• Mavzu №4. Marketing tadqiqotlarining asosiy yo„nalishlari. 1. Marketing tadqiqotlarini o„tkazish sohalari. 2. Marketing tadqiqotlari reytingi.
  • Marketing tadqiqotlari




    Download 424,75 Kb.
    bet18/117
    Sana06.12.2023
    Hajmi424,75 Kb.
    #112507
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   117
    Bog'liq
    Marketing tadqiqotlari-fayllar.org

    Nazorat uchun savollar. 

    1. Marketing tadqiqotlari qanday bosqichlardan iborat?


    2. Birlamchi axborot deganda nimani tushunasiz?
    3. Ikkilamchi axborot qanday usullar bilan yig‟iladi?
    4. Dala va kabinet tadqiqotlarini tushuntiring.
    Mavzu №4. Marketing tadqiqotlarining asosiy yo„nalishlari. 

    1. Marketing tadqiqotlarini o„tkazish sohalari. 
    2. Marketing tadqiqotlari reytingi. 

    1. Marketing tadqiqotlarini o„tkazish sohalari. 
    Marketing tadqiqotlarining yo„nalishlari, albatta bozorning rivojlangan darajasi, undagi
    raqobat intensivligi, tegishli tovarlar va xizmatlar bilan mashg‟ul bo„lgan firmalarning katta-
    kichikligi, marketing axboroti va xabarnoma tizimlarining shakllanish sur`ati va boshqa omillarga
    bevosita bog‟liq bo„ladi. Shu, jihatdan rivojlangan xorijiy davlatlardagi firmalarning marketing
    tadqiqotlari yo„nalishlari, uyushtirish tartibi va shakllari bizning mamlakatimiz korxona va
    tashkilotlari uchun o„zgarishsiz qabul qilinishi xususida fikrlash birmuncha noo„rin bo„ladi.
    Zamonaviy marketing nazariyasining rivoj topishi va amaliy faoliyatda uning hal qiluvchi
    ahamiyat kasb etishi, firmalarning marketing tadqiqotlarini uyushtirishda ham sezilarli tarzda o„z
    aksini topmoqda. Hususan, firmalarning raqobatbardoshlik quvvati, bozordagi o„rni, lozim
    strategik maqsadlari, diversifikatsiya sari yo„l tutish taktikasi ko„pgina hollarda tadqiqotlarning
    yo„nalishi va ko„lamini belgilaydi. F.Kotler firmalarning marketing strategiyalarini 4 ta asosiy turi
    mavjudligi va tadbirlar bir-biridan farqlanishini ta`kidlaydi. Jumladan firmalarning marketing
    strategiyalarini quyidagi turlarga bo„lish mumkin.

    peshqadamlikka intiluvchi (bozorda o„rtacha 30% ulushga ega);

    hamqadam intiluvchi (bozorda 20% ulushga ega);

    bozordagi «nisha»ni –«bo„shliq»ni egallovchi (bozorda 10% atrofida ulushga ega).



    20
    Ushbu strategiyani tanlagan va amalga oshirayotgan firmalarning bozordagi ulushi, kelgusi


    intilishlari tegishli muammolar bo„yicha marketing tadqiqotlarining yo„nalishlariga, jaddaligiga
    sezilarli ta`sir ko„rsatadi. Masalan, bozorda peshqadam bo„lgan firma bozordagi kon`yunktura,
    yangi mahsulotni o„zlashtirish, sotish imkoniyatlarini oshirish, kommunikatsiya va reklama
    yo„nalishlari tadqiqotlariga ko„proq e`tibor qaratsa, bozordagi «nisha»ni egallovchi firma
    xaridorlar istagini o„rganish, raqobatchilar tovarlarini va narxlarni tahlil qilish bozor chegaralarini
    kengaytirish borasidagi tadqiqotlarni amalga oshiri bo„ladi.
    Jumladan, avtomobil‟ bozorining shakllanishi va rifojlanishiga nazar tashlasak, ushbu
    fikrimizning to„g‟ri ekanligiga ishonch hosil qilish mumkin. XX asrning 60-70 yillarida jahon
    avtomobil‟ bozorida Yaponiya va Janubiy Koreya avtomobillarining nomi hali tilga olingani yo„q
    edi. Hozirgi paytda esa, ushbu davlatlarda yaratilgan avtomobillar AQSH, Olmoniya, Frantsiya,
    Italiya kabi davlatlardagi mashhur firmalarning tajribasini o„rganish, avtomobillarni tadqiq qilish
    asosida rivojlandi. Hozirgi kunda Yaponiyaning Toyota, Nissan, Mittsibushi, Xonda, Janubiy
    Koreyaning Xunday, DaeWOO kabi kompaniyalari ayrim davlatlar bozorlarida peshqadamlikka
    erishish strategiyalarini amalga oshirishga harakat qilmoqdalar.
    Shu sababdan marketing tadqiqotlarini uyushtirish bozorning rivojlanish holati, raqobat
    jadalligi, firmalarning ushbu bozorlarda faoliyat yuritish maqsadlari va vazifalar inobatga olinishi
    zaruriy ahamiyat kasb etadi.
    Marketing tadqiqotlari yo„nalishlarini belgilashda tegishli firmaning bozorda faoliyat
    yuritish o„rni, vazifalarini inobatga olish lozim. Marketing tadqiqotini amalga oshirishda izlanish
    muammosi bilan uning maqsadlari o„rtasida tafovut – farqlanish mavjudligiga etarlicha e`tibor
    berilmaydi. Buning oqibatida keyingi bosqichlarda sezilarli xatolarga yo„l quyiladi. Shu sababdan
    to„g‟ri va aniq belgilangan muammo, tayinli maqsadga erishish uchun puxta zamin yaratadi.
    Masalan, yuqori sinfdagi avtomobillar ishlab chiqaruvchi «A» firmaning X – modelli
    avtomobillarini ichki bort komp‟yuteri va radio telefoni bilan bir yo„la jihozlab chiqarishni misol
    qilib olaylik. Dunyo tajribasidan shu narsa ma`lumki, barcha avtomobil ishlab chiqaruvchi firmalar
    ushbu «qo„shimcha jihozlarni» qo„shimcha tanlov va unga xos bo„lgan haq evaziga bajaradilar.
    «A» avtomobil‟ firmasi raqobatchilardan ajralish, yuqori iste`mol darajasidagi xaridorlar uchun
    urinishi qanday muammoni hal etishi va maqsadlarni ko„zlashini ko„rib o„tamiz. Bort komp‟yuter
    va radio telefonli avtomobillarga bo„lgan ommaviy ehtiyoj va buyurtma asosida bajarish qanday
    manfaatlarga erishish imkonini beradiq Ushbu «qo„shimcha jihozlar» uchun xarajatlar va
    daromadlarga ta`siri qay jihatda bo„ladiq «qo„shimcha jihozlar» avtomobil‟ harakati xavfsizligiga
    va boshqaruvchiga qanday afzalliklar va xatarli xolatlar yaratadiq
    Ushbu savollar tadqiqot maqsadiga yo„naltirilgan savollar ko„lami bo„lib, ular ko„lamni
    kengaytirish va yanada aniqlashtirish mumkin. Asosiy maqsad esa «A» firmaning yangi modeliga
    bo„lgan ehtiyojini oshirish imkoniyatlarini topish hisoblanadi. Demak, «A» avtomobil‟ firmasi
    «qushimcha jihozlar» hisobiga iste`mol doirasini oshirish siyosatini yuritmoqda.
    Marketing tadqiqotlarining yo„nalishlarini quyidagi belgilarga ko„ra turkumlash mumkin:
    4.1-chizma 
    Tadqiqotlarni turkumlash belgilari
    Tadqiqotlarning
    yo„nalishlari
    va
    ularni
    amalga oshirish xususiyatlari
    Tadqiqot maqsadlariga ko„ra
    Axtarish, tavsiflash, eksperiment o„tkazish
    yuzasidan tadqiqotlar
    Marketing elementlari bo„yicha
    Tovar, narx, distrib‟yutsiya, kommunikatsiya
    yo„nalishidagi tadqiqotlar
    Bozordagi tadqiqotlarni amalga oshirish
    ko„lamiga ko„ra
    Mahalliy, milliy, xalqaro miqyosida
    Tadqiqotlarni amalga oshiruvchi sub`ektlar
    ishtirokiga ko„ra
    Bevosita
    firma
    ishtirokida,
    marketing
    vositachisi ishtirokida, tanlangan maxsus
    ishtirokchilar vositasida



    21
    Tadqiqotlarni o„tkazish davriyligiga ko„ra


    Bir marotabali, mavsumiy, favqulodda va
    boshqa jihatdagi tadqiqotlar

    Download 424,75 Kb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   117




    Download 424,75 Kb.