Marketing tadqiqotlarining turlaridan qat`iy nazar uning o„tkazilish uslubiyoti asosan 5
19
V. Olingan natijalarga asosan bozorning majmuaviy tadqiqoti haqida hisobot tayyorlash.
Marketing xususidagi ma`lumotlarni to„plash manbalarini shartli
ravishda birlamchi va
ikkilamchi turlarga bo„lish mumkin. Birlamchi ma`lumotlarga tayinli maqsad uchun ilk bor
yangidan tashkil etilgan ma`lumotlar, axborotlar kiradi. Ikkilamchi axborotlarga esa dastlab boshqa
maqsadlar uchun yig‟ilgan, qayta ishlangan, turli manbalarda (jurnal, hisobot, axborot byulletenlari
va h.k.) mavjud bo„lgan axborotlar kiradi. Marketing tadqiqotlarining
natijalari menejerlar
tomonidan boshqaruv qarorlari qabul qilishdagi tavakkalchilikni kamaytirish maqsadida
qo„llaniladi. Buning uchun marketing tadqiqotlari algoritmidan foydalanish qulaylik yaratadi.
Marketing tadqiqotlari algoritmi ketma-ket bajariladigan qadamlardan iborat bo„lib,
istalgan
bajaruvchi tomonidan qo„llanilishi mumkin.