarayonlar ishlab chiqarishni tashkil qilish, tovarlarni sotish, raqobatdoshlar, ularning
    holati, kelajagi va xokazolar to„g‟risidagi axborotlardir. Har bir korxona, tashkilot yoki marketing
    bo„limi guruhligidan qat`iy nazar axborotning statistika, operativ reja – iqtisodiy, buxgalteriya
    axborotlarini, moliyaviy axborot, moddiy texnika ta`minotiga oid axborot, kadrlarga oid axborot,
    texnologiya, konstruktorlik, spravka kabi turlari bo„ladi. Axborotlarni olish manbalariga kura ichki
    va tashki axborotga bo‟lish mumkin.
    Axborotni tuplash va undan foydalanish jixatlariga kura axborot tizimini turtta kuyi tizimga
    ajratish mumkin. Bular jumlasiga: tashkilot ichki hisobot tizimi, marketing tashki xabarnoma –
    axborot tizim; qaror kabul qilishni kuvvatlovchi tizim; marketing tadqiqoti tizimi kiradi. Ushbu
    kuyi tizimlarning shakllanishida axborotga bo„lgan ehtiyoj, zaruriy shakllardagi va talabdagi
    axborotni takdim etish tartibi va muddati muhim ahamiyat kasb etadi.
    Bizning mamlakatimizda axborot yig‟ish manbalari birmuncha o„ziga xos xususiyatlarga
    ega. Bu xususiyatning mavjudligi eng avvalo, marketing bo„yicha axborot olish manbalari va
    ushbu soha bo„yicha mutasaddi tashkilotlarning tashkiliy bo„ysinish xususiyatlaridan kelib chiqadi.
    O„zgacha jihatdan esa, ommaviy tadbirkorlikning rivojlanish darajasi, korxonalar uyushmalari,
    sanoat-savdo palatalari marketing xususida ma`lumotlarni yig‟ish bo„yicha faoliyatlarining hozirgi
    holati, ularni guruhlarga ajratishda alohida yondoshishni talab qiladi.
    Bozor munosabatlarining izchil rivojlanish sharoitida marketing faoliyatiga taaluqli axborot
    va ma`lumotlarga bo„lgan talab yanada ortib bormoqda. Marketing axborotiga bo„lgan talabning
    ortib borish jarayoni uni ta`minlashda ishtirok etuvchi muassasalar, tashkilotlar, tadqiqot guruhlari
    faoliyatining tubdan qayta qurish sharoitida amalga oshirilmoqda. Shu sababli, biz quyida hozirgi
    paytda mamalakatimizda marketing axborotini olish manbalari holati xususida to„xtalib o„tamiz.

    Download 424,75 Kb.
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   117




    Download 424,75 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Marketingda axborotlar tizimi va korxonaning rivojlanishida axborotlar

    Download 424,75 Kb.