23
2. Marketingda axborotlar tizimi va korxonaning rivojlanishida axborotlar
tizimining ahamiyati.
3. Axborotlar yig‟ish, qayta ishlash va boshqarish uchun tayyorlash.
4. Marketingda qaror kabul qilishning ahamiyati.
1. Marketing sohasining axborot tizimi sifatida shakllanishi.
Bozor iqtisodiyotining eng asosiy talablaridan biri, bu axborotlarning tula konli
bo‟lishidadir. Umuman olganda xozirgu kun sanoat, industriya asrini axborotlar bilan
almashganligi bilan xarakterlanadi. Industrial asr uchun xos bo„lgan xususiyatlari: moddiy
ne`matlar, sanoat ishlab chiqarishning ustun darajada rivojlanishi, sanoat
ishchilarining xissasi
bilan oshib borish bilan xarakterlansa, ishlab chiqarish esa yalpi, yirik seriyali va katta sigimdagi
bozorga mo‟ljallangan bulsa, ishlab chiqarish samaradorligini oshishi esa jonsiz va jonli mexnatni,
xom Ashe, moddiy resurslarni tejash hisobiga, korxonani kengaytirish va tannarxni pasaytirish
hisobiga amalga oshiriladigan bulsa, axborotlar davriga kelib iqtisodiyotda xizmat ko„rsatish
tarmoqlarining ulushi ortib boradi va ayniqsa axborotlar xizmatini ko„rsatish bilan bog‟liq bo„lgan
vositachilik xizmati yuqori darajada usadi.
Zamonaviy tadbirkorlik davri o‟zining bir qancha xususiyatlariga ko‟ra
dastlabki
davrlardan ajralib turadi. Bu birinchi navbatda marketing faoliyatining nazariy va amaliy jixatdan
asosiy kurash vositasi, rivojlanish uslubi va dasturi sifatida tobora namoyon bulayotganligida
kurinmokda. Marketing xususida tuplangan axborotni uz vaktida ishlatish, undan zaruriy
yo„nalishlarni aniqlashda foydalanish natijasida, kupgina firmalar
mashxurlikka erishdilar, doimiy
xaridorlar kulamiga, ular e`tiboriga sazovor buldilar. Bunday firmalar jumlasiga, «Maycrosoft»,
«Nike», «Reebok», «Siemens» kabi bir kator firmalarni kiritish mumkin. Marketing faoliyatini
tashkil etish va marketing axborotiga bo„lgan ommaviy zaruriyat kuyidagi o„zgarishlarga bevosita
bog‟liq.
Birinchidan, zamonaviy tadbirkorlikning dastlabki rivojlanishida asosiy e`tibor xaridor
ehtiyojini qondirishga karatilgan bulsa, xozirgi paytda asosiy e`tibor xaridorlar istaklarini
qondirishga karatilgan. ehtiyoj – inson tomonidan xis etilgan moddiy va ma`naviy ne`matlarga
nisbatan etishmovchilik demakdir. ehtiyoj umulashgan tarzda Ushbu ne`matlarga
egalik qilishni
nazarda tutsa, xaridorlik istagi – alohida insonnig moddiy va ma`naviy etuklik darajasiga kura,
muayyan tovarga bevosita egalik qilish va uni o„zlashtirish borasida zaruratidir.
Lekin, xaridor istagi tushunchasi to„la ma`noda xaridorning muayyan tovarni sotib olishga,
foydalanishga kodir va tayer ekanligini anglatmaydi. Shu sababli, bu urinda xaridorlik talabi
tushunchasini keltirish lozim. Xaridorlik talabi – muayyan tovarni sotib olishga kodirligi va
tayyorligi bilan belgilanadigan xaridorlik istagining aniqlashtirilgan shaklidir. Boshqacha qilib
aytganda, xaridorning xarid qilishda to‟lovga qodirlik darajasi va imkoniyatida bo„lgan qismigina
xaridor talabi chegarasini ifodalaydi.
Demak, zamonaviy tadbirkorlik va marketing faoliyati birinchi uringa xaridorlarning
umumlashgan
tarzdagi ehtiyojini emas, balki individual xaridorning istagi, didi, xoxishi va
uzlashtirish xususiyatlari bilan farqlanuvchi – xaridorlar ishtiyokini qondirishga talab etadi.
Shunday qilib turar joyga, ovkatlanishga, dam olishga bo„lgan ehtiyojni qondirishdan, muayyan
tarzdagi xaridorlar
istagini qondirishga, ya`ni ularning salmogi, turmush tarzi, odatlari, mavkelari
va boshqa xusuyatlarni nazarda tutib, uni qondirish sari yul tutilishi xozirgi paytdagi tadbirkorlik
faoliyatining asosiy xususiyatlaridan biridir.
Ikkinchidan, maxalliy mikyosdagi marketingdan, umumdavlat va undan xalqaro marketing
faoliyati
sari
utilishi
okibatida,
firmalar
o„z imkoniyatlarini
samarali jixatlarini
internatsionalizatsiya jarayonida kurmokdalar. Mahalliy bozor talablarini qondirish uchun
kurashda geografik cheklanishlarning yo„kolishi, yangi tovarlar va xizmatlar bilan yangi bozorlarni
uzlashtirish samarali ekanligini ushbu xususiyatning asosiy moxiyatini belgilaydi.
24
Ushbu nuqtai nazardan, marketing axborotiga bo„lgan zarurat tobora ortib bormokda.
Marketing jarayonini samarali tashkil etishda marketing tadqiqoti muhim ahamiyat kasb etmokda.
Amalga oshirilishi lozim bo„lgan marketing tadqiqoti jarayoni uchun turt muhim manfaatdorlikni
ta`minlash lozim.
1.
Tovarlar va xizmatlarni xaridorlarga yetkazishning firma va xaridor urtasidagi
o„zaro manfaatli va samarali shaklini axtarish. Xaridor uchun uta manfaatli savdo va xizmat
ko„rsatish shakllari asosida xaridorning barcha psixologik, fiziologik va boshqa
xaridor istaklarini
qondirish. Bu jixatdan, «xaridor doim haqdir» tamoyili asosida firma o‟z faoliyatini tashkil etishi
lozim.
2. Xaridor uchun manfaatli va foydali bo„lgan manzildagi tovarlar va xizmatlarni taklif
etishga intilish. Xaridor geografik jixatdan cheklanish va xizmatlardan foydalanishdan
etishmovchilikni sezmasligi lozim.
3. Xarid etish vaqti xaridor uchun qulay va ko‟p jihatdan manfaatli bo‟lishini ta`minlash
yoxud kerakli va zaruriy vaqtda sotuvchining xaridorga tegishli tovarlar va xizmatlarni taklif eta
olish qobiliyatini oshirish.
4. Xarid qilish va foydalanishdan xaridorning mamnunligi va manfaatdorligini ta`minlash.
Ko„pgina xollarda, xaridor uzi uchun zarur tovarlarni sezmay koladi va e`tibor bermaydi. Ana shu
vaziyatda sotuvchi xaridor ishtiyokini seza bilishi, uni ushbu bozorda kerakli tovarlar bilan ishtiroi
muhim ekanligini anglashi zarur bo„ladi.
Ushbu manfaatdorlikka erishish uchun zaruriy shart – sharoitni marketing tadqiqoti amalga
oshiradi. Etarli axborotni to‟plash kelgusi o„zgarishlarni belgilash uchun ushbu tadqiqotning
ahamiyati bekiyosdir.
Jumladan, yuqorida qayd etilgan manfaatdorlikni ta`minlash marketingning
tarkibiy elementlarida uz aksini topadi, ya`ni «Marketing – Miks» dasturi tarzida: boshqacha qilib
aytganda to‟rt «P»: tovar, baho, manzil va tovarlarni talabga moslashtirish bo„yicha kelgusi amaliy
tadbirlarda oydinlashtiriladi. Demak, marketing faoliyatiga xos bo„lgan barcha axborotlar,
ma`lumotlar tadqiqotlar uchun muhim qurol sifatida shakllanadi.