• IV. Yig‟ilgan axborotlarni tahlil qilish
  • 2. Axborot yig‟ish manbalari.
  • Qancha? - marketing tadqiqotlari maqsadi va miqyosiga qarab mablag‟ sarflanadi. Masalan




    Download 424,75 Kb.
    bet16/117
    Sana06.12.2023
    Hajmi424,75 Kb.
    #112507
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   117
    Bog'liq
    Marketing tadqiqotlari-fayllar.org

    Qancha? - marketing tadqiqotlari maqsadi va miqyosiga qarab mablag‟ sarflanadi.
    Masalan: tadqiqot xarajatlari - 50 ming so„m
    keladigan daromad - 80 ming so„m
    sof foyda - 80000-50000=30000 so„m
    Bu qilingan xarajatlarning 60%ini tashkil etadi xamda ijobiy natija hisoblanadi.
    IV. Yig‟ilgan axborotlarni tahlil qilish - bunda to„plangan barcha ma`lumotlar bir tizimga
    keltiriladi, muhimlari tanlab olinadi va kelib chiqadigan o„rtacha daraja hisoblanadi.
    V. Olingan natijalarga asosan bozorning majmuaviy tadqiqoti haqida hisobot tayyorlash.
    Hisobot firma o„z faoliyatini to„g‟ri tashkil etishida va muvaffaqiyatga erishishida
    ko„maklashadi.
    2. Axborot yig‟ish manbalari. 

    Marketing tadqiqoti uchun zarur bo„lgan ma`lumotlar va axborotlar ko„lami juda keng


    bo„lib, ularni tayinli tartibga solish va zarur paytlarda ulardan foydalanish talab etiladi. Dastlabki



    17
    tasavvurga ko„ra bozor, xaridor, raqobatchi va mahsulot xususidagi barcha axborotni kerakli


    shaklga jamlash va amaliy faoliyatda ularga tayanib ish ko„rish samarali hisolanadi. Darhahiqat, bu
    tasavvur o„rinli va tabiiydir. Lekin, ko„proq ushbu ma`lumot va axborotlarni tayinli tartibga sola
    bilish, ulardan o„z o„rnida foydalanish va ularning yangilanib, boyib turishini ta`minlash muhim
    ahamiyat kasb etadi.
    Marketing xususidagi ma`lumotlarni to„plash manbalarini shartli ravishda birlamchi va
    ikkilamchi turlarga bo„lish mumkin. Birlamchi ma`lumotlarga tayinli maqsad uchun ilk bor
    yangidan tashkil etilgan ma`lumotlar, axborotlar kiradi. Ikkilamchi axborotlarga esa dastlab
    boshqa maqsadlar uchun yig‟ilgan, qayta ishlangan, turli manbalarda (jurnal, hisobot, axborot
    byulletenlari va h.k.) mavjud bo„lgan axborotlar kiradi. Ikkilamchi ma`lumotlarni to„plash
    manbalari tegishli tashkilotga taalluqli bo„lish yoki bo„lmasligiga ko„ra, o„z navbatida ichki va
    tashqi turlarga bo„linadi.
    Ichki ikkilamchi ma`lumot manbalariga tashkilotda yuritilayotgan joriy buxgalteriya,
    moliya va statistik hisobotlarda aks ettiriladigan ko„rsatkichlar kiradi. Jumladan, foyda va zararlar,
    sotib olish va sotish, tovar zahiralari, iste`molchilar ko„lami va joylashuvi, narxlar hisob-kitoblar
    va hk.lar.
    Boshqacha qilib aytganda, tashkilot o„z imkoniyatidagi hisobotlar va ma`lumotlarga
    tayanib, mustaqil tarzda ichki ma`lumotlar tizimini ishlab chiqadi. Amaliy faoliyatda mahsulotlarni
    natural va qiymat o„lchov birliklarida sotuvchi hajmi, narxlarning yil davomida o„zgarishi,
    xaridorlarning joylashuv xaritasi, tovar zahiralarining o„zgarishi, va shu kabi muhim ma`lumotlarni
    tashkilot bevosita o„zining ichki hisobot tizimi asosida aniqlaydi.
    Tashqi ikkilamchi ma`lumotlar tashkilot faoliyat yuritayotgan yoki yuritish kutilayotgan
    bozor, mahsulot xususidagi mavjud bo„lgan ma`lumotlarni o„z ichiga oladi. Ularning tarkibi
    amaliyotda qo„llanilishi turli davlatlar tajribasida turlicha ahamiyatga ega. Masalan, AqSHda
    tashqi ikkilamchi ma`lumotlarni umumiy jihatdan quyidagi 4 ta guruhga ajratish mumkin.
    1.
    Ommaviy va iqtisodiy uyushmalarning hisobotlari va xabarnomalari. Ushbu
    manbalar o„z mohiyatiga ko„ra ikki kichik guruhga bo„linadi.
    A) Davlat muassalarining rasmiy hisobotlari. Bular jumlasiga statistik yilnomalar, sharhlar
    va hk.lar kiradi. Ushbu turkum manbalarining aholining o„sishi, tarkibiy demografik siljishlari,
    daromadlar va narxlarning o„zgarishi, yalpi iste`moldagi holat, ayrim iste`mol tovarlari taklifi,
    sotuvchi, iste`moliga oid xabarlar va boshqa axborotlarni olish mumkin.
    B) Uyushmalar va tashkilotlarning hisobotlari va ma`lumotlari. Har bir shtat o„zining
    mustaqil iqtisodiy uyushmalariga ega bo„lganligi sababli, ular ham mustaqil tarzda yillik hisobot
    va ma`lumotlar tayyorlaydilar.
    2.
    Marketing tadqiqotlari bo„yicha ixtisoslashgan institutlar va marketing xizmati
    ko„rsatuvchi muassasalarining axborotlari, hisobotlari.
    Ko„pgina hollarda ushbu axborot manbai tijorat axboroti manbai ham deb nomlanadi.
    3.
    Iqtisodiy matbuot, tarmoq bo„yicha jurnallar, ro„znomalar va kitoblar. Ushbu
    turkum axborot manbai juda keng bo„lib, undagi tahliliy ma`lumotlar tegishli tashkilotga,
    tadqiqotchilarguruhiga yoki alohida shaxsga taaluqli bo„lishi mumkin.
    4.
    Tashkilotlarning ommaviy tarzda chop etilgan ma`lumotlariga yillik balans
    hisobotlari, narx varaqalari, reklama jurnallari, xaridorlar uchun yo„riqnomalar va shu kabilar
    kiradi. Bunday manbalardan o„zaro raqobatda bo„lgan firmalar ham ko„p foydalanadilar. Chunki,
    unda raqobatchi firmalarning sotish hajmi, mahsulot, xizmat ko„rsatish va narx siyosati hususida
    zarur ma`lumotlarni olish imkoni bo„ladi.
    Axborot olish manbalari hususida fikr yuritganda faqatgina tegishli mamlakatda chop
    etiladigan axborotgina emas, balki horijiy matbuot, xalqaro iqtisodiy- moliyaviy tashkilotlarning
    axborotlarini ham inobatga olmoq lozim. Masalan, AQSHda nashr etiladigan «Forchun», «Forbs»
    kabi jurnallarda Evropa mamlakatlari bozori hususida axborotlar, undagi o„zgarishlar, siljishlar
    haqida ham ma`lumotlar keltiriladi. Germaniyaning jahonda mashhur bo„lgan «Xandelsblat»,



    18
    «Virtshaftsvoxe» iqtisodiy ro„znomalari Amerika kompaniyalari faoliyati to„g‟risida hamda ularni


    qiziqtirayotgan bozorlar hususida faoliyati to„g‟risida hamda ularni qiziqtirayotgan bozorlar
    hususida ma`lumotlar chop etadi. Bu esa o„z navbatida, barcha qiziquvchi va tegishli bozorga
    ishtiyoqmand kompaniyalar uchun axborot manbai bo„lib hisoblanadi.
    Jahon iqtisodiyoti yanada shakllanayotgan va xalqaro munosabatlar takomillashayotgan
    sharoitda xalqaro iqtisodiy, moliyaviy tashkilotlar: Xalqaro savdo tashkiloti, Jahon banki, Xalqaro
    rivojlanish va rekonstruktsiya banki va shu kabilar o„zlarining yillik hisobotini nashr qiladilar.
    Bunday ma`lumotlardan xalqaro bozorda faoliyat boshlayotgan va yuritayotgan kompaniyalar
    foydalanishlari mumkin. Masalan, tegishli bir davlatning tashqi savdo balansi, eksport – import
    tarkibi, sanoat, qishloq xo„jaligi ishlab chiqarish hajmi va h.k. ma`lumotlar ushbu manbalardan
    olinishi mumkin.
    Hozirgi paytda mustaqil va yangi axborot manbai bo„lib-elektron ma`lumot banklari,
    «informatsion - broker» tarzidagi komp‟yuter vositasida yetkaziladigan ma`lumot tizimi
    shakllanmoqda. Bu ma`lumotlar komp‟yuterlar vositasida uzatilayotgan, to„planayotgan va
    saqlanayotganligi uchun yangi tur deb sanaladi va yuqoridagilaridan farq qiladi.

    Download 424,75 Kb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   117




    Download 424,75 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qancha? - marketing tadqiqotlari maqsadi va miqyosiga qarab mablag‟ sarflanadi. Masalan

    Download 424,75 Kb.